Profesional talim tizimida malakali kadrlarni tayorlash, talim sifatini oshirishga innavatsion yondashuv mexanizmlari Abdumutalipov Oybek


Download 12.93 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi12.93 Kb.
#1757000
Bog'liq
Abdumutalipov O 2-21 Maxmudov A


Profesional talim tizimida malakali kadrlarni tayorlash, talim sifatini oshirishga innavatsion yondashuv mexanizmlari

Abdumutalipov Oybek - Farg 'ona soliq texnikumi 2-21 guruh o 'quvchisi


Ilmiy raxbar: Maxmudov Anvarjon - Farg 'ona soliq texnikumi o‘qituvchsi

Insoning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, shaxs sifatida ro‘yobga chiishi uchun ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy hulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadidir


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida zamonaviy bilim va yangicha yondashuvlarga ehtiyoj mavjud. Shu bois, ta’lim sifatini oshirishda o‘quv jarayonini davr talablariga mos holda tashkil etish, davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, zamonaviy innovasion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, mavjud muammolarni bartaraf qilish ertangi istiqboldagi yutuqlarimiz kafolatidir. Fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko‘plab ilmiy bilim, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib boradi. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning yangi sohalari rivojlanishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayoni vujudga keladi.
Bunday sharoitda malakali pedagoglarga bo‘lgan talab ortib, fanning fundamental asoslari, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuqori bo‘lgan hamda zamonaviy innovasion pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay oladigan ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida pedagogik innovatsiyalardan foydalanish jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Bu o‘z navbatida, mamlakatda modernizatsiya jarayonining tez sur’atlarda rivojlanayotganligi sababli ayni davrda ta’lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi.
Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.
Amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera omayotir.Mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo‘layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog‘lanmagan.
Ta’lim tizimidagi mavjud umumta’lim va kasb-hunar dasturlari o‘rtasida uzviylik va vorislikning yo‘qligi sababli tayanch va o‘rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo‘naltirilganlik va mehnat faoliyati ko‘nikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada yigit va qizlar o‘z qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yo‘lini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar.
O‘quv jarayoni bilim darajasi o‘rtacha bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ta’limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o‘quv dasturlari bo‘yicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti, Profesional ta’lim tizimi mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlarni va ilg‘or xalqaro tajribani to‘liq hajmda hisobga olmayotir.
Ta’lim xizmati ko‘rsatish va kadrlar tayyorlash sohasida marketing xizmatlari mavjud emas, ta’lim tizimini ko‘p variantli moliyalash sxemasi ishlab chiqilmagan. Ma’lumki, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta’lim tizimining rivojiga bog‘liq bo‘lib, bu borada mustaqil fikrlaydigan, ijodkor, tadbirkor, tashabbuskor shaxsni voyaga yetkazish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini joriy etish, mustaqillik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik kabi kasbiy sifatlarga ega yoshlarni tayyorlash hamda pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida katta ahamiyatga ega, sazovor ishlar amalga oshirilmoqda.
Kamchiliklarni barataraf etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:
birinchidan fan dasturini mukammal amaliyotga bog ‘lagan holda yaratish; ikkinchidan bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda katta o‘zgarishlar
bo‘lmoqda. Respublikamizga xorijdan ko‘plab yangi texnika va texnologiyalar,
investisiyalar kirib kelmoqda, qolaversa o‘zimizda ham ishlab chiqarilmoqda, yangi-yangi korxona hamda ishlab chiqarish tashkilotlari barpo etilmoqda. Albatta ertaga ularda mustaqil ishlay oladigan, ularni boshqara oladigan mutaxassis zarur. Shuning uchun bugungi kerak bo‘lsa korxona va tashkilotlarga borib, ko‘z bilan ko‘rib, ularning yetakchi, tajribali mutaxassislari bilan hamkorlikda shakllantirish lozim. So‘ngra ushbu tayyor malaka talablari o‘quv dasturida o‘z aksini topishi lozim;
uchinchidan amaldagi o‘quv dasturlarida soatlar taqsimotini hal qilishi pedagogic jamoani o ‘ziga berish lozim;
to’rtinchidan fanni o‘qitishda ko‘proq mustaqillikni o‘quvchilarga bergan holda dars mashg‘ulotlarida o ‘rgangan bilimarini tekshirib olish.
Beshinchidan guruhlardagi o ‘quvchilar sonini keskin qisqartiib 6-8 nafarga etkazish;
oltinchidan o‘quvchilarn chet el o‘quv yurtlariga o‘z aro aloqa doirasida bilim almashishga yuborish;
etinchidan mutaxasisi o‘qituvchilarni chet ellarda malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.
sakizinchidan bilim doirasini, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ilmiy maqola, risolalar bilan qatnashiib turish maqsadida konferensiyalar o‘tkazib turish.
to’qizinchidan mustaqil ishlash ko‘nikmasi, ijodiy fikrlash qobiliyati va jamoani boshqarish, yechim qabul qilish hamda uni bajarishni tashkil etish malakasini rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o ‘tash davomiyligini uzaytirish.

Download 12.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling