Psixika va ongning filogenetik taraqqiyoti


INSON VA HAYVONLAR PSIXIKASI O`RTASIDAGI FARQLAR


Download 75.5 Kb.
bet5/7
Sana06.05.2023
Hajmi75.5 Kb.
#1434959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PSIXIKANING FILOGENETIK TARAQQIYOTI 30-MAVZU

INSON VA HAYVONLAR PSIXIKASI O`RTASIDAGI FARQLAR
Inson psixikasi bilan eng yuksak darajada taraqqiy etgan hayvon psixikasi o`rtasida juda katta farq borligiga hech qanday shubxa yo`q.
- Hayvonlar "tili" bilan inson tilini hech bir jihatdan taqqoslab bo`lmaydi. Hayvon o`z to`dasidagi boshqa hayvonlarga ayni choqdagi vaziyat va hodisalar haqida signal bera oladi xalos. Inson til yordamida boshqa odamlarga o`tgan, hozirgi, va kelgusi zamondagi narsalar haqida ma`lumot bera oladi, ijtimoiy tajribani uzata oladi.
-Hayvonlar va odam tafakkuri o`rtasidagi farq ham ular tili o`rtasidagi farqqa bog`liqdir. YUksak taraqqiy etgan hayvonlarga faqat amaliy ("qo`l") tafakkuri xos, ularda abstrakt tafakkur yo`q. Shu sababli hayvon bevosita idrok qilinayotgan vaziyatning quli. Odamning hatti-harakatlari biron-bir anik vaziyatdan abstraktlashishi va shu vaziyatning natijalarini oldindan ko`ra olish qobiliyatiga ega. Odamning abstrakt tafakkur qila olish qobiliyati uni muayan biron vaziyatga bevosita qaramlikdan qutqaradi.
- Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odamni hayvondan ajratuvchi farqlardan biridir. Anik vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyinchalik qurol sifatida foydalanish uchun saqlab qo`ymaydi. Hayvondan odamning farqi shundaki, u ilgaridan o`ylab qo`ygan reja asosida qurol yasaydi, qurolni tegishli maqsadlarda foydalanadi, va uni saqlab qo`yadi. Odam nisbiy doimiy buyumlar olamida yashaydi.
-Odam psixik faoliyatining yana bir farqi shundaki, inson o`zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi.
- Odam va hayvonlar o`rtasidagi g`oyat muhim farqlardan biri ular hissiyoti o`rtasidagi farqdir. Albatta yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar ham atrofida bo`layotgan voqealarga befarq munosabatda bo`lmaydi. Lekin faqat odamdagina boshqa odamning qayg`u va shodligiga qo`shilish, hamdard bo`lish hissi rivojlangan. Faqat odamgina tabiat manzaralaridan lazzatlana oladi, faqat odamdagina intellektual hissiyot mavjud.
- YAna bir farq odam va hayvonlarning rivojlanish sharoitlaridagi farqdir. Hayvonlarning rivojlanishi biologik qonuniyatlarga asosida boradi. Odamning rivojlanishi, uning ongining taraqqiyotida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlari ustunlik qiladi.

Download 75.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling