Прорастание семян Trigonella foenum-graecum L. при интродукции в условиях Узбекистана Бердибаева Д. Б., Айтимбетова Д. Т


Download 17.44 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi17.44 Kb.
#1221408
Bog'liq
Статья Россия Айтимбетовой


УДК 581.6
Прорастание семян Trigonella foenum-graecum L.
при интродукции в условиях Узбекистана
Бердибаева Д.Б., Айтимбетова Д.Т.
Ташкентский ГАУ, Республика Узбекистан, г.Ташкент
Burchoqdoshlarning 12 000 turni birlashtirgan 500 turkumi (Oʻzbekistonda 528 turni o'z ichiga olgan 57 ta turkumi) bor. Burchoqdoshlardan oqsilga boy boʻlgan mosh, noʻxat, loviya, soya, yer yongʻoq oziq-ovqat uchun, toʻyimli oʻtloq oʻsimliklaridan beda, sebarga, esparset yemxashak uchun koʻplab ekiladi.
Burchoqdoshlar orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar bor. Yer yongʻoq, Sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Shambala (fenegrek) o'simligi ham burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi o'simlik hisoblanib bugungi kunda bu o'simlikning ahamiyati oshib bormoqda. Masalan Hindiston yiliga 2 mln tonnadan ortiq ziravorlar ishlab chiqarib, 450 ming tonnalik global ziravorlar savdosining 1/3 qismini tashkil etuvchi eng yirik yetkazib beruvchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Hindistonda dorivor o'simliklar yiliga 130 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilinadi. Ushbu mamlakat ziravorlardan: koriandr, selderey, arpabodiyon, shambala, sarimsoq va boshqalarni yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
Shambala va zarchava o'simlik xom ashyolarini yiliga qariyb 200 tonna miqdorda Hindiston, Marokash va Xitoy davlatlaridan import qiladi. Fransiya , Yevropa dorivor o'simliklar bozorining 13 % ni tashkil etuvchi importyor davlat hisoblanadi. Fransiyada shambala o'simligi xom ashyosi importi yiliga 200 tonnani tashkil etadi.( A. K. G’aniyev, A. K. Axmedjanova va boshq. “ Dorivor va ziravor o’simliklarni yetishtiruvchi va tayyorlovchi mutaxassislar uchun qo’llanma” Tosh 2020 18 - b )[7] .
O’zbekistonda bu o’simlikning 15 turi ma’lum.Ushbu o’simlik Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kam miqdorda uchraydi.Dorivor o’simlik xo’jaliklarida ekib o’stiriladi.(K.Toyjonov, B.A.Nig’matullayev “O’zbekiston dorivor o’simliklari lotincha nomlarining etimologik lug’ati” Tosh 2016 179-b)[6]
Shambala o’simligi O’zbekiston sharoitiga introduksiya qilingan o’simlik hisoblanadi. Bu o’simlik O’zbekiston sharoiti uchun yangilik hisoblanadi. Chet elda bu o’simlik ustida juda ko’plab olimlar izlanishlar olib borishgan. Jumladan, Фармакогностическое изучение семян пажитника сенного ( Trigonella foenum-graecum L ) индуцированного на Кавказских Минералньных Водах ” mavzusida Magomedova Zuhra Sarmonovna ( farmatsevtika fanlari nomzodi 2006-yil Pyatigorsk ). Dissertatsiya yozgan. U o’z dissertatsiyasida Fenugrek Shambala turlari, ularning botanik tavsifi, Rossiya va unga yaqin hududlarda o’simlikning tarqalishini o’rganib asoslab bergan.[10]
“Характер коррелятивных связей морфобиологнческнх признаков пажитника сенного (Trigonella foenum graecum L.) “ P.M. Иванова, Г,С. Левандовскнй /I Хнм. Фармац, журн. - 1980. - Т. 14, № 3. - С. 71 - 74. Ivanova R. M ushbu mavzuda farmatsevtika jurnalida maqola chop etgan va o’simlik ustida ilmiy izlanishlar olib borgan.[11]
Shambala o’simligi azotni biriktiruvchi tugunaklarni hosil qilish xususiyatiga ega. Yunon Fenugrek ( Trigonella foenum-graeucum L.)- Fabaceae oilasiga mansub bir yillik o’t- o’simlik. Poyasi och yashil, kamdan- kam to’g’ri, tarvaqaylab ketgan, novdalari ichi bo’sh- kovak, balandligi 70 smgacha yetadi. Barglari uchbargli, barg plastinkasi tuxumsimon yoki cho’zinchoq tuxumsimon, chetlari qirrali tishsimon, bargining yuqori tomoni quyuq yashil, pastki tomoni kulrang yashil. Gullari turg’un, barg qo’ltig’ida 1-2 ta, qisqa naycha hosil qiladi. Mevasi loviya, 7-12 sm kuchli cho’zilgan naysimon uzun, 15 tagacha sariq- jigarrang ko’pburchakni o’z ichiga oladi.Urug’lari olmos yoki kub shaklda, pishgan urug’lar jigarrang- sariq, cho’zinchoq, uzunligi 5mmgacha va kengligi 2mmgacha, qattiq urug’. Adabiyot malumotlariga ko’ra urug’i tarkibida 45- 60 % uglevodlar (asosan galaktamannlar), 6- 10 % lipidlar, 20- 30% oqsillar ( metionin,arginin, alanin, glitsinga boy lekin lizin kam ), 5- 6 % steroid saponinlar, 2- 3% alkalaoidlar, efir moylari, A, C, B, P vitaminlari, karotinlar, minerallar bor.( Труды БГУ 2010, том 4, выпуск 2 ” Пажитник греческий (Trigonella foenum graecum L.) как источник широкого спектра биологически активных соединений” Е. Д. Плечищик, Л. В. Гончарова, Е. В. Спиридович, В. Н. Решетников ГНУ «Центральный ботанический сад НАН Беларуси», Минск, Республика Беларусь) [8].
Растение высотой до 60 см с очерёдными тройчатосложными листьями длиной 2 см; листочки яйцеобразные и по краям немного зубчатые.

Стебель ветвистый, округлый, корень стержневой.

Цветки сидячие, по одному — два в пазухах листьев, мотыльковые, очень маленькие, желтовато-белые, а в основании светло-фиолетовые. Растение цветёт с мая до июня.

Из цветков развиваются длинные (до 10 см) узкие (толщиной 4—5 мм) голые или опушённые бобы с твёрдыми прямоугольными семенами.



Использованные литературы:
1. Красная книга Российской Федерации (растения и грибы). – Москва, 2008.
2. Азизова М.К. Интродукционное изучение видов рода Dioscoréa L. / М.К. Азизова. – Диссертация на соискание ученой степени кандидата биологических наук. – Ташкент: Фан, 1987. – Т. II. - С. 180.
3. Бердибаева Д.Б. Ижевск
Download 17.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling