Professionalizm akmeologiyaning muhim tushunchasi sifatida


Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarda pedagogik ijodkorlikni shakllantirishning tarkibiy qismlari


Download 24.49 Kb.
bet3/5
Sana25.07.2023
Hajmi24.49 Kb.
#1662408
1   2   3   4   5
Bog'liq
PROFESSIONALIZM – AKMEOLOGIYANING MUHIM TUSHUNCHASI SIFATIDA

Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarda pedagogik ijodkorlikni shakllantirishning tarkibiy qismlari:
Motivatsion-qadriyatli:
- bilishga doir va kasbiy motivatsiyani o‘zaro uyg‘unlashtirishdagi barqaror ichki ehtiyojning mavjudligi;
- mahsuldor faoliyatga intilish;
- kasbiy faoliyatga doir jarayonlarga faol ishtirok etish ishtiyoqi;
- o‘z-o‘zini namoyon etish ehtiyoji.
Kognitiv:
- yangi kasbiy bilimlari darajasi va sifati, kasb sohasiga doir axborotlar bilan muntazam tanishib borish darajasi;
- o‘ta mas’uliyatli ishga e’tiborli, mas’uliyatli munosabatda bo‘lishi, doimiy tayyorligi;
- fikrlashning o‘ziga xosligi;
- kasbiy madaniyat;
- kasb sohasiga doir ilmiy, o‘quv va ishlab chiqarish bilan bog‘liq axborotlarni egallash.
Faoliyatli:
- kasbiy ko‘nikma va malakalarni egallash;
- bugungi kundagi mavjud imkoniyatlarni va kelgusidagi ijodiy rivojlanish istiqbollarini aniqlash;
- ijodiy vazifalarni hal etishda pedagoglik faoliyatiga muvofiqlik, faoliyatning qulay metodlarini tanlab olish, faoliyatni oqilona rejalashtirish;
- ijodiy vazifalarni hal etishda jamoadagi shaxsiy va kasbiy munosabatlarni barqarorlashtirish.
Kreativ:
- ijodiy fikrlash, ijodiy o‘quv, tarbiyaviy, tadqiqotchilik faoliyatiga qobiliyatlilik;
- yangilik yaratishga intiluvchanlik, pedagogik vazifalarni oqilona hal etish, o‘z faoliyatini mustaqil loyihalay olish;
- kasbiy ijodiy vazifalarni hal etishga imkon beruvchi fikriy vaziyatlarni shakllantirish.
Modelning kognitiv tarkibiy qismi bo‘lajak kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilarining kasbiy bilimlari hamda kasb sohasiga doir axborotlar bilan muntazam tanishib borish darajasi va sifatini asos qilib olgan. Kognitiv tarkibiy qismning rivojlanishi bo‘lajak kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilarining kasbiy shakllantirish doirasida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish tizimini ta’minlaydi. Bundan tashqari kognitiv tarkibiy qism o‘ta mas’uliyatli ishga e’tiborli, mas’uliyatli munosabatda bo‘lish, doimiy tayyorlikni ham qamrab oladi. Kognitiv tarkibiy qism shuningdek, intellektual faoliyat, ya’ni fikrlashning o‘ziga xosligi, fikrlash jarayonining tezligi, aqliy harakatlarning tizimliligi, tahlil etish va umumlashtirish imkoniyatlarini oshirish, aqliy faoliyatning yuqori mahsuldorligi bilan ham bog‘liqdir. Kognitiv tarkibiy qism ko‘p jihatdan bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy madaniyatini shakllantirish bilan bog‘liqdir. Mazkur vaziyatda kasbiy madaniyat deyilganda, bo‘lajak tarbiyachining malakaviy ta’limiy ko‘nikma va malakalardan oqilona foydalana olishi, ta’lim texnologiyalarini muvafaqqiyatli o‘zlashtirganligi, xilma-xil axborot manbalarini integratsiyalashga qobiliyatliligi, kasbga doir yangiliklardan samarali foydalana olishi tushuniladi.
Faoliyatli tarkibiy qism – bo‘lajak tarbiyachilarni pedagogik faoliyatga kasbiy tayyorligini aks ettiruvchi kasbiy ko‘nikma va malakalarni egallash darajasidir. Faoliyatli tarkibiy qism o‘z ichiga ijodiy vazifalarni hal etishning gnostik (bilishga doir), loyihalashga doir, kommunikativ va tashkilotchilik unsurlarini qamrab oladi. Faoliyatli tarkibiy qismning yorqin namoyon bo‘lishini ko‘p jihatdan, harbiy pedagogning kasbiy ijodkorlik darajasi, ijodning asosiy belgilarining qanchalik yangidan va qayta tashkil etilganligini aks ettirilganligi aniqlab beradi. Loyihalashga doir jihatda bugungi kundagi mavjud imkoniyatlarni va kelgusidagi ijodiy rivojlanish istiqbollarini aniqlash; ijodiy vazifalarni hal etishda pedagoglik faoliyatiga muvofiqlik, faoliyatning qulay metodlarini tanlab olish, faoliyatni oqilona rejalashtirish, kutiladigan natijalarga erishish yo‘nalishlari va mexanizmlarini aniqlash kabilar belgilab beriladi. Kommunikativ jihat ijodiy vazifalarni hal etishda jamoadagi shaxsiy va kasbiy munosabatlarni barqarorlashtirish hamda hamkasblar o‘rtasidagi pedagogik yangiliklarni muvaffaqiyatli almashinuvini ta’minlashni o‘z ichiga qamrab olgan. Kreativ faoliyatning o‘z-o‘zini tashkillash, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi qismlari tashkilotchilik unsuri tarkibiga kiradi.
Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarda pedagogik ijodkorlikni shakllantirish modelining markaziy bo‘g‘ini sifatida samarali ijodiy faoliyatga qobiliyatlilikni aks ettiruvchi kreativ tarkibiy qism aks etadi. Aynan kreativlikni rivojlantirish akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarda pedagogik ijodkorlikni shakllantirishning bosh maqsadlaridan biridir. Zamonaviy tez o‘zgaruvchan sharoitda innovatsion fikrlashga qobiliyatlilik – bo‘lajak tarbiyachining muhim kasbiy sifatlaridan biridir. Kreativ tarkibiy qism ijodiy fikrlash, ijodiy o‘quv, tarbiyaviy, tadqiqotchilik faoliyatiga qobiliyatlilik; yangilik yaratishga intiluvchanlik, pedagogik vazifalarni oqilona hal etish, o‘z faoliyatini mustaqil loyihalay olish; kasbiy ijodiy vazifalarni hal etishga imkon beruvchi fikriy vaziyatlarni shakllantirish kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi. Autopsixologik kompetentlik nuqtai nazaridan kreativ qobiliyatlarning quyidagi umumlashgan tasnifini hosil qilish mumkin:

Download 24.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling