Protokol – bu qoida va amallar to‘plami bo‘lib, aloqa olib borish tartibini boshqaradi. Tabiiyki, axborot almashinuvida qatnashayotgan hamma kompyuterlar bir XIL protokol bilan ishlashi kerak


Download 371.99 Kb.
bet1/7
Sana06.05.2023
Hajmi371.99 Kb.
#1434697
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Protokol


Protokol – bu qoida va amallar to‘plami bo‘lib, aloqa olib borish tartibini boshqaradi. Tabiiyki, axborot almashinuvida qatnashayotgan hamma kompyuterlar bir xil protokol bilan ishlashi kerak, chunki axborot uzatib bo‘lgandan so‘ng hamma qabul qilib olingan axborotlarni avvalgi ko‘rinishga yana qaytarish kerak.
Sanab o‘tilgan protokol to‘plamlari uchta asosiy turga bo‘linadi:

  • amaliy protokollar (OSI modeli amaliy, prezentatsion va aloqa vaqtini boshqarish bosqichlar vazifasini bajaradi);

  • transport protokollari (OSI modelining transport va aloqa vaqtini boshqarish bosqichlar vazifalarini bajaradi);

  • tarmoq protokollari (OSI modelining uchta pastki bosqichlar vazifalarini bajaradi).

Amaliy protokollar – ilovalarning muloqoti va ular o‘rtasidagi axborot almashinuvini ta’minlaydi. Ularning ko‘p ishlatiladigani va taniqliligi quyidagilardir:

  • FTAM (File Transfer Access and Management) – fayllarga bog‘lanish OSI protokoli;

  • X.400 – elektron pochtalarni halqaro almashish uchunCCITT protokoli;

  • X.500 – bir necha tizimda fayl va katalog xizmati CCITT protokoli;

  • SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta almashinuvi uchun Internet global tarmoq protokoli;

  • FTP (File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet global tarmoq protokoli;

  • SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq monitoringi, tarmoq qismlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;

  • Telnet – Internet global tarmoq protokoli, u uzoqdagi xostlarni qayd qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;

  • Microsoft SMBs (Server Message Blocks, serverni xabar berish bloklari) va mijoz qobig‘i yoki Microsoft redirektorlari;

  • NCP (Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobig‘i yoki Novell redirektorlari.


Download 371.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling