Psixika va ongning filogenetik taraqqiyoti
SESKANUVCHANLIK VA TROPIZMLAR
Download 77 Kb.
|
PSIXIKANING FILOGENETIK TARAQQIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- SEZUVCHANLIK
SESKANUVCHANLIK VA TROPIZMLAR
Biz yuqorida ko`rib o`tgan SESKANUVChANLIK o`simliklardan tortib hayvonlargacha mavjud. Seskanuvchanlik tirik organizlarning biologik ahamiyatga ega bo`lgan (biotik) ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlardayoq elementar seskanuvchanlik xususiyati bo`lib, ular tashqi muhit ta`siriga harakat bilan javob qaytaradilar. Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan javob qilish usullariga TROPIZM yoki TAKSISlar deb ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi: fototropizm - tirik organizmning yorug`lik ta`siri ostida harakatga kelishi; termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakatga qilishga moyilligi; xemotropizm - tirik organizmning ma`lum fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo`lgan moyilligi; topotropizm - tirik organizmning mexanik qo`zgatuvchi ta`siri ostida harakatga kelishi va h.k. O`simliklar olamida aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat. Hayvonlarda ta`sirlanishning yangi turi - SEZUVCHANLIK yuzaga kelgan. Seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o`tish boshqacha hayot tarixi bilan bog`liqdir. A.N.Leont’evning gipotezasiga ko`ra, sezuvchanlik "genetik jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa ta`surotlar bilan bog`lovchi, organizmni muhitda mo`ljal olishga yordam beruvchi, signallik vazifasini o`tovchi ta`sirlarga javob ta`siridan bo`lak narsa emas". YUksak tashqil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi organlari (a`zolari) tarkib topadi. Narsalarning aslida befarq, ya`ni organik ehtiyojlarni qondirmaydigan belgilari (xidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo`ladi. Shu sababdan hatto eng sodda hayvon ham ma`lum sharoitda faqat biotik qo`zgatuvchilarga emas, balki ayni shu anik vaziyatda biotik qo`zgatuvchining paydo bo`lganidan signal beruvchi abiotik, indifferent qo`zgatuvchilarga ham javob bera boshlashi mumkin. YAshash usulining o`zgarishi bilan ko`p hujayrali organizmlarda tanalarining tuzilishi ham murakkablashib boradi, ma`lum turdagi qo`zg`atuvchilarni aks ettiruvchi maxsus organlar - SEZGI ORGANLARI rivojlanadi, AKS eTTIRISh ShAKLLARI ham anchagina murakkablashadi. Nerv tizimi taraqqiyoti nerv tizimi taraqqiyoti, sezgi organlarning taraqqiyoti bilan, hayvonlarning hayot kechirishi tarziga moslashuvchanlik, ijro qiluvchanlik bilan birga, axborot olish jarayonida bevosita ishtirok etadigan harakat organlari taraqqiyoti bilan mustahkam bog`langandir. Hayvonlar olamida aks ettirishning turli xildagi barcha shakllari orasidagi umumiylik va ularning hatti-harakatlarining mexanizmlarini hisobga olgan holda hayvonlarning INSTINKTIV harakatlari, KO`NIKMALAR va AQLIY (intellektual) hatti-harakatlari farqlanadi. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling