Psixik jarayonlar
Download 81,5 Kb.
|
psihik
MAVZU: Psixik jarayonlarREJA:
I.KIRISH.II. ASOSIY QISM
III,XULOSA IV.ASOSIY ADABIYOTLAR. KIRIH. Diqqat jarayonining mohiyati. Diqqatning turlari. Diqqatning xususiyatlari: hajmi, barqarorligi, to`planishi, ko`chishi va h.k. Pedagogik jarayonda diqqatning qonuniyatlarini hisobga olish. Diqqatning asoslanganligi (diqqat va motivatsiya). O`quv jarayonida diqqatning ob`ektiv xususiyatlarining roli va ularni hisobga olish: diqqat va darsni tashkil qilish, diqqat va qiziqish, diqqatni boshqarish, o`quvchi va pedagoglar diqqatini tarbiyalash. Diqqatning xususiyatlarini o`rganish metodlari. Sezgi haqida tushuncha. Sezgilarning fiziologik asoslari. Analizatorlar, ularning tuzilishi. Sezgilarning turlari.Sezgilarning asosiy qonuniyatlari: adaptasiya, sensibilizatsiya, sinesteziya. Psixofiziologik qonuniyatlar. Sezgilarning rivojlanishi va faoliyat. DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA. Diqqat - psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan (barqaror yoki situatsiyali to`planishidan) iboratdir. Yo`naltirilishi deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik xarakteri, ob`ektni ixtiyoriy yoki beixtiyor tanlash tushuniladi. Masalan maktab o`quvchisining biron boshqa narsaga chalg`imasdan, o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishda uning psixik faoliyatning yo`nalishi ifodalanadi. Psixik faoliyatning yo`nalishi deganda, faqat ana shu faoliyatni tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganini saqlab qolish va qo`llab-quvvatlash ham tushuniladi. Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi bilan birga, uning TO`PLANIShINI ham taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to`planishi - mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo`lmagan hamma boshqa narsalardan, boshqa hamma faoliyatdan diqqatni chalg`itish demakdir. Diqqatni bir joyga to`plash deganda, mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko`pmi chuqur e`tibor berish tushuniladi. Masalan murakkab va zarur o`quv materialini o`qish va tushunish diqqatni to`plashsiz amalga oshmaydi. Download 81,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling