Proyeksiyalash usullari Markaziy va parallel proyeksiyalash Dars maqsadi


Download 115 Kb.
bet3/6
Sana08.03.2023
Hajmi115 Kb.
#1251570
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
dars ishlanma

4. Parallel proyeksiyalash. Parallel proyeksiyalash markaziy proyeksiyalashning xususiy holidir. Bunda proyeksiyalash markazi s biron KT to’g’ri chiziq yo’nalishi bo’yicha harakatlanib, proyeksiyalar tekisligidan cheksiz uzoqlashganda undan o’tuvchi nurlar o’zaro parallel bo’lib qoladilar. Bu yerda TK chiziq proyeksiyalash yo’nalishi deyiladi (4-shakl, a). Fazoda olingan A, B, C nuqtalarni  tekislikka proyeksiyalash uchun, nuqtalar orqali KT yo’nalishiga parallel ravishda proyeksiyalovchi nurlar o’tkaziladi. Bu nurlarning  tekislik bilan kesishgan A1, B1, C1 nuqtalari, shu nuqtalarning parallel proyeksiyalari bo’ladi (4-shakl, a). Bunday proyeksiyalash yo’li bilan olingan proyeksiyalar parallel proyeksiyalar deyiladi. Parallel proyeksiyalar o’lchamlarining va ko’rinishlarining o’zgarishi proyeksiyalar tekisligining proyeksiyalash yo’nalishiga nisbatan qanday joylashishiga bog’liq. Proyeksiyalovchi nurlarning proyeksiyalar tekisligiga nisbatan qanday yo’nalishda bo’lishiga qarab, parallel proyeksiyalash qiyshiq burchakli va to’g’ri burchakli bo’ladi. Agar proyeksiyalash yo’nalishi proyeksiyalar tekisligi bilan o’tkir burchak tashkil qilsa, bunday parallel proyeksiyalash qiyshiq burchakli deb ataladi (4-shakl, a). Bunday proyeksiyalash ko’pincha aksonometrik tasvirlarni yasashda ishlatiladi. Bunda proyeksiyalash yo’nalishi KT deb ko’rsatilishi kerak. Agar proyeksiyalash o’nalishi proyeksiyalar tekisligi bilan to’g’ri burchak tashkil qilsa, bunday parallel proyeksiyalash to’g’ri burchakli yoki ortogonal proyeksiyalash deyiladi. Bunday proyeksiyalashda proyeksiyalar yo’nalishi ko’rsatilmaydi, chunki bir nuqtadan tekislikka bitta perpendikulyar o’tkazish mumkin (4-shalk, b). Geometrik shaklning bitta tekislikdagi parallel proyeksiyasini shu shaklning tuzilishi va uning fazodagi vaziyatini to’la aks ettira olmaydi. Shuning uchun qo’shimcha ravishda turli usullardan foydalaniladi. Pararllel proyeksiyalashdagi qo’shimcha usullar bilan tanishib chiqishdan avval parallel proyeksiyalashning asosiy xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling