«Психология» маъруза матни
Ichki nutq ikrga (g`oyaga) tug`ilishi aylantirish uni so`zga aylanishi Takliflar va so´zlar
Download 460.5 Kb.
|
Ichki nutqikrga (g`oyaga) tug`ilishiaylantirish uni so`zga aylanishi Takliflar va so´zlarFonemalarOvoz signallariNutqning o`ziga xos turlari mavjud – tashqi, ichki, og`zaki, yozma va xokozo. Kommunikativ jarayonda o`zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlari tushunishlari juda muhimdir. Buyuk frantsuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi «Muloqot bu shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi deb yozgan edi. So`zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqlmisan yoki ahmoq, kattamisan yoki kichik buni biror so`z aytmaganigcha bila olmaymiz» degan edi. Yozma nutq insoniyat tarixida og`zaki nutqdan ancha keyin paydo bo`lgan. Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirishida, badiiy timsollarni etkazishda muhim rol’ o`ynaydi. Nutq o`zining fizologik negiziga ko`ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Nutqni programmalashtirish – nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi bo`lgan fikrning ma’naviy o`zagini tuzishda birinchi bosqich hisoblanadi, ikkinchi bosqich jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir. Noverbal kommunikatsiyaga – belgilarning optik kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo`l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pontomimika (£o`l - oyoq, tana harakatlari) kiradi. Jestlar – insonning qo`l harakatlari bo`lib, u orqali insonning ichki holati biror bir ob’ektga munosabati va tashqi olamga yo`nalganligi ifodalanadi. Mimika – inson yuz harakatlarining bir qismi bo`lib, u orqali insonning o`ylari, xatti - harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajubi va hokozolar namoyon bo`ladi. Pontomimika – inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatldar tizimidir. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so`zlar 7 % ni, tovush va intonatsiya 38 % ni, nutqsiz muloqot esa 55 % ni tashkil etadi. Noverbal kommunikatsiyaning paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi ham mavjud. Bular lokalizatsiya tizimi bo`lib, u ovoz sifatida uning deapozani nutqdagi pauzalar, yo`tal, yig`i, kulgu nutq tempida namoyon bo`ladi. Muloqotning maqsadga ko`ra 8 ta funktsiyasi mavjud: (L.A.Korpenko) 1. Kontakt. 2. Aloqa o`rnatish. 3. Undovchilik. 4. Koordinatsion. 5. Tushunish. 6. Amotiv (hissiy aloqa) hissiyotni o`zgartirish. 7. Munosobat o`rnatish o`z o`rnini anglash) 8. Ta’sir o`tkazish. Pedagogik munosobat deganda pedagog va o`quvchilar kollektivi o`rtasida o`zaro birgalikdagi harakatining mazmunan axborot ayirboshlashdan, o`quv tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish va o`zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat sistemasi usullari va malakalari tushuniladi. Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling