Psixalogiya fannidan javoblar


Download 1.35 Mb.
bet59/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#242254
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Bog'liq
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR

Билет №25

1 Psixologiya fanini boshqa fanlar bilan aloqasini ayting?

Psixologiyaning alohida tarmoqlarini farqlash avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sosiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir. Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan, umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi; pedagogik psixologiya — kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi; yosh davrlari psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi tamoyillarini o’rganadi;ijtimoiy psixologiya — odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi;yuridik psixologiya — huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi;mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o’rganadi; muxandislik psixologiyasi — avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, odam — texnika o’rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi; harbiy psixologiya — kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo’ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi; savdo psixologiyasi — jamiyatda tijoratning psixologik shart-



2 Psixik jarayonlarni sanab bering ?

Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob rеaktsiyalarini bеrish bilan bog`liq jarayonlarning barchasini o`z ichiga oladi. Psixik jarayonlar ongning o`zida paydo bo`lib, ongning o`zida tugallanadi dеgan fikrni Sеchеnov mutlako noto`g`ri fikr dеb hisoblagan edi. Psixik xodisa xali yuzaga kеlmagan natijadan ham darak bеradi.

Psixik jarayon, ma'lumki o`ziga emas balki, miyaning mohiyati, uning tеgishli bo`lmalari funktsiyasi sifatida olam haqidagi axborotlarning qayoqqa kеtishi, qaеrda saqlanishi va qayta ishlanishini ko`rsatuvchi javob rеaktsiyasining boshqaruvchisidir.

Psixik jarayonlar o`z navbatida bilish jarayonlari, emotsional jarayonlar, shaxsning irodaviy xolatlari va shaxsning individual xususiyatlari dеb nomlangan qismlarga bo`lib o`rganiladi.

Psixik xodisalar–bu faoliyatning hozir ta'sir etayotgan (sеzgi, idrok) yoki qachonlardir, ya'ni turmush tajribada (xotira) yuz bеrgan qo`zg`oluvchiga javob tarzida ro`y bеradigan ana shu ta'sirni umumlashtiradigan, ular pirovard natijada olib kеladigan natijalarni (tafakkur, xayol) oldindan ko`ra olishga yordam bеradigan, bir xil ta'sirlar natijasida faoliyatni (xis–tuyg`u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta'sirlar oqibatida uni tormozlaydigan, odamlar xulq–atvoridagi (tеmpеramеnt, xaraktеr va b.) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilaridir.

Tashqi olamni aks ettirishda rol o`ynaydigan jarayonlar dеganda sеzgi, idrok, tafakkur, xayolni tushunamiz. Biroq boshqa psixik jarayonlar ham ta'sir ko`rsatadi.

Psixik jarayonlarda I signallar tizimi bilan bir qatorda odam uchun xos bo`lgan II signallar tizimi ham ahamiyatlidir.

Xoxlagan psixik jarayonning sodir bo`lishi va davom etishi shunday bir ruhiy xodisaga bog`liqki u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning samaradorligiga ta'sir o`tkazadi. Bu diqqatdir. Diqqat ongning bir nuqtaga qaratilishi bo`lib, shaxsning aktivligini hamda uning ob'еktiv borliqdagi narsa va xodisalarga tanlovchi munosabatini xaraktеrlaydi. Diqqat bo`lmasa, aniq maqsadga qaratilgan faoliyat ham bo`lmaydi. Diqqatning uch turi bor: ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan so`nggi diqqat turi. Diqqatning quyidagi xususiyatlari bor: diqqat ko`lami, davomiyligi, taqsimlanishi, chalg`ishi, ko`chishi, mazmuni va diqqat barcha kasb egalari uchun ham birday zarurdir. Ilm olish, kasb egallash, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, el–yurt xurmatiga sazovor bo`lish uchun ongni bir nuqtaga to`plab faoliyat ko`rsatish zarur.

Sеzgilar. Tеvarak atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, xidlar va xarorat, miqdor va boshqa ko`plab narsalar to`g`risida biz sеzgi a'zolari vositachiligida axborotlarga ega bo`lamiz. Sеzgi dеb sеzgi a'zolarimizga bеvosita ta'sir etib turgan narsa yoki xodisalarning ayrim sifat va xodisalarning ayrim sifat xossalarining ongimizga aks ettirilishiga aytamiz. Biz turli ranglarni, ta'mlarni, og`ir–еngilni, issiq–sovuqni, tovushlarni sеzamiz. Sеzgi a'zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga еtkazib bеradi.

Sеzgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib kеladigan yagona yo`lidir. Sеzgi a'zolari kishiga tеvarak atrofdagi olamda mo`ljal olish imkonini bеradi.

Sеzgilar hosil bo`lishi uchun quyidagi shartlar bo`lishi kеrak:

Birinchidan, sеzgi a'zolarimizdan birontasiga ta'sir etadigan narsa yoki xodisa bo`lishi kеrak.

Ikkinchidan, sеzuvchi apparat soz bo`lishi kеrak. Bu apparat quyidagilardan iborat: 1. Sеzuvchi organ (rеtsеptor). 2. O`tkazuvchi yo`l (affеrеnt nеrv). 3. Bosh miya pustlog`idagi markaz 4. Miyadan javob impulslarini uzatuvchi yo`l (effеrеnt nеrv).

Bitta sеzgi apparatini tashkil qiladigan qismlarni I. P. Pavlov analizator dеb atagan.



3 Didaktika nima ?

Didaktika (yun. didaktikos — oʻrga-tuvchi, taʼlim beruvchi) — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. "D." atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy oʻzining "Buyuk didaktika" asari (1657)da bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chikdi. Nemis pedagogi A. Disterveg oʻzining "Nemis oʻqituvchilarini maʼlumotli qilishga rahbarlik" (1834—35) asarida D.ning ped.da taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin D.ga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida D.ga oid maxsus monografiyalar paydo boʻla boshladi.

Hoz. zamon ped.sida D.ga taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Taʼlim mazmunini aniklash, taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarador usul va yoʻllarini topish D.ning asosiy muammolaridir. D.ning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asosning oʻrni katta. Uzoq vaqt mobaynida marksizm-leninizm D.ning taraqqiyot yoʻnalishini belgilab beruvchi metodologik asos deb qarab kelindi. Lekin mazkur taʼlimotning ilmiy asoslari puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini toʻgʻri hamda xolis koʻrsatish imkoniyatidan mahrum boʻlgan tarafkash (tendensioz) qarash ekanligi maʼlum boʻlgach, unga tayanish mumkin boʻlmay qoldi. Keyingi vaqtda, kalom falsafasiga milliy D.ning metodologik asosi sifatida qaralmoqda. Chunki olamning yaralish, rivojlanish qonuniyatlari, insonning bilish imkoniyatlari, maʼrifatning shaxs kamolotidagi, oʻzini anglash borasidagi oʻrni singari jihatlar ana shu falsafiy asosga tayanilgandagina tushunarli tarzda izohlanishi mumkinligi anglab yetildi. Kalom falsafasi taʼlim olamni bilishning vositasi ekanligini, bilish jarayonining cheki yoʻq, ammo inson bilishi mumkin boʻlgan bilimlar cheklanganligini koʻrsatishi bilan diqqatga sazovordir.

D. umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bolaning bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga ega. D. har qanday alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida taʼlim va maʼrifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun D.ning tamoyillari taʼlim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi.



4 Badiy jixatdan saviyasi past asoratlarni qanday aniqlash mumkin ?

Adabiyotshunoslikda inson va tabiat tasviri muammosini oʻrganish doimo dolzarb masala boʻlib kelgan. Zero, “yozuvchi oʻz gʻoyaviy niyatini faqat qahramonlarning xatti-harakatlari orqali emas, balki ularni oʻrab turgan tabiat manzaralarini tasvirlash orqali ham amalga oshiradi. Peyzaj tasviri orqali oʻquvchiga taʼsir etishni, undagi goʻzallik tuygʻularini tarbiyalashni ham koʻzda tutadi”, deb yozgan edi taniqli olim M. Sultonova.

Isteʼdodli yozuvchi Shukur Xolmirzayevning “Ozodlik” hikoyasi hamda amerika yozuvchisi Ernest Xemingueyning “Fiyesta” romanini kuzatganda qahramon ruhiyatiga mutanosib ravishda peyzaj tasvirining ifoda etilishini koʻrish mumkin.

Ozodlik” hikoyasida ramziy psixologik timsollar mavjud. Jumladan, Xoin beka laqabli Mansurning kakligi – oʻzbek millatining ramziy timsoli, qafas – tutqunlik, inson erkiga raxna soluvchi ramz. “Xoin beka” deb atalishida ikkinchi ramziy maʼno oʻz millati qadriyatlaridan, anʼanalaridan kechib, oʻzga xalq eʼtiqodiga bosh qoʻshgan millat taqdiri nazarda tutilgan. Xoin beka oʻz doʻstlariga sotqinlik qilib, xush ovozda sayrab, doʻstlariga tuzoq qoʻyishi oʻz millatining tutqunligiga sababchi boʻlgan baʼzi kimsalarning ramziy timsoli. Oʻzbek xalqi sobiq shoʻro tuzumi davrida uzoq yillar erksizlikda muteʼlarcha yashadi, Xoinbekaning yana oʻz qafasiga qaytib kelishi erksizlikda yashab oʻrganib-ketgan manqurt inson ramzi ham sanaladi. Demak, koʻrinib turibdiki, Sh. Xolmirzayevning “Ozodlik” hikoyasi ijtimoiy-falsafiy-ramziy asar. Kaklikka koʻz olaytirgan tulki – yovuz, yirtqich, mustamlakachi millat timsoli. Qolaversa, Xoinbeka ramziy obrazi bilan tulkining xatti-harakatlarida tor maʼnoda tabiatdagi, keng maʼnoda jamiyatdagi ichki kurashlar jarayonida oʻzini himoya qilish, yashash uchun kurash falsafasi boʻy koʻrsatadi. Hikoyada kaklik hayoti bilan oʻzbek millati hayoti parallel ravishda ramziy-falsafiy tahlil etiladi. Oʻz qafasiga qaytib kelgan Xoin beka aslida, sobiq shoʻro davrida boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan oʻzbekning ramziy timsoli. Oʻzbekiston 1991 yilda mustaqil davlat sifatida eʼlon etildi. Yozuvchi hikoyada uzoq yillar davomida boqimanda boʻlib, mustaqil hayot kechirishdan mahrum boʻlib qolgan, miyasi zanglagan, ishchanlik va tadbirkorlik, epchillikni unutgan xalqning ogʻir qismatidan chuqur qaygʻuga tushib, ijtimoiy-falsafiy mazmundagi “Ozodlik” hikoyasini yaratgan. Sunʼiy sharoitda yashagan millat mustaqillikdan soʻng tabiiy sharoitda nechogʻli yashab keta oladi, yana biror bir mustamlakachi mamlakatga yem boʻlmasdan umr kechira oladimi degan sarosimali, tahdidli fikr hikoyaning oʻzak-oʻzagini tashkil etadi. Sunʼiy sharoit – bu qafas, tabiiy sharoit – mustaqillik.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling