Promoted content no Food, No Clothes! Crazy tv show With High Ratings Canceled


Download 19.88 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi19.88 Kb.
#1637865
Bog'liq
Документ Microsoft Word


PROMOTED CONTENT





No Food, No Clothes! Crazy TV Show With High Ratings Canceled
Brainberries





Gay Couple Immortalizes Gorgeous Traditional Indian Wedding
Herbeauty





Top 10 Nations That Are Most Difficult To Invade
Brainberries





12 Facts About Dating A Person With Anxiety
Herbeauty

1-Mavzu Mehmonxonalarda ishbilarmonlik etiketi fanining maqsadi va vazifalari
Reja:
1. Etika, etiket tushunchalari va etiket turlari
2. Tadbirkorlik sohasida etiketning ahamiyati
3. Biznesda axloqiy tamoyillar va me’yorlar
1.1 Etika, etiket tushunchalari va etiket turlari
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa, matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha so‘z bo‘lib, xulq-atvoryurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga xos ko‘rinishini anglatadi. Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi. A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Axloq esa–jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xattiharakatlar yig‘indisidir»
Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlikni tashkil qiladi. SHubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa, o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Axloqning jamiyat xayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi. Etika - yunoncha "ethikos" so'zidan olingan bo'lib, "axloq, xulq, odob" ma'nolarini anglatadi. Etika atamasini birinchi bo'lib qadimgi yunon faylasufi Arastu (millodan avvalgi 384-322-yillar) muoma laga kiritgan. Etiket fransuzcha "etiquette"so'zidan olingan bo'lib, tom ma'noda "etiketka" yoki birkani" anglatadi. Keng ma'noda esa "o'zini tutish, axloq, odob, xushmomalalik qoidalari" tushuniladi. Etiket iborasining o'ziga xos kelib chiqish tarixi bo'lib, u Fransiya qiroli Lyudovik XIV davri bilan bevosita bog'liq. Avvallari Fransiyada tovarning nomi yozilgan qog'oz yopishtirilib qoʻyiladigan qoziqcha etiket deb nomlangan. Keyinchalik shu nom bilan tovar nomi yozilgan qog'ozning o'zi yuritila boshlangan. Fransiya qiroli Lyudovik XIV tantanali qabul marosimlaridan birida mehmonlarga "Xulq-atvor", ya'ni axloq qoidalari deb yozilgan "etiketka" deb nomlangan kartochka tarqatadi. Vaqt o'tishi va Fransiyada monarxiyaning mustahkamlanishi bilan etiketka so'zi etiket iborasiga, unda yozilgan qoidalar esa axloq va odob qoidalari deb yuritila boshlangan. Bugungi kunda etiket iborasi deyarli dunyoning barcha tillarida ishlatiladi. Masalan, rus tili lug'atida etiket -jamiyatda o'zini tutishning (yurish- turish) belgilangan tartibi va muomala qilish shakli deb ta'riflanadigan. Jamiyatda shakllangan etiket qoidalari esa axloqiy me'yorlar deyiladi. Biznes sohasida ham o'ziga xos axloqiy me'yorlari mavjud. Shu me'yorlarga rioya qilingan holda biznes faoliyatini olib boradigan shaxslar ma'naviy madaniyatli deb hisoblanadi, ularning ishi ijobiy deb baholanadi. Etiket qoidalari qat'iy emas, jamiyatdagi oʻzgarish bilan ular ham o'zgarib, takomillashib boradi: vaqtning o'tishi bilan ularning ba'zi birlari eskirib, qo'llanishdan chiqadi, o'rniga esa yangi axloq qoidalari paydo bo'ladi, ba'zi bir qoidalar takomillashib jamiyatdan jamiyatga o'tib boradi. Masalan, qadimiy Xitoy, Mongoliya va Misr xalqlari tomonidan salomlashish iborasi o'mida ishlatilgan "Bugun siz ovqatlandingizmi?" yoki "Mollaringiz omonmi?" iborasi hozir ishlatilmaydi. Bularning o'rniga so'z bilan yoki qo'l berib salom lashish qoidalari qabul qilingan. Qadim zamonlarda harbiylar metalldan yasalgan sovut, temir qalpoq va qo'lqop kiyib yurishgan. Ular mehmondorchilikka ham shu kiyimda borishgan, lekin salom lashishda temir qalpog'i va qo'lqopini yechishgan. Ushbu salomia shish qoidasi takomillashib, bugungi kunda ba'zi bir mamlakatlarda bosh kiyim yechishi yoki ozgina koʻtarib qoʻyish salomlashi
Download 19.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling