«Психология» маъруза матни
Download 460.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim turi Ta’lim oluvchi nima qiladi Qanday tafakkur turi shakllanadi
Reproduktiv tafakkur. – bu standart tafakkur bo`lib, unda qayta mashqlar asosida egallangan usullardan masalani echishda foydalanadi.
Ijodiy tafakkur - yangilikni ochib bilan bog`liqdir. Tafakkur turlari ta’lim xarakteriga bog`liqdir.
Hozirgi buyuk islohatlar amalga oshirilayotgan O`zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo`lishi davr taqqozasi bo`lib, shaxsiy dunyoqarashga ega bo`lgan insonlargina, jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi ko`plab loyihalarni ishlab chiqishga qodir bo`ladilar. Prezidentimiz siyosatining bosh omillaridan biri ham teran fikrlovchi, o`z mustaqil dunyoqarashiga ega bo`lgan iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdir. Mustaqil fikrlash bir qarashda shaxsning individual xususiyati bo`lsada, bu xususiyat xamiyatda, insonlar o`rtasidagi munosabatlar muhiti yaxshi bo`lganda rivojlanadi. Fikrlashni bilish bu insonning aqlidir. Aqlning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin: Mazmundorlik Fikrlash kengligi, fikrlashning kengligi va chuqurligi nazariya va amaliyotning uzviyligiga bog`liqdir. Fikrlashning mustaqilligi Aqliy tashabbuskorligi Aqlning tanqidiyligi, o`z ishini aniq baholay olish. Fikrning ketma-ketligi Tafakkurning tezligi Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo`lib, u aqliy faoliyatning produktivligini ta’minlaydi. 5. Kismlardan rasm hosil qilish metodikasi A.N.Bernshteyn (1911) tomonidan taklif etilgan bo`lib, tafakkur xususiyatlarini, rasmning yaxlitligini tahlil qila olish, uning ba’zi qismlari ketma-ketligini o`rnata olish qobiliyatini o`rganishga mo`ljallangan. Guruhlar bo`yicha klassifikatsiya qilish metodikasi birinchi marta K.Goldstein (1920) tomonidan taklif etilgan bo`lib, keyinchalik L.S.Vigotskiy (1934) va B.G.Zeygornik (1958) tomonidan o`zgartirilgan. Metodika umumlashtirish va mavhumlashtirish jarayonlari darajasini o`rganish uchun qo`llaniladi. Ortiqchasini o`chirish metodikasi umumlashtirish va chalg`ish, muhim belgini ajratish kabi tafakkur jarayonlari darajasini o`rgatish uchun qo`llaniladi. Muhim belgini ajratish metodikasi tafakkur xususiyatlarini, predmetlarning muhim belgilarini ajratish qobiliyatini tekshirishda foydalaniladi. Bolalarda tushunchali tafakkur xususiyatlarini o`rganish uchun L.S.Vigotskiy va L.S.Saxarov (1930) metodikasining o`zgartirilgan usulini (A.V.Govorkova) qo`llash mumkin. Bu metodika yordamida bolaning maqsadga yo`naltirilgan va ketma-ket xarakterlarni bajara olish qobiliyati, bir necha yo`nalishda tahlil qila olish qobiliyati aniqlanadi. Intellektni tekshirishning eng keng tarqalgan metodlaridan biri amerikalik psixolog va psixiatr D.Wechsler (1949) tomonidan ishlab chiqilgan bolalar intellektini o`lchash shkalasidir. Bu metodikaga 1974 yilda so`nggi marta 5 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalarni tekshirish uchun o`zgartirishlar kiritildi. Maktab aqliy taraqqiyoti testi metodikasi M.K.Akimova, E.M.Borisova, V.T.Kozlova, G.P.Loginovalar tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, o`smirlarning intellektual taraqqiyoti darajasini aniqlashga mo`ljallangan. Hikoyada tushurib qoldirilgan so`zlarni to`ldirish metodikasi H.Ebinjhaus (1891) tomonidan taklif etilgan bo`lib, nutq rivojlanish xususiyatlarini 10 yoshdan katta bolalarda assotsiativ jarayonlarni o`rganishda qo`llaniladi. Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling