Psixika va ongning filogenetik taraqqiyoti


Download 84.03 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi84.03 Kb.
#1081954
Bog'liq
PSIXIKA VA ONGNING FILOGENETIK TARAQQIYOTI

PSIXIKA VA ONGNING FILOGENETIK TARAQQIYOTI

Hayvonot dunyosida psixika rivojlanishining asosiy bosqichlari


1
    • ELEMENTAR SEZUVCHANLIK

2
    • ANIQ IDROK

3
  • Hayvonot dunyosida psixika rivojlanishining asosiy bosqichlari

Filogenezda nutq shakllarining rivojlanishi


Tropizmlar usuli
    • Nasldan-naslga beriladigan tug’ma harakatlar tizimi

Instiktlar
    • Hayvonlarning individual hayoti jarayonida qilgan xulq harakatlari

Malaka

PSIXIKA MATERIYA EVOLYUSIYASINING NATIJASI SIFATIDA.

  • Psixikaning paydo bo’lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to metiriyaning yuksak hamda murakkab shakli – inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo’lmish aks ettirish xususiyatiga , ya’ni ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog’liqdir. Jonsiz tabiatda harakat yoki moddalarning o’zaro mexanik , fizik yoki kimyoviy munosabatlari tarzida nomoyon bo’lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg’oqlarini, qoyalarni yuvishi va yemirishi va boshqalar.

SESKANUVCHANLIK VA TROPIZMLAR.

  • Biz yuqorida ko’rib o’tgan SESKANUVCHANLIK o’simliklardan tortib hayvonlargacha mavjud. Seskanuvchanlik tirik organizmlarning biologik ahamiyatga ega bo’lgan (biotik) ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlardayoq elementlar seskanuvchanlik xususiyati bo’lib, ular tashqimuhit ta’siriga harakat bilan javob qaytaradilar.Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan javob qilish usullariga TROPIZM yoki TAKSISlar deb ataladi. Tropizmlar har xil bo’ladi: fototropizm – tirik organizmning yorug’lik ta’siri ostida harakatga kelishi ; termotropizm – tirik organizmning issiqlik ta’siri ostida harakatga qilish moyilligi;xemotropizm – tirik organizmning ma’lum fizik-kimyoviy muhitni tanlab olishga bo’lga moyilligi va boshqalar.

INSTINKLAR.

  • Instinklar hayvonlar hatti-harakatlarining murakkab, tug’ma shaklidir.Masalan:qushlarning in yasahsda cho’p, loy tanlashi, o’rgimchaklarninig to’qish san’ati. Asalari o’z kataklarida go’yo puxta hisob qilib turganday, aniq reja bilan quradi. Bundan tashqari asalarilarda bir-biriga xabar berish qobiliyati mavjud. Instinklar bir qator moslashuv harakatlari tizmasidan iborat. Bir harakatning tugallanishi boshqa harakatni vujudga keltiradi. Instinktiv harakatlar yuzaki kuzatganda o’zining “maqsadga muvofiqliligi” bilan kishini hayratda qoldiradi. Biroq bu “maqsadga muvofiq” hatti-harakatlarda maqsadni anglashni uchratmayniz.

KO’NiKMALAR.

  • Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar hayotida, xususan sutemizuvchilarda hatti-harakatning yanada aynanroq aks ettirishiga yordam beruvchi yangi, ildamroq shakllari ro’l o’ynaydi. Bular – ko’nikmalar (harakatning individual tarzda orttirigan shakllari ). Ko’nikma deganda hayvonlarda shartli bog’lanishlar asosida yuz beruvchi va avtomatik ravishda sodir bo’luvchi harakatlar tushuniladi. Instinktlar singari ko’nikmalar ham taraqqiyotning turli bosqichlarida uchraydi. Lekin yaqqol ifodalangan ko’nikmalarni faqat bosh miyaning po’stiga ega bo’lgan hayvonlardagina ko’rish mumkin.

INSON VA HAYVONLAR PSIXIKASI O’RTASIDAGI FARQLAR.

  • Inson psixikasi bilan eng yuksak darajada taraqqiy etgan hayvon psixikasi o’rtasida juda katta farq borligiga hech qanday shubxa yo’q. Hayvonlar “tili”bilan inson tilin hech bir jihatdan taqqoslab bo’lmaydi. Hayvon o’z to’dasidagi boshqa hayvonlarga ayni chog’dagi vaziyat va hodisalar haqida signal bera oladi xolos. Inson tili yordamida bishqa odamlarga o’tgan, hozirgi, va kelgusi zomondagi narsalar haqida ma’lumot bera oladi.

ONG HAQIDA TUSHUNCHA

  • Obe’ktiv borliq inson miyasida turli darajada aks etadi. Ong psixikaning eng yuksak darajasi bo’lib , u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy- tarixiy sharoitda mehnat faoliyatida boshqa odamlar bilan til yordamida munosabatda bo’lish natijasida shakllangan. Ontogenetik taraqqiyot jarayonida ham ong ijtimoiy muhit ta’siri ostida faoliyat va muloqot jarayonida shakllanadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

  • TAYYORLADI: XONIMQULOVA FAZILAT
  • GURUH: 903-22

Download 84.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling