Prizedent archasi


Download 17.27 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi17.27 Kb.
#1198829
Bog'liq
Maktabda Prizedent archasi tadbirini o


Maktabda Prizedent archasi tadbirini o'tkazish to'g'risida “Prizedent archasi” tadbirini o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish va tuman xalq ta’limi bo`limining 2022 yil 2 – dekabrdagi – sonli buyrug`i ijrosini ta’minlash maqsadida B U Y U R A M A N: 1. Tuman xalq ta’limi bo`limining 2022 yil 2 – dekabrdagi – sonli buyrug`i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2. “Priredent archasi” tadbirini o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha ishchi guruh tarkibi hamda ish taqsimoti 1 – ilovaga, chora – tadbirlar rejasi 2 – ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Ma’naviy, ma’rifiy, tarbiya ishlar bo`yicha direktor o`rinbosariga: - “Prezident archasi” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish; Maktabdagi “Prezident archasi” tadbiriga taklif etiladigan chin yetim bolalar va mustaqillik yillarida Vatan sarhadlarini himoya qilib qurbon bo`lgan ichki ishlar va xavfsizlik xodimlari farzandlar ro`yxatini tuzish va tuman xalq ta’limi bo`limiga taqdim etish; - bayram tadbirlari davomida xavfsizlikni ta’minlash bo`yicha mahalla faollari, posbonlar, Yo.I.BT va IIB vakillarini jalb etish va ular bilan hamkorlikni tashkil etish; - bayram tadbirlarida pirotexnika vositalaridan foydalanishni qat’iyan taqiqlash; - “Prezident archasi” tadbirlarini belgilangan tartibda maxsus yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda tibbiy navbatchilar, ichki ishlar xodimlari kuzatuvida maktabning ochiq hovlisida yuqori tarzda tashkil etish; - makatab hududida doimiy navbatchilikni tashkil etish, buyruqda ko`rsatilgan vazifalarning ijrosi bo`yicha 2023 yil 10 – yanvargacha har kuni tuman xalq ta’limi bo`limi shtabiga axborot berib borish; - maktabda 2022 yilning 22 – dekabridan, 2023 yil 10 – yanvargacha tungi navbatchilik grafigini ishlab chiqish va 3 nusxada tuman xalq ta’limi bo`limiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin. 4. “Prezident archasi” tadbirlarini yuqori saviyada o`tkazishda “Ma’rifat” va “Учитель Узбекистана” gazetalarida chop etilgan yagona tartibdagi tavsiyalar asosida tashkil etish vazifalari yuklatilsin. 5. Dekabr oyi mobaynida va o`tkazilgan tadbirlar davrida pirotexnika vositalaridan foydalanish qat’iyan man etilsin. Pirotexnika vositalaridan foydalanishni oldini olish va uning oqibatlari to`g`risida o`quvchilar, ota – onalar o`rtasida targ`ibot – tashviqot ishlari olib borilsin. 6. Mazkur buyruqni ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman. 23«12»2022 yil. 99-8-114-DUM/2022-son Maktab direktori vvb: __________________ Ch.Jabborov 1 – ILOVA “T A S D I Q L A Y M A N” Maktab direktori vvb: ___________ Ch.Jabborov “Prezident archasi” va yangi yil bayrami munosabati bilan tuzilgan ISHCHI GURUH TARKIBI: T/r Ismi, familiyasi Lavozimi Vazifasi Ish taqsimoti 1 Ch.Jabborov Maktab direktori vvb Rais Bajariladigan umumiy ishlarga mas’ul 2 A.G`afforov Ma’naviy – ma’rifiy va tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Rais o`rinbosari Navbatchilikni nazorat qiladi 3 K.Karimov O`quv tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari A’zo Tozalik ishlari hamda tadbirlarni yuqori saviyada o`tishini nazoraqiladi 4 S.Xudoyqulov Ijodiy ishlar bo’yicha targ’ibotchi A’zo Qishki ta’tilda o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini unumli o`tkazilishini ta’minlash5 T.Choriyev Maktab kasaba uyushma raisi A’zo O`qituvchilarning tadbirlarini tashkil qilishga mas’ul 6 M.Boboqulova Maktab xotin – qizlar qo`mitasi raisi A’zo 7 S.Qurbonov XIBDO` A’zo Yong`in xavfsizligini ta’minlash, pirotexnika vositalaridan foydalanmaslikni oldini olish. Har favqulodda vaziyatlarga tayyor holatda turish va belgilangan tartib asosidaish olib borish uchun 2 – ILOVA “T A S D I Q L A Y M A N” Maktab direktori vvb: ________ Ch.Jabborov Qumqo’rg’on tumani xalq ta’limi bo`limiga qarashli 38-sonli umumta’lim ta’lim maktabida “Prezident archasi” va yangi yil bayrami munosabati bilan ishlab chiqilgan mas’ul № Bajariladigan ishlar Bajarilish vaqti Mas'ul shaxs 1 "Prеzidеnt archasi" o`tkazish bo`yicha maktabning ichki buyrug`ini chiqarish va ishchi guruhini tasdiqlash. 22.12.2022 Maktab ma’muriyati 2 Bayram munosabati bilan 2022 yil 22 – dekabrdan, 2023 yil 10 – yanvargacha tungi navbatchilik tashkil etish 22.12.2022- 10.01. 2023 Maktab ma’muriyat3 Bayram munosabati bilan tozalik ishlarini uyushtirish va maktabni bayramona ruhda bеzash. Rеja asosida Maktab jamoasi 4 Bayramga atab barcha sinflarda dеvoriy gazеtalar chiqarish. 22 – 26.12.2022 Sinf rahbarlari 5 Sinflarda “Prezident archasi” tadbirlarini o`tkazish. 27.12.2022 Sinf rahbarlari, Ch.Jabborov 6 Chin yеtim va kam ta'minlangan ko`p bolali oila farzandlarini “Prеzidеnt archasi” tadbirlarida ishtirok etishlarini ta'minlash. Rеja asosida Ch.Jabborov, T.Choriyev 7 Bayram tantanalarini yong`in xavfsiziligi qoidalariga amal qilgan holda ochiq maydonda o`tkazish Reja asosida Ch.Jabborov, N.Choriyev 8 O`quvchilar o`rtasida pirotеxnika (paqildok) vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari xaqida tushuntirish ishlarini olib borish. Doimo Maktab jamoasi 9 Qishki ta’tilda o`quvchilarni mustaqillik maydonidagi yangi yil tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlash 27.12.2022 Sinf rahbarlari Tadbirni tuzuvchi: _____________________ Ch.Jabborov Asos: Maktab targ'ibotchisining tushuntirish xati
Download 17.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling