Программа по оценке грамотности студентов, в которой Узбекистан участвует впервые. Важно, чтобы учащиеся могли применять полученные


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.08.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1669007
TuriПрограмма
1   2   3   4   5
Bog'liq
ta-lim-sifatini-baholash-sohasidagi-xalqaro-tadqiqotlarni-tashkil-etish-chora-tadbirlari

 
Abstract: International research is an international program to assess 
student literacy, in which Uzbekistan participates for the first time. It is important 
that students are able to apply what they have learned in real life. Over the past 20 
years, this international research has become a key criterion for measuring the 
effectiveness and quality of education in different countries and a program that has 
led to education reform. 
Keywords: PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS, international research, 
international evaluation program, creativity, interdisciplinary integration 


Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
 
Chirchik, Uzbekistan 1564 International Conference 
So„nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida 
ulkan iqtisodiy o„sish ko„rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda 
malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo„lgan talabni yanada oshirmoqda.
Bu o„z-o„zidan o„quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish 
va o„qituvchilarning har tomonlama ta‟lim tarbiyaga e‟tiborini kuchaytirishini 
talab etadi. 
Sababi, XX asrda va undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, o‟z 
sohasida iloji boricha ko‟proq ma‟lumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan 
bo‟lsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‟lmay qoldi. Qidiruv 
tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar bo‟yicha mukammal onlayn ma‟lumotlar 
bazalari yaratildiki, endi bu ma‟lumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi darajaga 
tushib qoldi. Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi 
ma‟lumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nim kosa”ni 
ko‟ra olish kompetensiyasi birinchi o‟ringa ko‟tarilayapti.[4,8] 
Chunki, taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli 
hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni 
shakllantirishdir. Buning uchun kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak 
boʻlgan muhim koʻnikmadir. Bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan 
oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari “XXI asr” koʻnikmalariga ega 
ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga koʻmaklashadi. Umuman 
olganda, bugungi oʻquvchi kelajakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda 
ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. 
Oʻquvchida kreativ fikrlash koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora 
murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali 
hal etish imkonini beradi.[6,7]
Yuqoridagi talablar ta‟lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat 
xorijiy mamlakatlardagi kabi, ta‟lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va 
monitoring qilish orqali ta‟lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg„or tajribalarni 
sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.[3] 
Shu maqsadda Respublika xalq ta‟limi tizimida ta‟lim sifatini baholash 
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o„rnatish, 
o„quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh 
avlodning ijodiy g„oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo„llab-quvvatlash 
hamda rag„batlantirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
2018-yil 8-dekabrida 997-sonli qarorni qabul qildi. [9] 
Qarorga ko‟ra, quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo„yicha xalqaro 
tadqiqotlarni tashkil etish belgilandi: 



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling