Professional ta’lim muassasalarini 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha Avgust seminarlarini o‘tkazish to‘g‘risida
Download 0.62 Mb.
|
Август семинар buyrug\'i 12.08.22
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!”
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari zimmasiga
Professional ta’lim muassasalarini 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha Avgust seminarlarini o‘tkazish to‘g‘risida Professional ta’lim muassasalarida 2022/2023 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, mehnat bozori va ta’lim integratsiyasini ta’minlash, professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida BUYURAMAN: 1. Professional ta’lim muassasalarida 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan Avgust seminarlari (keying o‘rinlarda – Avgust seminarlari) tashkil etiladigan sho‘balar ro‘yxati 1-ilovaga, o‘tkazish tartibi 2-ilovaga va seminarlarga biriktirilgan mas’ul xodimlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida professional ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha joriy yilning 15-24 avgust kunlarida sho‘balar kesimida va 25-30 avgust kunlarida Avgust seminarlari yalpi yig‘ilishi tashkil etilsin. 3. Avgust seminarlariga biriktirilgan mas’ul xodimlar yalpi yig‘ilish belgilangan kunlarda xizmat safariga yuborilsin. 4. Ta’lim jarayonini tashkil etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi (U.Alijonov) va Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (Z.Xudayberdiyev) zimmasiga: Avgust seminarlarini professional ta’lim tizimida taym menejment, WorldSkills standartlari, dual ta’lim, kompetensiyaga asoslangan ta’lim (competency based learning), kasbga o‘qitish va malaka oshirishda raqamli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni keng joriy qilishga alohida e’tibor qaratgan holda tashkil etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga Avgust seminarlarini tashkil etish yuzasidan uslubiy yordam ko‘rsatib borish; Avgust seminarlarini samarali o‘tkazish maqsadida har bir tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha malaka talabi va o‘quv rejalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tayyorlanishini tashkil etish; yangi kiritilgan kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ishlab chiqilgan ta’lim dasturlarini sho‘balar kesimida o‘tkaziladigan Avgust seminarlarida muhokama qilish va tushuntirish ishlarini tashkil etish; Avgust seminarlari o‘tkazilishida keyslar, ta’lim sifatini ta’minlash, samarali kasbga yo‘naltirish strategiyalari bo‘yicha xalqaro tajribalar, va tavsiyalar hamda pedagog kadrlarning faoliyat samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan taqdimotlar asosida o‘tkazilishiga metodik yordam ko‘rsatish; yangi innovatsion texnologiyalar bo‘yicha yaratilgan elektron o‘quv uslubiy ishlanmalar, o‘qitish materiallari to‘plamlari hamda Avgust seminarlarida o‘tkazilgan taqdimotlarni Institut veb-saytiga joylashtirib borilishini ta’minlash; Avgust seminarlarini o‘tkazilishini muvofiqlashtirib borish; Avgust seminarlari natijalari bo‘yicha yakuniy hisobot va ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda 2022-yil 15-sentabrga qadar taqdim etish vazifalari yuklatilsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari zimmasiga: Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling