Psixalogiya fannidan javoblar


Download 1.35 Mb.
bet53/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#242254
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
Bog'liq
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR


Билет №22

1-savol Psixik xolatlarga misollar keltiring

Psixik holatlarga charchash

(toliqish), emotsional zo‟riqish (affekt, stress), monotoniya (diqqinafaslik, zerikish),

uyqu holati, uyg‟oqlik holati va boshqalarni kiritish mumkin.



2. Rahbarlik odobiga tavsif bering

2-Djonatan Svift ta’kidlagan: «Jamiyatda yorqin ko’rinish ko’pchilikka ham berilavermaydi, ammo ko’pchilik insonlar yoqimtoy bo’lishi mumkin».

Imijda Notiqlik san’ati asosiy o’rinni egallaydi.

Napoleon shunday degan edi: «Nutqini ushlay olmaganlar, rahbar bo’la olmaydilar». Rahbar - boshqaruvchilik yuz tuzilishi, auditoriya oldida hamkor bo’lsin yoki qo’l ostidagi ishchi bo’lsin so’zlashni bilishi zarur.

5-7 minutlik ma’ruzada ishdagi hamkorlarga yoqishi uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim:

birinchidan, o’z aqlingiz bilan fikrlang.

ikkinchidan, auditoriyaning sizga bergan tavsiyalarni tezda tutib olishingiz zarur. O’zingiz xohlagan narsalarni gapirmang. Ba’zan auditoriya uchun dolzarb bo’lgan muammoda to’xtalib o’tishingiz mumkin.

uchinchidan, asosiy nuqtalarga e’tiboringizni qarating, real hayotni qanchalik bilishingizni ko’rsating, insonlarning turmush sharoiti hamda biznesda nimalarga erishishni xohlashi haqida so’zlang va b.q. to’rtinchidan, o’z fikrlaringizni mantiqan o’ylab gapiring. beshinchidan, ma’ruzada insonlarning e’tiborini tortadigan joylarni aniqlab oling. Siz ko’tarib chiqqan muammolarning eng asosiy va echishi lozim bo’lganlari tushunarli bo’lishi lozim. Nima uchun siz bunday o’ylaganingiz haqda, albatta, aytib o’tishni unutmang.

oltinchidan, auditoriya sizning fikrlaringizni qo’llab quvvatlamog’i lozim. ettinchidan, sizdan oldingi ma’ruzachidan qolgan taa’surotlardan auditoriyani olib chiqishga o’rganing.

sakkizinchidan, tinglovchilarga qarata ajoyib so’zlarni aytish mumkin. Masalan, hamkorligi, tushungani uchun o’z minnatdorchiligingizni bildiring. qanchalik jarangdor qilib aytilsa, shunchalik siz bilan muloqotga kirishuvchilar ko’payaveradi.



3.Didaktikaning predmeti va vazifasi.

Hozirgi davrda didaktika oqitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.

Umumiy didaktikaning predmeti dars otish (oqituvchi faoliyati) va bilim olish (oquvchining organish faoliyati)ning ozaro bogliqligi va aloqadorligi hisoblanadi.

Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar boycha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.

Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqchlarida u yoki bu fanlarni organish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir oqituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur.

Didaktika predmetini aniqlash boycha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bolishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bogliq.

Kopchilik olimlar ta’lim ob’ekti deb oqitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini korsatadilar.

Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi.

Darhaqiqat, oqish, organishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, orgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (oquvchi va oqituvchi) ortasidagi munosabatlar yetakchi orin egallashi lozim ekanligi anglanadi.

Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:

- ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish;

- ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;

- ta’lim jarayoni uchun xos bolgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash.

Didaktika nazariy va bir vaqtning ozida me’yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini organish, uning turli jihatlari ortasidagi bogliqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.



4.Kadrlar tayyorlash milliy modeli

2-Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:

shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;

davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi'kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bolib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat korsatish muhitini oz ichiga oladi;

fan yukori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilgor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;

ishlab chiqarish kadrlarga bolgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bolishini va hayot ozgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.

Ozbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konventsiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilgor tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo`lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling