Psixiatriyaning huquqiy jihatlari. Ruhiy bemorlarni tekshirishning asosiy usullari. Psixofarmakoterapiya asoslari. Ruhiyatning taraqqiyoti
Download 19.79 Kb.
|
Amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta yoshdagilar va bolalar uchun Veksler testlari tizimi.
Bine-Simon testlar tizimi. Bu test tizimi bemorning pasport yoshiga
mos qilib tuzib chiqiladi. Test savollari va javob-etalonlar tekshiriluvchining tashqi va ichki dunyoqarashlarini inobatga olib mutaxassis tomonidan tuziladi. Bu test yordamida bemorning aqliy rivojlanishi, javob va harakat reaksiyalari aniqlanadi. Test 30 tadan 50 tagacha savol va 120 tadan 200 tagacha javobni o'z ichiga oladi. Bu tizimga muammoli masalalarni ham kiritishimiz mumkin. Tekshiriluvchining berilgan savollarga yoki jumboq masalalarni yechish soniga qarab javob ballari va foizi qo'yiladi. Agar tekshiriluvchi berilgan topshiriqning 70 foiziga javob bersa, unda Lining aqiiy rivojlanishi, intellekti, dunyoqarashi pasport yoshiga mos deb, tekshiriluvchi topshiriqning 70 foizdan kam qismiga javob bersa, u holda bu shaxsda aqliv yetishmovchilik voki oligofreniya kasalligi mavjud deb qaraladi. Bu test tazimining yutug'i qisqa vaqt ichida shaxsning xarakteri, intellekti haqida ma’lumotga ega bo'linadi, kaiuchiligi esa bunda shaxsning rivojlanish muhiti va shart-sharoiti hisobga olinmaydi. Katta yoshdagilar va bolalar uchun Veksler testlari tizimi. Tadqiqotchilaming fikricha, bu usul shaxsning intellekti va shaxsiy sifatlarini aniqlashga imkon beradi. Tizim ikki xil testlardan: birinchisi so‘z bilan ifodalanadigan 6 ta test dan, ikkinchisi amaliy harakatlar bilan ifodalanadigan 5 ta test dan tarkib topgan. So‘z bilan ifodalanadigan 6 ta test quyidagilarni o ‘z ichiga oladi: 1. Xabardorlik. 2. Umumiy ziyraklik. 3. Sonlarni teskari sondan sanash qobiliyati (10, 9, 8,7,6...). 4. Arifmetika masalalarini vechish. 5. O'xshashlikni aniqlash. 6. 42 ta so‘zning ma’nosini aniqlashni tekshirish. Harakat bilan ifodalanadigan 5 ta test tizimiga quyidagilar kiradi: 1. Obyektlarni va ularning yetishmovchi qismlarini aniqlash. 2. Suratlarning ketma-ket qo‘yilish tartibini aniqlash. 3. Suratning yetishmovchi qismlarini topib tuzib chiqish. 4. Namunaga qarab 9 tadan 16 tagacha bo'lgan geometrik qismlardan shakllar yasash. 5. Berilgan sonlar kodiga qarab 90 sekund ichida raqamlar yechimini topish. Test o ‘tkazib bo'lingandan so'ng jadval tuziladi va intellekt koeffitsienti deb ataladigan koeffitsient tuziladi. Ammo bu koeffitsientni tekshirilayotgan kishining umumiy ziyrakligini, madaniyatini hamda Lining tadqiqotga nisbatan munosabatini hisobga olmasdan turib yetarli darajada to ‘g‘ri deb b o ‘lm aydi. Bu usulning yu tug‘i sh u n d a-k i, tadqiqo t davom ida tekshiriluvchining nutqi, tafakkur tezligi, reaksiyasi, diqqati to ‘liq nazoratga olinadi va hisobga olib boriladi. Ba’zan buiutlarga qarab xayol suramiz, ularni paxmoq ayiqqa, tuyaga va boshqa jonzotlarga o‘xshatamiz. Agar odam shu noaniq chiziqlarni o‘zini to'lqinlantiruvchi shakllar ko‘rinishida tasavvur qilsa, bunda nima chiqar ekan! Shu taklif va mulohazalar asosida Rorshax o'zining test tizimini ishlab chiqdi. Bu usulning mohiyati kartochkada o'ziga xos joylashgan rangli siyoh va qora dog‘larning ma’nosini topishdan iborat. Keyin javoblar maxsus qoidalar asosida ishlovdan o'tkaziladi. Download 19.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling