Lyuteranlik
Lyuteranlik – ilk protestantlik yo‘nalishi. YUqorida qayd etilganidek rohib Martin Lyuter (1483-1546) tomonidan asos solingan.
“Bibliya” bilan bir qatorda M.Lyuter qarashlarini o‘zida mujassam etgan “Kelishuv kitobi” ham lyuteranlik diniy ta’limotining manbai sanaladi.
Lyuteranlikda protestantlikning boshqa yo‘nalishlari kabi ibodat marosimlari soddalashtirilgani bilan ham ajralib turadi. SHu bilan birga, xristianlikning etti sirli marosimlaridan cho‘qintirish hamda “non va vino totish” tan olingan holda qolganlariga oddiy marosimlar sifatida qaraladi.
Germaniyadan keyin lyuteranlik Evropaning Avstriya, Vengriya, Fransiya kabi bir qator davlatlari hamda SHimoliy Amerikada tarqaldi.
Bosh sinod – lyuteranlikning oliy huquqiy organi episkop tomonidan nazorat qilinadigan Konsistoriya (cherkov ishlari bo‘yicha tashkilot) asosiy ijroiya hokimiyati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |