Psixika haqida tushuncha. Reja: Psixologiya haqida umumiy tushuncha


Download 26.52 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi26.52 Kb.
#1368089
  1   2
Bog'liq
Psixika haqida tushuncha


Psixika haqida tushuncha.
Reja:
1. Psixologiya haqida umumiy tushuncha.
2. Psixologiya fanining ta’rifi va psixika haqida tushuncha.
3. Psixik qonuniyatlar: psixik jarayonlar ,psixik xususiyatlar ,psixik holatlar, psixik hodisalar va ularning mazmuni.


Barcha fanlar kabi psixologiya fanining ham o‘ziga xos predmeti bor. Masalan, fizika fani harakatdagi materiyaning fizik xossalarini, kimyo fani kimyoviy xossalarni, biologiya biologik xossalarni o‘rganadi. Psixologiya o‘rganadigan hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash murakkabroqdir. Bu hodisalarni tushunish psixologiya fanini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan odamning dunyoqarashi va qiziqishiga bog‘liqdir. Psixologiya insoniyatga tanish bo‘lgan eng murakkab ilm haqidagi fandir. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib psixika deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holati-ki u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalaridan ancha murakkabroq, chunki psixologiyada bilishning obyekti va subyekti o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘ladi.Har bir odam tevarak-atrofdagi narsalarni sezish va idrok qi lish qobiliyatiga ega. Odam osmonning moviyligini, daraxt ba rg larining yashilligini ko‘radi, ko‘cha tomondan quloqqa chalinuv chi har xil tovushlarni eshitadi, ba’zi narsalarning sovuqligini, boshqalarining issiqligini sezadi. Odam o‘ylaydi va gaplashadi, ya’ni u tafakkur hamda nutqqa egadir. Biz ilgari bo‘lib o‘tgan narsa va hodisalarni xotira va xayol tufayli esda saqlaymiz va kelajak haqida orzu qilamiz. Bizning sezgilarimiz, idrokimiz, xoti ramiz, tafakkurimiz, nutqimiz, xayolimiz psixik jarayonlardeb ataladi. Ko‘pgina voqealar odamni to‘lqinlantiradi, quvontiradi yoki uning g‘azabini qo‘zg‘atadi, ya’ni odamda ma’lum his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Odam nimagadir intiladi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish yo‘lida sabot va matonat ko‘rsatadi, irodasini ishga soladi. Ba’zi hollarda psixik jarayonlar ancha murakkab va barqaror ko‘rinishga ega bo‘ladi, ularning aktivligi kuchaygan yoki susaygan holda namoyon bo‘ladi, ma’lum kechinmalarni maydonga keltiradi. Bularpsixik holatlar deb ataladi. Bunga darsga o‘quvchining diqqat-e’tiborlilik yoki parishonlik holati, odamlarda sodir bo‘lib turuvchi quvnoqlik yoki achchiqlanish va shu kabi psixik holatlar misol bo‘la oladi. Har bir odam boshqalardan o‘zining ayrim shaxsiy barqaror xususiyatlari, ma’lum darajadagi barqaror psixik sifatlari bilan ajralib turadi. Ba’zi odamlarda qiziqishlar kuchli bo‘lsa, boshqa bir odam ulkan qobiliyatlari (matematika yoki musiqaga) bilan undan farq qiladi. Ba’zi bir odam qiziqqonroq bo‘ladi, bunday odamni jo‘shqin temperamentli odam deyiladi, boshqa odam haqida og‘ir, vazmin, yaxshi xarakterli odam deb o‘ylaymiz va hokazo. Qobiliyatlar, temperament, xarakter odamning psixik xususiyatlaridir. Psixik jarayonlar, psixik holatlar va psixik xususiyatlar birbiri bilan o‘zaro bog‘liq hodisalar bo‘lib, ularning barchasi birgalikda psixika hisoblanadi. Psixologiya fani psixik jarayonlar, holatlar va shaxs xususiyatlarini faqat tasvirlabgina qolmay balki ularning yuzaga kelish sabablarini ham tushuntiradi. Psixika nima? Olamning taraqqiyoti tarixida psixika va ong bo‘lmagan davr ham bo‘lgan. Jonsiz tabiat va o‘simliklar dun yosi hech qanday psixik hayotga ega bo‘lmagan, chunki ular da se zish, fikrlash va his qilish qobiliyati yo‘q edi. Psixika moddiy olam taraqqiyotining eng yuqori bosqichida – tirik mavjudoеlar, hayvonlar va odamlar paydo bo‘lgan bosqichida vujudga kelgan. Evolutsion taraqqiyot davomida psixikaning maxsus organlari – nerv sistemasi, keyinroq esa psixikaning oliy bo‘limi – miya tarkib topgan. Yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan hayvonlar va odamda psixikaning taraqqiyoti bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Psixik jarayonlar, holatlar va xususiyatlar o‘zgarmas hodisalar emas, ular odamning hayoti va faoliyati davomida rivojlanadi hamda o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarishlar tabiat va jamiyatdagi barcha o‘zgarishlar singari muayyan qonunlarga bo‘ysunadi. Tashqi olam, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar odamga ta’sir ko‘rsatadi. Obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalar odam ning sezgi a’zolariga, nerv sistemasiga ta’sir etar ekan, ular miyada aks ettiriladi. Psixik jarayonlar – sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol – mana shular aks ettirish shakllaridir. Odamning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarni aks ettirishi shu voqelikni bilishi demakdir. Tashqi muhitning miyaga ta’siri orqali narsalarning shakli, rangi, hajmi kabilarni bilib oladi. Voqelikni aks ettirish jarayoni natijasida odamning sezgilari, uning intilishlari, ish-ha rakatlari, odam shaxsining sifatlari, ehtiyoji, qiziqish va havaslari, qobiliyatlari va xarakteri vujudga keladi, uning turmush tajribasi hosil bo‘ladi. Demak, barcha psixik jarayonlar, barcha aks ettirish jarayonlari odam bilan tashqi olamning bir-biriga aktiv ta’siri tufayli yuzaga keladi. Odam psixikasini ijtimoiy hayot sharoitlari belgilaydi. Odam amaliy faoliyatda, ya’ni o‘yin, ta’lim, mehnat jarayonida aks ettirishning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirib boradi va shu yo‘sinda obyektiv haqiqatni bilishga erishadi.Odamning aks ettiruvchanlik faoliyati obyektiv va subyektiv birlikdan iboratdir.Birinchidan, aks ettirish o‘z mazmuni jihatidan obyektiv, chunki bu tashqi olam to‘g‘risida odamga to‘g‘ri tasavvur va bilimlar beradi. Ikkinchidan, aks ettirish nerv-fiziologik jarayondan iborat bo‘lib, odam faoliyatining xilma-xil ko‘rinishida ifodalanadi.Aks ettirishning subyektiv tomoni shundan iboratki, konkret odam o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxsni aks ettiradi. Shaxsning aks ettirishi uning oldiga qo‘ygan maqsadi va vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchidan odam atrofdagi voqelikni bilib borar ekan narsa va hodisalarga nisbatan ma’lum munosabatini ifodalaydi. Shuning uchun ham obyektiv olamdagi narsalarni miyamizda aks etishi obyektiv olamning subyektiv obrazi bo‘lib qoladi.Biz psixikaning falsafiy mohiyatidan tashqari uning aks ettirish mexanizmlarini ham bilishimiz kerak bo‘ladi. Buning uchun psixikaning nerv-fiziologik asoslaridan xabardor bo‘lishimiz lo zim. Rus fiziologi I.M. Sechenov o‘zining «Bosh miya ref lekslari» (1863) nomli kitobida psixik hodisalar inson kelmasligini, nerv sistemasining ref lekslarini aks ettirish bosh miya faoliyatining natijasi ekanligini ko‘rsatib berdi. Demak, odam organizmidagi boshqa hamma funksiyalar kabi tabiiy hodisa ekanligini, biron-bir sababsiz yuzaga tevarak-atrofda-gi voqelikni faoliyat jarayo nida, tabiatga va odamlarga ta’sir ko‘rsatish jarayonida bilib boradi. Ana shu jarayonda odamda sezgi va idrok sodir bo‘ladi, bular odamning sezgi organlari orqali miyasiga ta’sir ko‘rsatib, ongida aks etgan narsa va hodisalarning (yoki ulardagi ayrim xususiyat larning) obrazlaridir. Psixik aks ettirish obyektiv olamning subyektiv obrazi, voqelikning miyadagi aksidir. Odam psixikasini, odam psixik faoliyatining qonuniyatla rini, uning kelib chiqish mexanizmlarini o‘rganuvchi fan psixologiya deb ataladi. Kundalik turmush va ilmiy psixologiya. Har qanday fan negizida ma’lum darajada odamlarning turmushi va amaliy tajribasi o‘z aksini topadi. Har qanday shaxs kundalik turmushning o‘ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo‘lib, o‘z saviyasi, salohi yati bilan turlicha kamolot ko‘rsatkichiga egadir, hatto uning turmush tajribasi va bilimlari ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq bo‘lishi mumkin (masalan: «Qari bilganni pari bilmas»). Kundalik muloqot davomida boshqa odamlarni kuzatib borgan kishilarning o‘zaro birgalikda harakat qi-lishga ehtiyoji, ularni tashqi xulq-atvor ortida yashirinib yotgan psixik jarayonlarni farqlay bilishga majbur qilgan. Maqsadlar, mayllar, u yoki bu voqeadan ta’sirlanish zamirida esa xarakteriga xos asosiy belgilar tushunilgan. Shuning uchun ham psixik holatlar, jarayonlar, xususiyatlar ilmiy predmetga aylanishidan ancha ilgari kishilarda bir-birlari to‘g‘risida sodda psi xologik bilimlar to‘plana boshlagan. Bu bilimlar avloddan avlodga o‘tgan holda tilda, xalq ijodiyoti yod gorliklarida, san’at asarlarida o‘z ifodasini topa bordi. Jumladan, maqol va matallarda, «O‘n marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal», «Odat – kishining ikkinchi tabiati» va hokazolar. Kishi ning shaxsiy hayot tajribasi ham unga psixika haqida muayyan tasavvur bera oladi; biron-bir matnni qaytadan o‘qib chiqish kishi xotirasida yaxshiroq saqlanib qolishiga yordam berishini, garchi «Takrorlash – ilmning onasi» degan maqol unga ta nish bo‘lmasa ham, o‘z shaxsiy tajribasidan bilib oladi. Masalan, bola o‘z talabini qondirish istagida o‘z yaqinlariga turli uslubda ta’sir o‘tkazadi, ya’ni katta yoshdagilarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘zi anglamagan holda hisobga olib ish tutadi. Demak, kundalik turmushning psixologik bilimlari farosatlilik, sezgirlik, topqirlik intuitiv tarzda namoyon bo‘ladi.Ilmiy psixologiya ma’lum metodlar, vositalar, operatsiyalar yordamida ma’lumotlar to‘plash va ularni umumlashtirishga intiladi. Izlanayotgan obyektning xususiyati, holati, munosabati, bog‘lanishi kabilarni aks ettiruvchi ilmiy tushunchalar, ta’riflar, qonuniyatlar yordamida psixologik mexanizmlarni kashf qiladi. Insonning ichki imkoniyati, iste’dodi, ishchanligi, qobiliyati, xa rakteri yuzasidan umumiy xulosalar chiqariladi. Bu ning natijasida shaxs psixikasini aniqlash, bashorat qilish, ayrim nuqsonlarni tuzatish, noxush kechinmalarning oldini olish imkoniyati tug‘iladi. Turmush mashaqqatlarini, jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarni kamaytirish, shaxslararo nizolarni oldini olish, bartaraf etish singari harakatlar faqat ilmiy psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.Ijtimoiy va shaxsiy tajribada yuzaga kelgan sodda psixologik ma’lumotlar ilmiy psixologiyagacha yaratilgan psixologik bilimlarni tashkil qiladi. Ilmiy psixologiyaning predmeti deyil-ganda, avvalo, psixik hayotning aniq dalillari nazarda tutiladi. Turli psixologik tajribalar juda muhim faktlarni aniqlagan. Masalan, qorong‘ida ham qog‘oz oppoq deb idrok qilinadi. Ilmiy jihatdan bilish hodisalarni tasvirlashdan tushuntirib berishga o‘tishni ta lab qiladi. Shuning uchun ham psixologik faktlar bilan birgalikda psixologik qonunlar psixologiyada o‘rganiladigan predmet bo‘lib yuzaga chiqadi.
1. Ushbu topshiriqning savoli I kurs talabasi uchun juda qiyin boiishi mumkin. Shuning uchun ma'ruzada muammoli bayon etish orqali foydalanish mumkin. «Psixologiya» fan sifatidagi mazmuni nimadan iborat? Bu masalada darslik va lug'atlarda turlicha nuqtayi nazarlar mavjudligini qanday tushuntirish mumkin?

Psixologiyaning predmeti — «psixik hayotning aniq hodisalari»


(Umumiy psixologiya darsligida)

Psixologiya «psixikaning rivojlanishi va faoliyati qonuniyatlarini


hayotiy faoliyatning alohida shakli sifatida» o'rganadi.

Psixologiya - insoning va jonivorlarning obyektiv realliklarini


his etish, qabul qilish, tushunchalari, sezgi va psixikaning boshqa
hodisalari shaklida aks ettirishning faol jarayonini o'rganadi (psixologik
lug'at).

Psixologiyaning o'rganish predmeti ko'plab subyektiv hodisalarni


o'z ichiga oluvchi inson va jonivorlarning psixikasini o'rganadi. Psixika
— psixologiyada o'rganiladigan barcha psixik hodisalarning to'plamini
ifoda etuvchi umumiy tushunchadir.

Psixologiya - haqiqatni psixik aks ettirish, ko'rish, to'g'rilash va amal qilish haqidagi fandir.


Nima uchun psixologiya predmetini bunchalik ko'p ta'riflari mavjud ular mazmunan turlichami yoki faqatgina shakli so'zi bilan ifodalanishi bo'yicha turlichami? Balki ular juda ham umumiy va hammasi bo'yicha kengdir va umuman olganda ularning barchasi bitta umumiy psixika mazmuniga egadir.


Agarda ularning orasida, noto'g'ri ta'rif bo'lmasa, unda nima uchun ular har xil; masalani bunday keng qo'yilish albatta talaba uchun mo'ljallanmagan, balki o'qituvchining ma'ruzani bayon etishida tanlovchanlik metodikasidan kelib chiqib, bundan bir nechta ketma-ket tartibda kelib chiqadigan savollarni tuzish uchun o'qituvchiga yordam sifatida ko'zlangan. Undan talab qilinadigan narsa — bu psixologiya predmetining turli nuqtayi nazarlari bilan tanishishda talabada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan savollarga javob topishdir.


Talabada o'rganayotgan fani haqida aniq tasawur mavjud bo'lishi kerak. Psixologiya haqida gapirsak, unga bo'lgan nuqtayi nazarlarning turli tumanligi bo'yicha aniq ifodalangan va umumiy qabul qilinganlar hisoblanmasligi ko'rinib turibdi. O'qituvchi uchun qiyinchiliklar ana shundan kelib chiqadi: Bir tomondan talabada fan predmeti haqida aniq tushunchani shakllantirish kerak, boshqa tomondan esa bu narsa ilmiy doiraning o'zida ham mavjud emas.


Ushbu muammo dars o'tish amaliyotida odatda qanday hal etiladi? Psixologiyaning predmeti haqida savolga javob berishning ikkita usuli mavjud. Ularni Yu.V.Gareyter shunday ko'rsatib beradi; birinchi usul psixologiya predmetiga turli nuqtayi nazarlar fanning tarixda qanday paydo bo'lgan bo'lsa, shunday ko'rsatib chiqishni ko'zda tutadi. Nima uchun bu nuqtayi nazarlar bir-birini almashtirib kelgani sabablarini tahlil qilish, oxir oqibat ulardan nima qolgani va bugungi kunda qanday tushuncha shakllanganligi bilan tanishib chiqishdir. Psixologiya predmetini ochib berishning ushbu usulini u keyingi barcha ma'ruza va seminar mashg'ulotlarida foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Birinchi ma'ruzada esa ikkinchi usul bilan cheklanishni afzal biladi, ya'ni bu qisqacha javob berish yo'li orqali amalga oshiradi. Bu qisqacha javob rasmiyga o'xshaydi, lekin shunga qaramay juda ham aniq hisoblanadi. Javobning mazmuni psixologiya — bu «jon» haqidagi fandir. «Jon» va «psixika» esa lingivstik nuqtayi nazardan bir narsadir, ya'ni ular mos ravishda rus va lotin tillarida bitta «qalb» hodisalarini anglatadi; ammo fan va madaniyatning rivojlanishi bilan bu tushunchalarning mazmunlari ajralib keldi. Biroq tilda «jon» asosidagi ko'plab so'zlar saqlanib qolgan bo'lsa-da, psixologiya esa ko'ngil haqidagi emas balki, psixikaga oid fan bo'lib qoldi. Psixologiya predmetini bunday tushuntirish metodikasi, unda ikkala usulga ham tarixiy yondashishni ifoda etsada, lekin juda kam qo'llanilishi mumkin, chunki «psixologiya» predmetining tushunchasini hozirgi holatini ko'rsatadi. Shu sababli psixologiya predmetiga zamonaviy mualliflaming nuqtayi nazarlari nimalarda farq qilishini ko'rib chiqish mumkin. Agarda ularni yaxshilab o'rganib chiqilsa, unda ularni umuman va yaxlit olganda bir xil bo'lib chiqadi, chunki predmetning umumiy falsafiy tushunchasini takrorlaydilar. Shunday qilib hamma mualliflar psixologiya bu psixika haqidagi fandir yoki boshqacha aytadigan bo'lsak psixika barchasi uchun ilmiy psixologiyaning o'rganish predmeti hisoblanadi. Shu bilan birga psixikaning o'zi obyektiv haqiqatning (aks ettirilishi) ko'rinishi sifatida qaralmaydi. Ammo boshqa qarashlar ham mavjud bu P.Ya.Galperinning nuqtayi nazari bo'lib, u psixologiya fanining predmeti butun psixika hisoblanmaydi deb ta'kidlaydi, chunki uni psixologiyadan tashqari boshqa fanlar ham o'rganadi.


Psixika obyektiv dunyoni psixik aks ettirish va ongning turmush bilan munosabatlarini falsafa fani o'rganadi. Kasalliklarda psixikani tibbiyot fanlari o'rganadi, psixikaning biologik asoslarini oliy nerv faoliyati fiziologiyasi o'rganadi. Alohida psixik jarayonlarni har tomonlama bir vaqtda bir necha fanlar o'rganadi. Misol uchun, fikrlashni psixologiyada o'rganishdan tashqari ya'ni idrok etish, mantiq, kibernetika, tarix, pedagogika, etika va estetika fani hamda o'qitish metodikasi (evristika) fanlari o'rganadilar. Nutqni psixologiyadan tashqari pedagogika fiziologiya, lingvistika, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi kabi boshqa fanlar ham o'rganadilar va har bir fan albatta psixik hodisalarning qaysidir birining aniq bir tomoni bilan qiziqadi.


Psixologiya agarda butun psixikani o'rganmasa, uning qaysi aspektlarini o'rganadi? P.Ya. Galperin psixologiyaning predmeti subyektning taxminiy yo'naltiruvchi faoliyati hisoblanadi degan g'oyani ilgari surdi. Bu g'oya u ishlab chiqqan va keng tarqalgan aqliy harakatlarining bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasining metodologik asosi bo'lib qoladi.


P.Ya.Galperin o'z tezisini mana shunday asoslab beradi. Birinchidan, psixikaning vazifasi oddiy qiziqish jonivorning vaziyat bilan tanishishdan yoki alohida obyektning ozuqa izlashidan tortib (I.P.Pavlov bo'yicha, «bu nima refleksi») va insonning nazariy ijodiy faoliyati bilan subyektning turli hayotiy vaziyatlarda yo'l topishi demakdir.


Ikkinchidan, atrof dunyoda yo'l topish hatto idrok etishdan fikrlashgacha, idrok etish vazifalari butun diapozonida ham faqatgina intellektual masalalar bilan cheklanmaydi, vaziyatga mos ravishda harakat qilish uchun bilib tushunib olish va baholash, yo'l topishga, talabalar sezgi, irodasiga ham muhtojdir. Ularning o'zlari esa subyektning izlash faoliyatining turli shakllaridan boshqa narsadan iborat emas.


Uchinchidan, agarda psixika hayotining hamma shakllari izlash faoliyatining turli ko'rinishlaridan iborat bo'lsa, demak psixologiya psixik jarayonlar yoki vazifalaming barchasida aynan ana shu ularning yo'l topish tomonlarini o'rganadi. Psixologiya tafakkur, sezgi tasawur iroda qobiliyatlarni o'rganadi, deyish noto'g'ri, bu shuning uchun noto'g'riki; u tafakkur, sezgi, iroda va boshqa psixik jarayonlar vazifalarining umuman barcha tomonlarini o'rganmaydi. Psixologiya butun psixikani o'rganadi deb hisoblash noto'g'ri deb ta'kidlaydi, -P.Ya.Galperin. Chunki boshqa fanlar ham bunga tegishlidir. Ular faqatgina izlash jarayonida psixik faoliyat va umumpsixik faoliyatining har bir shakli hamda umumiy psixik hayotning asosiy tomonlarini tashkil etadi, degan mazmundagina to'g'ridir. Aynan ana shu vazifasi uning boshqa hamma tomonlarini to'g'ri hisoblaydi, ular shuning uchun deyarli ana shu vazifaga bo'ysunadi. Shuning uchun, hayotda eng muhim - harakatlarni talab etuvchi vaziyatlarda to'g'ri yo'l tanlash va uni bajarishda to'g'ri harakat qilish faqatgina yo'l topish faoliyatigina psixologiya fanining predmetini tashkil etadi. Hozirgi paytgacha psixologiya predmeti haqidagi taklif etilgan tasawurlar xato bo'lib chiqdi.


Shunday qilib, P.Ya.Galperinning psixologiya predmeti haqidagi g'oyasida ko'rsatilganlarining hammasidan prinsipial farq qiladi. Keyinchalik uning shogirdlari va izdoshlari o'zlarining hamma tadqiqotlarida ana shu nuqtayi nazarga amal qiladilar.


Psixologiya predmeti haqidagi ushbu tasawur psixologik hodisalarning aniq mexanizmlarini izlash va topishga imkon beruvchi, ular nimadan iborat ekanini tushuntirib beruvchi metodologik tamoyil hisoblanadi. P.Ya.Galperinning psixologiya predmeti haqidagi tasawuriga asoslangan aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasini pedagogik amaliyotda qo'llanishdagi yuqori natijalari barchaga ma'lum. Hozirgi kunga kelib ikkita fikrni to'g'ri va haqiqiy deb hisoblash mumkin. Birinchisi — psixologiya predmeti haqidagi ushbu nazariy tasawurning qo'llanilayotganligi haqida ya'ni nazariy va empirik tadqiqotlarda ilgari mavjud tasawurlardan tashqari psixologiya o'zi doirasida psixik hodisalar mohiyatini izlash va topishga imkon beradi; ikkinchisi - psixologiyani izlash faoliyati haqidagi fan sifatida qarash, amaliy ahamiyatga egaligi, chunki inson faoliyatida to'g'ri yo'l izlashga psixologlar yo'naltiradi, bu esa o'qitishda bilim, mahorat va ko'nikmalarning yuzaga kelishiga bexato sabab bo'ladi.


Psixologiya predmetini izlash faoliyati sifatida belgilanish juda to'g'ri va uni xato deyish ancha qiyin yoki hatto tanqid qilib bo'lmaydi. Chunki u psixologiyadagi mavjud tushunchalarga qarama-qarshi, balki ana shu ma'noda ularni aniqlashtiradi. O'ylaymizki, ilmiy psixologiya predmeti o'tmish tasawurlarini shakllanishi tarixida ko'rsatib berish va ma'ruza o'qish paytida o'qituvchiga hozirgi paytda «psixologiya predmeti»ning aniqlashgan tushunchasi P.Ya.Galperin bo'yicha izlash faoliyati hisoblanishini aytib o'tishga to'g'ri keladi. Psixologiya perdmeti - bu shunchaki oddiy o'quv savoli emas, balki fanning o'zi uchun ham uni o'qitish metodikasi uchun haqiqatda mavjud jiddiy muammodir.


Yuqorida aytib o'tilgandek, psixologiya predmeti haqidagi savolga ikki turda javoblar mavjud. Birinchisi - ancha to'g'ri, lekin murakkab, ikkinchisi — nisbatan rasmiy lekin qisqa.


Birinchi usulda dastlabki ma'ruzalardan boshlaboq psixologiya predmetini bugungi kun fikrlar talqiniga ko'ra, fikrlar harakati tarixini batafsil ochib berish kerak bo'ladi. Ikkinchida esa — psixologiya qaysi savollar doirasini o'rganishini qisqacha aytib masalani chuqur tahlil qilishni keyingi darslarga qoldiriladi. Bu ikkinchi usul qisqaligiga qaramay metodika uchun umuman mos emas. Agarda har qanday mavzuni o'rganishda, qandaydir tarzda psixologiya predmeti haqidagi fikrlar tarixi to'g'risida to'xtalishiga to'g'ri kelishini hisobga olsak, bu niyatni amalda qo'llash imkoni bo'lmaydl


Bu faqatgina psixologiya tarixini mustaqil o'quv fani sifatida, umumiy^psixologiya haqidagi tushuncha bo'yicha o'rganilgandagina mumkin bo'ladi. Agarda yosh davrlar, pedagogik psixologiya, tibbiyot yoki yuridik psixologiya o'rganilayotgan bo'lsa, unda xuddi shu kabi ushbu aniq fanni predmetini ochib ko'rsatish talab etiladi. Bunda ham ana shu ikki uslubdan foydalanish mumkin, shu bilan birga metodik qiyinchilikka duch kelinadi.


Shuning uchun, metodikaning birinchi usuli ancha to'g'ri, turli davrlarda bo'lgan psixologiya predmetiga hamma asosiy qarashlar bilan talabalarni darhol tanishtirib chiqish orqali qaysi qarashlar u yoki bu davrlarda asosiy ustun bo'lganligini o'qituvchi ma'ruza paytlarida tushuntirishi lozim.


Bular psixologiya predmeti haqidagi quyidagi tasawurlar bo'lishi mumkin;


Jon, Ruh (Demokrit va boshqalar).


Anglash hodisasi (Lokk).


Hulqi (bixevioristlar)


Ongsizlik va uning ongga munosabatini (Z.Freyd).


Reflekslar (N.M.Bexterovning reflekologiyasi).


Reaksiya (K.N. Kornilov reaktologiyasi).


7. Insonning va jonivorlarning psixik hayot hodisalari mexanizimlari hamda qonuniyatlari (materialistik, psixologiya tarafdorlari).


Faoliyat nazariyasi (A.N.Leontev).


Izlash faoliyati (P.Ya.Galperin). Yilda psixologiya, ruhiyat /ˈsaɪkmen/ ning jami inson ongi, ongli va behush.[1] Karl Yung, shuningdek, ushbu ta'rifga odamdagi shaxsiy va jamoaviy elementlarning o'zaro to'qnashuvi va keskinligini kiritdi.[2]


Psixologiya - bu psixikani ilmiy yoki ob'ektiv o'rganish. Ushbu so'z uzoq vaqt davomida ishlatilgan psixologiya va falsafa, qadimgi davrlardan boshlangan va inson tabiatini ilmiy nuqtai nazardan anglash uchun asosiy tushunchalardan birini ifodalaydi. Inglizcha so'z jon ba'zan sinonim sifatida ishlatiladi, ayniqsa eski matnlarda. Etimologiya


Yunoncha so'zning asosiy ma'nosi ψυχή (ruhiyat) "hayot" edi, garchi qo'llab-quvvatlanmasa ham,[4] ba'zilari buni fe'ldan kelib chiqqan deb da'vo qildilar (psixologik, "zarba berish").[5] Olingan ma'nolarga "ongli shaxs" yoki "ruhiyat" ma'nosida "ruh", "ruh", "arvoh" va pirovardida "o'zlik" kiradi.[6]

Psixika g'oyasi falsafasida asosiy o'rinni egallaydi Aflotun. Olimlar bu atamani Platonik kontseptsiyalashtirishni "jon" deb tarjima qilishadi, chunki u uni o'lmas deb hisoblagan.[7] Uning ichida Fedo, Aflotun bor Suqrot qalbning o'lmasligi va ruh tanadan ajralib ketganidan keyin o'limdan keyingi hayot uchun to'rtta dalillarni keltiring.[8] Aflotunning Suqrotning ta'kidlashicha, o'limdan keyin Psixika donolikka erishishi va tajribani boshdan kechirishi mumkin Platon shakllari chunki badan unga to'sqinlik qilmaydi.[9]


Yunon faylasufi Aristotel nufuzli deb yozgan ruhiyatiga oid traktat, yunoncha deb nomlangan Πεrὶ Ψυχῆς (Peri Psyches), in Lotin De Anima va ingliz tilida Ruhda. Ushbu asarida u ma'lum funktsiyalarni tushuntirish uchun ruh tushunchasidan foydalangan.[10] Chunki uning uchun - ruh harakatdir, unga tana harakati uchun tushuntirish printsipi kerak.[10] Aristotelning "uchta jon (ruhiyat)" (o'simlik, hayvon va aql-idrok) haqidagi nazariyasi 19-asrgacha psixologiya sohasida hukmronlik qiladi. Aristoteldan oldin bir qator yunon yozuvlarida bu atama ishlatilgan ruhiyat kamroq aniq ma'noda.[11] Kechki antik davrda, Galenik tibbiyot uchta "ruh" g'oyasini ishlab chiqdi (pnevma ) Aristotelning uchta ruhiga mos keladi. The pneuma psikikon aqlli qalbga to'g'ri keldi. Qolgan ikkita pnevma pnevma fizikasi va pneuma zotikon.


Atama ruhiyat edi Lotinlashtirilgan ga anima, ishlatiladigan asosiy atamalardan biriga aylandi o'rta asr psixologiyasi. Anima an'anaviy ravishda ingliz tilida "jon" deb tarjima qilingan bo'lar edi, ammo zamonaviy foydalanishda "psixika" atamasi afzalroqdir.[12]


Kabi 19-asr psixologlari Frants Brentano psixikaning kontseptsiyasini yanada sub'ektiv yo'nalishda ishlab chiqdi.

Yilda psixoanaliz va boshqa shakllari chuqur psixologiya, psixika ta'sir qiluvchi shaxsdagi kuchlarni anglatadi deb o'yladi, xulq-atvor va shaxsiyat.[13]





Download 26.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling