Psixik jarayonlar
Download 84 Kb.
|
harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- IXTIYORSIZ DIQQAT.
DIQQATNING TURLARI
Diqqatning yuzaga chiqish mexanizmlari juda murakkab va ularning ko`rinishi, turlari ham turlichadir. Diqqatning turli ko`rinishlari va mexanizmlarining umumiyligi asosida ularning turli turlari farqlanadi. Shaxsning o`z oldiga diqqatni biror ob`ektga qaratishni maqsad qilib qo`yishi va irodaning ishtirokiga ko`ra uch xil diqqat farqlanadi. IXTIYORSIZ DIQQAT. Biz diqqatimizni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik faoliyatning biror ob`ektga yo`naltirilishi va to`planishiga IXTIYORSIZ DIQQAT deyiladi. Ko`pincha faoliyatning maroqliligi, qiziqarliligi yoki kutilmaganda favquloddaliligi diqqatni o`ziga tortadi, odamni o`ziga jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar. Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar juda xilma-xil va bir-biriga bog`lanib ketgan. Biz ularni shartli ravishda bir-biridan ajratamiz va tahlil qilamiz. I. Tashqi qo`zg`atuvchining xarakteri bilan bog`liq ravishda yuzaga keladigan ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaradigan sabablar: 1. Bunga dastavval qo`zg`atuvchining kuchi yoki intensivligi kiradi. Etarli darajada kuchli bo`lgan har qanday qo`zg`atuvchi: qattiq ovoz, yorqin nur, kuchli silkinish diqqatimizni beixtiyor o`ziga jalb qiladi. 2. Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra , NISBIY KUCHI muhimroq rol’ o`ynaydi. 3. Qo`zg`alishlar o`rtasidagi kontrast ham diqqatni o`ziga beixtiyor tortuvchi sabablardan biridir. 4. Qo`zg`alishning uzoq vaqt davom etishi va, shuning bilan birga narsaning fazoda tutgan o`rnining kattaligi muhimdir. Masalan:hajmi atrofdagi jismlardan nisbatan katta jism, qisqa muddatli qo`zg`atuvchilar orasida uzoq muddat davomida ta`sir qiluvchisi diqqatni o`ziga tortadi. 5. Qo`zg`atuvchining to`xtab-to`xtab ta`sir qilishi ham kishining diqqatini beixtiyor o`ziga tortadi (yonib-o`chib turuvchi yorug`lik). 6. Ta`sir qilib turgan qo`zg`atuvchining birdaniga to`xtab qolishi diqqatimizni jalb qiladi. II. Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi guruh sabablarga tashqi qo`zg`atuvchining odamning ichki holatiga va avvalo odamda mavjud bo`lgan ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Qorni och kishiga ovqatdan darak beruvchi har qanday qo`zg`atuvchi, masalan, OVQAT haqidagi gap, OVQAT hidi, va shunga o`xshashlar diqqatimizni beixtiyor o`ziga jalb qiladi. Fiziologik jihatdan olganda bu sabablarning ta`sirini Uxtomskiy tavsiya etgan dominanta printsipi bilan asoslash mumkin. III. Ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaruvchi uchinchi guruh sabablarga idrok qilinayotgan ob`ekt va bajarilayotgan faoliyat bilan bog`liq bo`lgan hissiyot kiradi. eng birinchi navbatda maroqli va jozibali ta`sir predmet va faoliyat kishini o`ziga tortadi. Masalan qiziqarli ish, qiziq hikoya va shunga o`xshashlar. IY. To`rtinchi guruhga kishining ilgarigi tajribasining diqqatga ta`sirini kiritish mumkin. Bunga kishining bilimlari, tasavvurlari, malaka va odatlarining ta`siri kiradi. Y. Diqqatning ixtiyorsiz jalb qilinishida kutish katta rol o`ynaydi. YI. YAna bir guruh sabablar - kishining qiziqishlari ham ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ko`p uchraydi. Qiziqishning mavjudligi har qanday murakkab faoliyatni, ob`ektni ham beixtiyor diqqat ob`ektiga aylantiradi. YUqorida keltirilgan ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaruvchi sabablarni pedagoglar dars davomida hisobga olishlari, shular asosida o`quvchilarning ixtiyorsiz diqqatni boshqarishlari lozim. Download 84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling