Prokat stani


Download 51.16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.03.2023
Hajmi51.16 Kb.
#1300695
Bog'liq
Prokat stani - Vikipediya



Prokat stani
Prokat stani — metall quymalarga bosim bilan ishlov berish
(prokatlash) uchun moʻljallangan agregat (mashinalar va
qurilmalar tizimi). Asosiy ish qismi aylanib turuvchi vallar.
Metall shu vallar orasidan oʻtganda prokatla-nadi (shakli
oʻzgaradi). P.yeda ishlanadigan materialni ombordan qizdirish
pechlari va stan valiklariga keltirish, bir jarayondan ikkinchisiga
oʻtkazish, prokatlangan materialni standan olish, maʼlum
uzunlikdagi qismlarga boʻlish, markalash, oʻrash, tayyor
mahsulotni omborga uzatish va boshqa yordamchi ishlar ham
bajariladi.
Prokat stani qachon va qayerda paydo boʻlgani nomaʼlum.
Qalayni prokatlash uchun moʻljallangan Prokat stanining rasmi
va tafsilotini Leonardo da Vinchi qoldirgan (1495). Temirni
sanoatda prokatlash taxminan 18-asrdan boshlangan.
Angliya, Germaniya, AQSH, Chexoslavakiya va Rossiyada turli
Prokat stani birin-ketin paydo bulgan. Listlarni uzluksiz
issiqlayin prokatlash 1892-yilda Teplitsa (Chexoslovakiya) da
qoʻllanila boshlandi. Birinchi uzluksiz keng polosali stan 1923-
yilda AQShda qurildi, 1930-yilda AQShda trubalarni sovuqlayin


prokatlash oʻzlashtirildi. 1940—60 yillarda SSSRda yangi
texnologik jarayonlar uchun qoʻllaniladigan turli Prokat stanilar
yaratildi. Mahsulot turiga yoki bajariladigan texnologik
jarayonga qarab Prokat stani tuzilishi har xil boʻladi. Ish kletlari
(Prokat stanining asosiy agregati) dagi vallar soniga, bu
kletlarning joylashishiga va prokatlanadigan mahsulot turiga
qarab Prokat stani turli xillarga boʻlinadi. Aylanuvchi vallar
orasidagi metallni deformatsiyalovchi uskuna asosiy uskuna,
yordamchi ishlarni bajaradigan uskuna (qaychilar, arralar,
toʻgʻrilash mashinalari, rolgang va boshqalar) yordamchi
uskuna deyiladi. Asosiy usku-nalar bir yoki bir necha asosiy
liniyalardan iborat boʻladi; ularning har birida uch xil qurilma
joylashadi: ish kletlari (bir yoki bir necha) — prokatlash vallari,
staninalar, oʻrnatish mexanizmlari, oʻtkazib yuborgichlar, elektr
dvigatellar va harakat uzatish qurilmalari.
Vallarning ish kletlaridagi vaziyatiga karab, gorizontal (ikki
valli-duo, uch valli-trio, toʻrt valli-kvarto va koʻp valli) hamda
universal (vallari ham gorizontal, ham vertikal joylashtirilgan)
Prokat stanilarga boʻlinadi. Ish kletlari soniga qarab, Prokat
stani bir kletli, ikki kletli va koʻp kletliga boʻlinadi. Bular bir yoki
bir nechta li-niyalardan iborat boʻladi.
Prokatlanadigan mahsulot turiga qarab, qisish va zagotovka
stanlari (bluming, slyabing, sortli zagotovka, truba


tayyorlagichlar); sortli material stanlari (rels-balka, yirik, oʻrta
va mayda sortli polosa, sim tayyorlaydigan mashinalar); list
stanlari (0,25–50 mm gacha kalinlikdagi listlar tayyorlaydi);
truba stanlari (dia-metri 650 mm va undan katta choksiz
trubalar tayyorlaydi); sovuklayin prokatlash stanlari (list, lenta,
zar qogʻoz va boshqa tayyorlaydi); maxsus stanlar (gʻildirak,
halqa va bandaj, shar, oʻzgaruvchan kesimli profillar, tishli
gildiraklar tayyorlaydi) boʻladi.
Yirik Prokat stanini a vto m atlasht i-r i sh xom ashyo
materialni ombordan olishdan to prokatni tayyor mahsulotlar
omboriga keltirishgacha, undan va-gonlrga yuklashgacha
boʻlgan texnologik jarayonlarni boshqarish kabi bir kancha
lokal tizimlar majmuidan iborat boʻladi. Har qaysi lokal
tizimning oʻzi texnologik jarayenlar haqida axborotlarni
yigadigan va uzatadigan koʻp va turli xil asboblar —
datchiklardan iborat. Bular metall temperaturasi, metallning
valga bosimi, ishlanayotgan material parametrlari va boshqa
haqida axborot uzatib turadi. Ana shu axborotlar lokal
tizimlarnipg disoblash mashinasiga keladi. U kayta ishlanib,
ushbu lokal tizimga tegishli boʻlgan Prokat stani mashina va
mexanizmlarini boshqarish uchun buyruq beriladi.
Tayyor mahsulot sifatini tekshirish va uning sirtiga muhofaza
qatlami qoplash jarayonlarini avtomatlashtirish katta samara


beradi. Oʻzbekistonda Bekobod metallurgiya kombinatida yirik
Prokat stani ishlab turibdi (yana qarang 
Prokat ishlab
chiqarish
).
Mirboboyev V. A., Vasilyev G. P., Metallar texnologiyasi, T.,
1971; Spetsialnie prokatnie stani, pod red. A.I. Selikova, M.,
1971; Selikova A. I., Zyuzin V. I., Sovremennoye razvitiye
prokatnix stanov, M., 1972.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.or
g/w/index.php?title=Prokat_stani&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Adabiyot
Manbalar

Download 51.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling