Professional ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘qitish sifatini talab darajasiga olib chiqishdagi muammolar va yechimlar mullajonova Zuhraxon Anvarbek qizi
Download 20.49 Kb.
|
Mullajonova Zuhraxon 2-22 Axmedov O
PROFESSIONAL TA'LIM TIZIMIDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH ORQALI O‘QITISH SIFATINI TALAB DARAJASIGA OLIB CHIQISHDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR Mullajonova Zuhraxon Anvarbek qizi - Farg’ona soliq texnikumi 2-22 guruh o‘quvchisi Ilmiy rahbar: Axmedov Omonjon Raxmonjonovich - Farg’ona soliq texnikumi katta o‘qituvchisi Bugun voyaga yetayotgan navqiron avlodni intellektual salohiyatli, zukko qilib tarbiyalash, ularga puxta bilim berish mutaxassislarning yuksak bilim darajasiga bevosita bog‘liqdir. Barchamizga ma’lumki, XXI asr boshlarida kеchayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, dunyoning g’oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o’zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu esa ta’lim tizimida tub islohotlar qilishni talab qilmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. Hozirgi kunda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning moddiy texnik bazasi mustaxkamlanib, ta’lim sifati yuqori bosqichga ko’tarilib borilayotgan bir vaqtda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tizimi ham yo’lga qo’yildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2019- yil 6-sentabrdagi PF-5812 Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, professional ta'lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini zamonaviy ta'lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi ham bir qator qarorlar qabul qili. Mazkur Farmon va qarorlar O‘zbekiston tarixida yangi professional ta’lim tizimini tashkil etishga asos bo‘ladi. Ushbu farmon yuzasidan 2020 yil 24 yanvarda davlatimiz rahbari o‘z Murojaatnomasida “Joriy o‘quv yilidan boshlab, mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar tashkil etiladi” deb mazkur tizimning ahamiyatini yana bir bor alohida ta’kidlaganlari barcha kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning yangi zamonaviy qiyofada faoliyat yuritishlariga turtki bo’ldi. Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi. Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatishni amalga oshiriladi. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida yaratilgan. Professional ta’lim muassasalari boshqaruv hamda pedagog kadrlarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq professional ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishning asosini tashkil etadi. Professional ta’lim tizimining maqsadi va talabi — professional ta’lim muassasalarida o‘qigan yoshlar aniq ish o‘rniga, o‘z kasbi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi shartligidadir. Ayni vaqtda ushbu tizim oldida o‘quv adabiyotlari, kitob va darsliklar, elektron ta’lim resurslari, innovatsion, raqamlashtirilgan ta’lim texnologiyalarini to‘liq yangilash, ochiq elektron resurslar tarmog‘iga ulash, o‘quv adabiyotlarini xorijiy davlatlardan olib kelish, qayta ishlash, chop etish va tarqatish, kelajak kutubxonalari va auditoriyalarini yaratish muhim vazifa etib belgilangan. Professional ta’lim muassasalaridagi qisqa muddatli kurslarda barcha yoshdagi (katta yoshdagilar ham) talabalar qabul qilinadi va o‘qitiladi. Yoshlar o‘qishga qabul qilingan kundan e’tiboran o‘z shaxsiy biznesini boshlashi va bitirgan paytda barqaror tadbirkorlik faoliyatiga, aniq ish o‘rni va daromadiga ega bo‘lishi asosiy maqsad etib belgilangan. Bundan tashqari talabalarda ta’lim dasturlarida mavjud ish o‘rinlariga mos kasbiy-amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, rus, ingliz tillarini mukammal o‘rgatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Professional ta’lim jarayoniga barcha ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va tadbirkorlik, axborot kommunikatsion texnologiyalari sohalarida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar, ish yurituvchilar, injener-texnologlar, agronom va masterlar jalb etiladi. Professional ta'lim tizimida pedagogik texnologiyalrni qo`llash va ularni takomillashtirish o`quvchi yoshlar uchun juda zarur hisoblanadi. Hammamizga ma'lumki hozirgi kunda barcha sohalarni texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo`lmaganidek ta'lim tizimini ham tasavvur qilib bo`lmaydi. Bunda o`ziga hos tablablari mavjud masalan; Ta'lim muassalariga qo`yiladigan talablar; Dars xonalarini barcha yangi texnologiyalar bilan jihozlash, Talabalarning mustaqil ishlashiga sharoit yaratib berish O‘qituvchilarni moliyaviy tomondan rag`batlantirish Talabalarga amaliy mashg`ulitlarni ko`paytirish Talabalrni istaklariga qarab turli hildagi mashg`ulotlarni tashkil etish va boshqalar. O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar esa; O‘qituvchilarni saralab olish, tajriba va malakasini tekshirish O‘qituvchilarni dars o‘tish jarayonida foydalanish uchun yangi texnologiyalar bilan taminlash O‘quvchilarning dars oxirida uyga topshiriqlar berishi va bu topshiriqlarni talab qilib olishi. Darslarni turli xil ekspriment o`yinlar, qiziqarli savol va javoblar orqali o`tishi va boshqalarlar kiradi. Shu o`rinda talabalarga ham o`ziga hos talablar qo`yish kerak deb hisoblayman masalan; Dars mashg`ulotlarida qo`yilagan talablarga javob berishi O`qtuvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni vaqtida bajarishi Talaba va o`qtuvchi o`rtasida do`stona munosabat bo`lishi zarur deb hisoblayman. Professional ta’lim tizimning asosiy prinsipi - avval ish o‘rni aniq bo‘ladi, ish beruvchi o‘zining malaka talablarini, shu kasbning ilmini, o‘qitish texnologiyasini beradi, shundan keyingina mutaxassis tayyorlanadi. Download 20.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling