Prolyuvial yotqiziqlari Reja: Tuproq hosil qiluvchi tog’ ona jinslar


Download 17.6 Kb.
bet3/4
Sana18.03.2023
Hajmi17.6 Kb.
#1282084
1   2   3   4
Bog'liq
Prolyuvial yotqiziqlari

Ko‘l - allyuvial

Ko’l-allyuvial yotqiziqlar - koi va allyuviy jinslardan tashkil topgan. Bu jinslar bahorda erigan muz suvlarining pastqam tekisliklardagi havzalarida hosil boiadi. Koi - allyuvial yotqiziqlaming mexanik tarkibi xilma-xil, asosan qumli va ko‘ndalang qatlamli tuzilishga ega. Koi yotqiziqlari qadimgi pastqam joylami toidirib, tarkibining loyli va qatlamli boiishi bilan ajralib turadi. Jumladan, muzliklar oldida hosil boigan koilardagi muz-koi yotqiziqlarida lentali loyli qatiam yaxshi ifodalangan. Ko‘1 yotqiziqlarida ko‘pincha organik modda saqlovchi qatlamchalar bo‘lishi va kalsiy karbonat to‘planishi mumkin. Quruq, issiq mintaqalarda gips va suvda oson eriydigan tuzlar to‘planadi hamda ulardan sho‘rlangan tuproqlar hosil boiadi. Sho‘r koilar qurigach sho‘rxoklarga aylanadi.

Prolyuvial yotqiziqlar

Prolyuvial yotqiziqlar yoki proiyuviy - tog‘li o‘lkalarda bahorda erigan qor suvlari va vaqtinchalik kuchli jala yog‘in suvlari - sel oqimlari natijasida hosil boiadi. Proiyuviy tog‘ yonbag‘irlari va tog‘oldi yoyilma konuslarida keng tarqalgan. Proiyuviy 0 ‘rta Osiyoning tog4 vodiylarida (Farg‘ona, Zarafshon) va shuningdek, tog‘oldi baland tekisliklarida keng tarqalgan. Tog‘oldi konus yoyilmalari ko‘pincha shag‘al va shag‘al - qumli yotqiziqlardan, tog‘lardan uzoqlashgan maydonlarda esa maydaroq tarkibli jinslardan iborat bo‘ladi. 0‘rta Osiyoning yosh tog‘lari tektonik ko'tarilib turganligi sababli, tog" jinslarining kuchli ravishda yuvilib turishi va tog‘oldi hududlarining katta maydonlarida dag4 a I, skeletli prolyuviyning keng tarqalishi xarakterli. Ko‘pincha allyuvial-prolyuvial yoki prolyuvial-delyuvial tarzidagi aralash jinslar ham uchraydi. Prolyuvial-delyuvial jinslar qumoq va chag‘ir-mayda zarrachali yotqiziqlaming qayta yotqizilishidan hosil boiadigan lyossimon jinslardan iborat.

Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar

Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar - muzliklar keltirib aralash holda yotqizilgan loy, qum, qirrali va silliqlangan shag‘al toshlardan iborat jinslardir. Morenalar kam saqlangan va mexanik tarkibi bo‘yicha esa tosh-shag‘al, qum, qumoq va loylardan iborat bo‘lishi mumkin. 0 ‘rta Osiyoda muzlik yotqiziqlari maydoni uncha ko‘p emas. Ular asosan baland va o‘rtacha baland tog‘li hududlarda tarqalgan. Qadimgi morenalar shag‘alli qumoqlardan va pastqam joylarda muz-ko’llarning loyli jinslaridan iborat. Hozirgi zamon morenalarda ancha dag4al va mayda zarrachalar aralash bo£lganligidan uncha yumaloqlanmagan qirrali toshlar ham uchraydi. Flyuvioglyatsial yoki muzlik suvlari yotqiziqlari – muz suvlarining kuchli oqimi bilan bog‘liq. Bu oqimlar o‘z yo‘lida uchragan morenalar va boshqa xil yotqiziqlar (jumladan, tub jinslar)ni yuvib ketib yotqizgan boiadi. Muzliklar atrofida asosan yumaloqlangan yirik shag‘al va yirik qum, qumloqlar to‘planadi. Undan quyiroqda sekin oqayotgan muz suvlari pastqam joylarga loyli, changsimon zarrachalar yotqiziladi. Ana shunday yo‘l bilan qumoq va loylardan iborat yoyilma hosil boiadi. Muzliklar atrofi va uning yaqinidagi botiq pastqam joylardagi ko‘l havzalarida uchraydigan qum-loyqa qatlamli keltirilmalarga muzlik-kol yotqiziqlari deyiladi Muzlik suvlari yotqiziqlarida shakllangan tuproqlar uchun kam unumdorlik, ya’ni gumus hamda oziq moddalarga kambag‘al va nam sigimining past boiishi xarakterli.


Download 17.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling