Progress” jamoasi savollar paketi


Download 19.4 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi19.4 Kb.
#1533483
Bog'liq
PROGRESS


PROGRESS” jamoasi savollar paketi.
mad_max93August 15, 2022
Avvalambor marafonda qatnashuvchi barcha jamoalarga Assalomu aleykum.
“PROGRESS” jamoasining marafon uchun navbatchilik savollarini tuzishda Sayfilloyev Mirzabek, Madiyorov Nozim, Raxmatov Hamrobek va Eshonqulov Tolib , tahrirlashda ishtirok etdi.
“PROGRESS” jamoasi tarkibi:
Sayfilloyev Mirzabek, Madiyorov Nozim, Raxmatov Hamrobek, Nizomov Nodirbek, Eshonqulov Tolib , Sharipov Feruz va zahirada Hoshimov Hoshim,Abdullayev Xayrulla.
Savollar raqami e’lon qilingandan so’ng boshlovchi tomonidan aytilgan va aytilmagan har bir so’z, savolga aloqador bo’lishi mumkin.Savollarni tayyorlashda deyarli barcha mavzularga qo’l urdik.

1-savol.
Bu universal qoʻshiqni kuylashni Eshes chayil va uning hamrohi odat qilishgan edi. Shu qoʻshiq nomiga hamohang boʻlgan inson siz hozir Ukraina yoki Rossiyada boʻlsangiz sizga tinchlik va salomatlik tilaydi buning sababini bilsangiz kerak. Lunacherskiy bu inson haqida U - kulgu dahosi degan gaplarni aytdi. U inson Rossiyada tug’ilgan uning o’limidan keying kunda uning vasiyat nomasi Nyu York Times urnalida chop etilgan va janozasiga o’sha paytdagi record darajada odam kelgan.
Savol: asli yahudiy bo‘lgan bu shaxsni toping?
Javob. Solomon Naumovich Rabimovich.
Qabul: Sholom Aleyxem
Izoh. Eshes chayil va uning hamrohi kuylashni odat qilgan keyinchalik yahudiylarning universal qoʻshiqga aylangan bu Salom Aleyxem. Hamohang boʻlgan inson esa Shalom Aleyxam uning asl ismi esa Solomon Naumovich Rabimovich.
Savoldagi Rossiya uning tugʻilgan joyiga tinchlik tilashi esa Salom aleykum soʻzining maʼnosini anglashga yordam edi. Yaʼna bir bor qaysidir jamoa bilan koʻrishmagan boʻlsak Assalom aleykum.
2-savol.
Renat Fayruzov (Termiz)
Vladimir Karman (Aktyubinsk)
Andrey Yakubik (Moskva)
Petr Vasilevskiy (Minsk)
Sergey Strashnenko (Lvov)
Vladimir Nechaev (Odessa)
Aleksandr Maltsev (Tula)
Vladimir Enis (Farg‘ona)
Nuritdin Amriev (Dushanbe)
Yuriy C. on-Don)
Zurab Tsereteli (Kutaisi)
D/s. Oʻtgan asr 3- choragida ushbu to'liq bo'lmagan ro'yxatdagi insonlarni Osiyodagi bir shahar birlashtirib turadi. Bizga shu shaharni yozib bering
Javob: Toshkent .
Izoh: 1979-yilda Toshkentning “Paxtakor” klubining 17 nafar futbolchisi birdaniga halok bo‘lgan aviahalokatdan so‘ng, u shosha-pisha butun SSSRdan kelgan futbolchilar bilan to‘ldiriladi. Xotira kunidan yani 11-avgustdan keyinroqroq biz ham ularni eslab oʻttik
3-savol.
Qadimda sitsiliyaliklar odatiga ko‘ra, odam kimnidir o‘ldirsa, uning yaqinlariga X ni yuborar ekan. Bu marhumning o‘sha yerda mangu orom olayotganligini bildirgan. Diqqat savol: X ni toping?
Javob: baliq
Izoh: Ular o‘ldirgan odamini ummon (dengiz)ga otishgan va u yerda mangu orom olayotganligini baliq orqali bildirgan.
Manba :Q. Rajabov "Qadimgi dunyo xrestomatiyasi"
4-savol.
1910-yil xavfsiz ustara asoschisi King Kemp Jillet Aqsh sobiq prezidenti Teodor Ruzveltga katta pul evaziga Arizona shtatida o‘z korporatsiyani ochishni taklif beradi. Biroq Ruzvelt bir sabab tufayli bu taklifni shunchaki rad etgan.
D/ s : ushbu sababni mantiqan o‘ylab toping?
J: O‘zi ustara ixtiro qilib, o‘zi mo‘ylov soqol qo‘ygan insonga ishonmasligini aytgan. Kemp Jiletning mo‘ylovi borligidan xabaringiz bo‘lsa kerak.
5- savol. Sharq kochmanchi qabilalarida shunday odat bolgan Unga binoan òz òģlini bòlak qilayotgan ota ona yangi oilaga òtov kòrpa tushak idish tovoqdan tashqari avloddan avlodga òtib kelayotgan yana bir sovgani topshirgan bu sovģaga ega oila mustaqil ravishda ròzģor yuritgan
Savol: oilani mustaqil ekanini belgilovchi narsani bir xil unli ishtirok etgan bir so‘zda yozib bering?
Javob: Olov
O’z oloviga ega oila mustaqil òz kunini kòrib ketadi olovi br joyda issiqlik yoruģlik tokin sochinlik bòladi deb uni avloddan avlodga berib kelishgan
6-savol
O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab Moskva, Sankt Peterburg va SSSRdagi bir qator yirik shaharlardagi taksilarda bir o‘zgarish bo‘ladi – taksilarga qo‘shimcha yashil chiroq o‘rnatiladi. Diqqat savol: yashil chiroqning vazifasi nimadan iborat edi?
Javob: Taksida mijoz yaʼni yoʻlovchi bor yoʻqligini belgilagan. Yashil boʻlsa mijoz yoʻq, bu taksi boʻsh degani.
7-savol.
Yaqinda o'zbekiston bo'ylab sayohatga chiqganimda aynan Samarqand shaharlarning ayrim ko'chalarida odatdagidan biroz boshqacha svetaforlarga ko'zim tushdi(ularga yaqin 6-7 yil oldin Toshkentda ham ko’zimiz tushishi mumkin edi) ularda yashil sariq qizil va yana OQ ranglisini ham ko'rib qoldim ularning ham ma'lum vazifasi bor ekan. .D.S. siz menga bu oq rangli svetaforning vazifasini ayting? 
Javob:Bunday turdagi svetaforlar tramvaylar uchun mo'ljallangan
Izoh:Toshkent va samarqand shaharlarida tramvay qatnovi yo'lga qo'yilgan bo'lib shunday svetaforlar o'rnatilgan
Toshkentda tramvay 2016-yil 2-maydan beri yo‘q.
8-savol
Yer yuzidagi hozirgi jonzotlar nega dinozavrlar kabi yirik emas degan savolga ingliz geografi Uilyam Jons “Chunki hozirda X yuqori” deb javob beradi. X qonunini ilk bor Ingliz olimi 17 asrda fanga kiritgan. X haqida film 2017-yilda rus kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan.D.S siz menga X ni yoki o'sha filmni ayting ???
Javob: Tortish kuchi. Film nomi ham shu
9-savol. Barchaga ma’lumki, ro‘za riyodan eng holi bolgan ibodat, boshqa ibodatlarda odamlar bandaning ibodatiga guvoh bo‘lishi ehtimoli yuqori, ammo ro‘zada tashqaridan qarab, uning ro‘zador ekanligini bilish qiyin. Mashoyixlar aytadiki, ro‘zador issiqda hosil bo‘ladigan bir holatni bekitib yurmasa, shu arzimagan holatdan ham boshqalar uning ro‘zador ekanligini bilib qolib, ro‘zasining savobi kamayib qolishi mumkin ekan.
Diqqat savol: O`sha holatni aniq yozib bering.
Javob: Lab qurishi.
10. Qishda bug‘ularning ko‘zlari to‘q ko‘k yoki to‘q siyoxrangga aylanadi.
Olimlar ko‘k yorug‘likni yaxshiroq aks ettirishini va tarqatishini aniqladilar. SHu sababli, qutb qishida, tunlar ayniqsa uzoq bo‘lganda, kiyiklar qorong‘uda yaxshiroq ko‘rishadi. Bu esa ularni yana bir muxum narsadan saqlar ekan Nimadan.
Javob: Juda oddiy qish tunida ularning bunday yaxshi ko’rishi qorong’uda tezroq yirtqichlarni aniqlashga yordam beradi.
Ya’ni javob tezroq yirtqichlarni aniqlash vazifasini bajaradi.
Download 19.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling