Professional ta’lim o‘quv mashg‘ulotlari jurnali yuritish umumiy talablari


Download 58.76 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi58.76 Kb.
#1175702
Bog'liq
журнал


Professional ta’lim o‘quv mashg‘ulotlari jurnali yuritish umumiy talablari

  1. Professional ta'lim o'quv mashg'ulotlari jurnali (bundan keyin matnda Jurnal deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimidagi qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining me'yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Professional ta'lim jurnali guruhlar bo'yicha dars soatlarini hisoblash uchun asosiy moliyaviy, statistik va huquqiy-me'yoriy davlat hujjatidir. Jurnalni o'z vaqtida va o'rnatil- gan tartibda to'ldirib borish har bir fan o'qituvchisining asosiy vazifasidir. Jurnalni yuritish qoidalariga rioya qilmagan pedagoglar hamda uning nazoratini ta'minlamagan mas'ul shaxslarga nisbatan ma'muriy-intizomiy choralar ko'riladi.

  1. Jurnal guruhning nazariy, amaliy, tarbiyaviy ishlarini hisobga olish, shuningdek o'quvchilarning o'qish davomidagi natijalarini qayd etish uchun asosiy hujjatdir.

  2. Jurnal har bir guruh uchun alohida tutiladi.

  3. Pedagoglar jurnal yuritilishda belgilangan qoidalariga rioya qilishi shart.

  4. Jurnal pedagoglar tomonidan aniq, tushunarli va tartib bilan faqat ко6 к (havo rang) ruchka bilan to'ldiriladi hamda shaxsan o'zi imzolaydi. Jurnalga belgilangan belgilardan tashqari biron-bir belgi qo'yish, qalam bilan yozuvlar kiritish va tuzatgichlardan foydalanish taqiqlanadi.

  5. O'quv yili yoki o'qish muddati tugashi bilan direktor o'rinbosari jurnalning oxirgi sahifasida quyidagi yozuvni qoldiradi: "Jurnal tekshirildi" (sana va direktor o'rinbosarining imzosi).

  6. Jurnal belgilangan tartibda ta'lim muassasasida saqlanadi.

  7. Guruh rahbari o'ziga biriktirilgan o'quv guruh ij'urn alining holati uchun javobgardir. U o'quvchilar ro'yxatini o'z vaqtida to'ldirishga va kontingentning harakatini qayd etishga majburdir.

  8. Guruh rahbari o'quvchilar ro'yxatini o'z vaqtida to'ldirilishi va jurnal oxiridagi yakuniy baholarning varaqasi uchun javobgardir.

  9. Agar o'quv guruhi jurnali yo'qolgan bo'lsa, guruh rahbari zudlik bilan tegishli direktor o'rinbosari va ta'lim muassasasi rahbariyatini ogohlantirishi talab etiladi. Direktor dalolatnoma tuzadi, jurnalning yo'qolishi bo'yicha tekshiruv o'tkazadi, guruhda ishlaydigan barcha o'qituvchilar va jurnalga mas'ul guruh o'quvchilaridan tushuntirish xati to'play di.

  10. Taqdim etilgan materiallar asosida direktor aybdorlarni jazolash va jurnalni qayta tiklash to'g'risida qaror qabul qiladi.

  11. Ta'lim muassasasi direktorining o'quv mashg'uloti jurnali yo'qolganligi bo'yicha buyrug'idan so'ng yo'qolgan ma'lumotlar mavjud bo'lgan boshqa hujjatlar asosida tiklanadi va o'qituvchilar tegishli yozuvlarni to'ldiradi.



O‘quv mashg‘ulotlari jurnali yuritish umumiy talablari bilan tanishdim va


___________________________________ yo‘nalish o‘quv jurnalini oldim


Jurnalni yuritish bo‘yicha javobgarliklarni o‘z zimmamga olaman
_________________________________________________________
Download 58.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling