Psixalogiya fannidan javoblar
Download 1.35 Mb.
|
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR
Билет №4
1.savol.Psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasini ayting. Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar singari ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kuniizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma‘lumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo’ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. Ta‘lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo’lmay turib pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish mumkin emas.. Tarbiyaning mohiyatini ilmiy asosda tushunish uchun aniq tarixiy sharoitda uning taraqqiy etish qonuniyatlarini bilish zarur. Shuning uchun pedagogika ijtimoiy fanlardan biri sifatida ijtimoiy fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanib boradi. Tarbiya maqsad va vazifalarini inson shaxsining har tomonlama rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqarish jarayonida tarix, falsafa, iqtisod, sosiologiya, etika, estetika, umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, kasb psixologiyasi, oila psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, odam psixologiyasi, harbiy psixologiya va fiziologiyasi bolalar gigienasi, pediatriya, medisina, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqa qiladi. Psixologiya fani bilan aloqasini tahlil qilamiz. Pedagog o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda ularni sezgisi, idroki, tasavvur, diqqat, tafakkur va xotirasi kabi psixik jarayonlarni bilish darkor. Shuning uchun pedagogika fani psixologiya fani bilan alohida ish olib boradi. Har bir fan o'z rivojlanishida o'z nazariyalarini boyitishda o'zining ichki ilmiy yo'nalishlariga tayanib, takomillashib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida axborot, ma'lumot beruvchi turli fanlar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo'ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning umumiy kamolatiga xizmat qiladi. 2. Savol.Gallyutsinatsiya nima. Gallyutsinatsiya (lot. haUucinatio -xom xayol, bemaʼni, xato) — yoʻq narsa va hodisalarni bordek idrok etish. Idrok etilgan yoʻq obrazlar tashki tasvirga ega boʻlib, ular borliqda real narsalar kabi oʻrin oladi va shu tufayli bemor bularning rostligiga ishonadi, aslida yoʻq narsalarni koʻrayotgan, eshitayotgandek boʻladi. Ruhiy va infeksion zararlanishlar, bosh miya shikastlari, alkogolizm bilan bogʻliq psixozlarda, giyohvandlikning baʼzi xili, ruhiy iztirob va h.k. oqibatida yuzaga keladi. G.ni birinchi boʻlib fransuz psixiatri J. Eskirol taʼriflab bergan (1817). G.lar bosh miya barcha faoliyatining buzilishi bilan bogʻliq boʻlib, u faqat idrok etish va tasavvur qilishning buzilishigina boʻlmay, balki bemorning atrof muhitga boʻlgan munosabati, uning hissiyoti va tafakkurlarining ham oʻzgarishidir. G.ning oddiy va murakkabligi, qaysi analizatorga taalluqliligi, gallyutsinator obrazlarning tasviri hamda paydo boʻlish sharoitiga qarab bir necha xilga ajratiladi. G.ning oddiy xili, yaʼni elementar G.ga fotopsiyalar (koʻz oldida uchqun, tutun yoki tuman koʻrinishi) hamda akazmlar (quloqqa shovqin, qarsillagan tovush eshitilishi) kirib, ular har doim predmetsiz yuzaga keladi. G.ning murakkab xili doim predmetli va tasviriy tabiatga (bemorning koʻz oʻngida unga tashlanayotgan hayvon yoki qon koʻrinishi mumkin) ega boʻladi. Tabiatiga koʻra (sezgi aʼzolari yoki analizatorlar boʻyicha) koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, taktil va umumiy sezgi, shuningdek vestibulyator va motor G.lar farq qilinadi. Bemorda bir vaqtning oʻzida bir nechta G. kuzatiladi. Mas, bemor (aslida yoʻq) tanish yoki notanish kishilarni koʻri-shi, gaplarini eshitishi; gullarni koʻrib ularni ushlashi yoki hidlab koʻrishi mumkii. G.dan imperativ mazmundagi eshitish G.i xavfli, bunda gʻoyibdan kelgan tovush bemorga biror ish (oʻzini oʻldirish, ovqat yemaslik, uyni yoqish, atrofidagilarga tajovuz qilish) buyuradi. Asli yoʻq tovushga bemor itoat qilib baʼzan jinoyatga qoʻl urishi, oʻz-oʻziga yoki oʻzgalar joniga qasd qilishi mumkin. G. paydo boʻlish vaqti va sharoitiga koʻra gipnogagik (uyqu oldi) va gipnopampik (uygʻonish vaqtida), klinik kechishiga qarab esa chin va soxta xillarga ajratiladi. G.ni imyuzshshan farqlamoq kerak. G. koʻpgina ruhiy kasalliklarning oʻziga xos belgilaridan hisoblanadi. 3.savol Pedagogika fanining tadqiqot metodlariga izoh bering 1. Pedagogik ko‘zatish metodi. 2. Suhbat usuli (yakka tartibda, guruh bilan ) 3. Talabalar ijodini o‘rganish usuli. 4. Test usuli 5. Ma’lumotlarni tahlil qilish usuli. 6.Eksperement-tajriba-sinov usuli. 7. Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli. 8. Matematika va kibernetika usuli. Ta’lim usullarini tanlash bilan bir katorda O‘qituvchi darsdagi talabalarni yosh va individual xarakter xususiyatlarini o‘rganishi hamda tahlil qilishi shart. Pedagogik ko‘zatish- odatda tabiiy ko‘zatish orqali o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalardagi o‘zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda ko‘zatishlar tezligi va soni, ko‘zatish ob’ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni ko‘zatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi. Suhbat metodi- so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo‘li shvaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida qo‘llaniladi. Suhbat metodida- maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan,yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda to‘tadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va praktikasi intervyu tashkil etishning ko‘p usullari mavjud: - guruhlar bilan; - intensiv; - sinash va h.k. Pedagogik so‘rash metodi- tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi. So‘rash savollarning mantiiqIy o‘ylangan tizimini,ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat’iy formadagi javobni («ha», «yo‘q») ham taqozo etishi mumkin. Test sinovlar metodi- bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig‘ib olish metodidir. Test sinovlarini(anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda test savollarining ma’lumotlarini kompyuterda matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi. Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuli – bunda o‘quvchilarning umumiy miqdori, uning o‘sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasiga, sinfdan qolishning oldini olish, Rag‘batlantirish va jazolash choralari turlariga, maktabning moddiy bazasiga e’tibor beriladi. Eksperiment-tajriba-sinov usuli- Ushbu tajriba asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy fara zyoki amaliy ishlarning tatbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli- xalq ta’limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag‘larning doimiy o‘sib borishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazmali qurollar, o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo‘jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag‘lar statistika usuli orqali aniqlanadi. Matematika va kibernetika usullari- o‘qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o‘qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish differensial va individual ta’lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida to‘zish kabi jarayonlardir. 4-savol Didaktika fani va uning ahamiyatini tushintiradi; -Ta’lim jarayonini izoxlaydi; -Ta’lim jarayoni xususiyatlarini sanaydi; -Bilish jarayoniga baho beradi; -Bilish jarayoni bosqichlarini taxlil qiladi; Tayanch so’z va iboralar, Didaktika,ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonining xususiyatlari, ko’nikma, malaka, bilish faoliyati, bilish bosqichlari. 1. Didaktika haqida tushuncha. Didaktika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini urganuvchi fandir. Didaktika grekcha so’z bo’lib, «Didayko»-o’qitish, «Didaskol»-o’rgatuvchi degan so’zlardan kelib chiqqan. «Didaktika»ning so’zma-so’z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonining tushunchasi va moxiyatini, ta’lim qoidalarini, uslublari hamda tashkiliy formalarini o’z ichiga oladi.Demak, didaktika pedagogikaning «nimaga o’qitish» , «nimani o’qitish» va «qanday o’qitish» kabi savollarga javob izlaydi. Umumiy didaktika o’z navbatida, ayrim o’quv fanlariga oid usullar bilan mustahkam bog’lanadi. Shu usullar ma’lumotiga tayanib, o’qitishning umumiy qoidalarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir o’quv fanini o’qitish usullari uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi.Bu dunyoda ne-ne daxolar yashab o’tmagan - Saboqlarga boy utmishimizda Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk alloma bobokalonlarimiz tibbiyot, mantiq, musiqa, adabiyot, geografiya, riyoziyot kabi ilmlarni o’qitish vositasida avlodlarni tarbiyalash g’oyasini olg’a surdilar. O’zbekistonda didaktik ta’limning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avloniy, Hamza Xakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Piri Niyoziy, O. Sharofitdinov kabi pedagog olimlarning nomlari bilan bog’liq.Pedagoglar bir qancha avlodlarning mehnati bilan qo’lga kiritilgan, pedagogika fani erishgan barcha qimmatli yutuqlar, zamon sinovidan o’tgan jamiki ilg’or qarashlarni avaylab asrashi va o’sha merosdan faol ravishda foydalanishlari kerak. Bilish jarayoni kabi ta’lim jarayonida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga ,noto’g’ri va noaniq bilishdan tobora to’liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi. Bu jarayonda xissiy idrok etish ham, abstrakt tafakkur ham, amalda sinab kurish ham bo’ladi.Bilish ikki pallaga-nazariya va amaliyotga bo’linadi.6 Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har-xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik raqam va boshqa nazariyada g’oya shakllanadi.Amaliyot bilimlarning xaqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir. Ilmiy bilishning vazifasi xodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonunlarini ochishdangina emas, balki biron-bir qonunning qay tariqa namoyon bo’lish sabablarini ham ko’rsatib berishdan iborat. Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak atrofdagi voqyelik, narsa xodisalarni sezgi organlarimizga ta’sir etuvchi ayrim sifatlarining ongimizda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir analizator, I. P. Pavlov ta’kidlab aytganidek, narsalarning ayrim sifatlarini idrok qiladi: biz sovuq, iliqlik, shuur, oq-qora, achchiq – chuchuk va xokazolarni ko’rish, eshitish, xid bilish, ta’m-maza bilish, teri, musqo’l harakat va organik sezgi organlarininig faoliyati orqali bilib olamiz. Sezgilar - odam haqidagi barcha bilimlarning manbaidir. Ta’lim jarayoni va uning xususiyatlari, bilish faoliyatining bosqichlari.Ta’lim - insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni o’quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining xozirgi talabalariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo’lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir.Ta’lim jarayonining mazmunini bilim, ko’nikma va malakalar tashkil qiladi.Demak, o’quvchilar o’qish orqali bilim bilan qurollanadilar.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling