Psixoanalizda tadqiqot metodlari. Reja
Psixoanalizda diagnostik metodlar
Download 65.68 Kb.
|
Psixoanalizda tadqiqot metodlari.
2.Psixoanalizda diagnostik metodlar. Psixoanalizdagi eng muhim diagnostik metod suhbat, dialog hisoblanadi. Аnalitik (psixolog) patsient bilan suhbatni boshlab, unga turli savollar beradi na bunda patsient tilga olgan biron-bir mavzuni ham nazardam qochirmaydi. Shunday qilib, analitik bilan patsient oʼrtasida verbal muloqot vujudga keladi. Bunday suhbatning maqsadi tashxis (diagnoz) qoʼyish boʼlgapligi uchun ham u diagnostik suhbat hisoblanadi. Tashxis birinchi navbatda tadqiqot hisoblanadi va suhbat psixoanalizda terapevtik vazifani ham bajarishini eʼtiborga olib, tashxis qoʼyishni har doim suhbatning aniq maqsadini aniqlashdan boshlash kerak. Shaxsiy suhbat bilan analitik va patsientning dialogi oʼrtasida sezilarli farq bor. Shuning uchun analitik va patsient qanday suhbat olib borayotganliklarini yaqqol tasavvur qilishlari kerak, chunki suhbatning nafakat tashqi shakli, balki uning ichki mazmuni ham shunga bogʼliq. Tashxis qoʼyish uchun standartlashgan intervьyudan, yaʼni patsientga savol berib, “ha” yoki “yuq” degan javob olishdan, yoki yarim standartlashgan, yaʼni javoblar “ha” va “yuk” bilan cheklanmagan intervьyudan foydalanish mumkin. Bundan tashkari psixoanalizda suhbatning tabiiy kechishini cheklamaydigan standartlashmagan na erkin intervrьdan ham foydaniladi. Lekin tashabbus har doim analitik tomonida boʼladi. Suhbat davomida patsient tugʼilgan yili na joyi, kasbi, ota-onalari tirikmi yoki yoʼq, oila aʼzolari haqidagi obʼektiv va subʼektiv maʼlumotlarni maʼlum qiladi. Subʼektiv maʼlumotlarga patsientning shaxsiy kechinmalari, uning otasi, onasi, xotini va boshqa qarindoshlariga nisbatan hissiyoti kiradi. Bundan tashkari, suhbat davomida analitikning patsient hulqini kuzatish orqali olgan maʼlumotlari ham nihoyatda muhim. Psixoanalitik test metodlari. Sifat metodlari. Sifat metodlari ichida eng keng tarqalgani tekshiriluvchilarga siyoh dogʼlarini talqin qilish taklif qilinadigan Rorshax metodi hisoblanadi. Bu metodni Roy Shafer psixoanaliz uchun qayta ishlagan. Zarurat tugʼilganda patsientning soʼzlari bayonnomaga kiritiladi. Shundan soʼng patsientning soʼzlari psixoanalitik shaxs nazariyasi va kasalliklar hakidagi taʼlimot asosida talqin qilingan izoh tuziladi. Bunda: patsient butun rasmni izohladimi yoki alohida detallarga eʼtibor berdimi; patsient rasmdagi umuman kutilmagan narsalarni fahmladimi yoki yuqmi singari jarayonlar hisobga olinadi. Siyoh dogʼlari patsient tomonidan vahshiy hayvon, odam, qandaydir doʼstona yoki shafqatsiz sahnalar bilan bogʼlanishi mumkin. Bu bogʼlanishlarning mazmuni subʼektiv (sifat) va obʼektiv (miqdor) nuktai nazaridan oʼrganiladi. Miqdoriy tadqiqot deganda tekshiriluvchining javob uchun sarflagan vaqti, javoblarning umumiy soni, toʼliq va qisman javoblar sonini aniqlash tushuniladi. Olingan maʼlumotlar koʼpchilik oʼrtasida oʼtkazilgan tadqiqot natijalariga solishtiriladi va aynan shu patsient uchun oʼrtacha qiymat aniq lanadi. Bunday metod oʼziga xos qurquv, himoya mexanizmlari va ziddiyatlarni aniqlashning psixoanalitik imkoniyatlarini kengaytiradi. Masalan, klassik nevrozdan aziyat chekadiganlar odatda siqib chiqarish, affektni izolyatsiya qilish va reaktsiyani shakllantirishning yaxshi ishlaydigan himoya mexanizmlarini shakllantiradilar. Shizofrenik simptomli patsientlar Rorshax testi davomida voqelikni u yoki bu darajada buzib idrok qilishi namoyon boʼladi. Ichkilikbozlar va narkotik tobe odamlar taklif qilingan rasmlardan“biron narsani yutish yoki biron narsani olish” bilan bogʼliq obrazlarni topib, oral—soʼrish haqida gapirishga asos berishadi. Nartsistik buzilishlar yoki chegaradosh holatlar mavjud boʼlgan shaxslar esa, regressiv tendentsiya va affektatsiyaga moyilliklari bilan ilk obʼekt munosabatlar buzilishini koʼrsatadilar. Dastlabki tashxisni tasdiqlaydigan, rad qiladigan yoki toʼldiradigan proektiv testlarga yana TАT va OKT testlarini qoʼshish mumkin. Bu testlarda patsientlarga igʼvogarlik ruhi roʼyi-rost ifodalangan rasmlar koʼrsatiladi. Rasmlarning mazmuni har qanday odamdagi ongsiz instinktlarga yaqin boʼladi. Bular hammamizga tanish boʼlgan qaigʼu, baxtsiz muhabbat, janjal, baxt, oʼlim qurquvi, motam holatlaridir. Shuni taʼkidlash joizki, aynan yuqorida aytilgan testlardagi igʼvogarlik ifodasi tufayli ular oʼz maksadiga erishadi, yaʼni ongsizlikni tadqiq qilish imkoni tugʼiladi. “Intervьyu” kamdan-kam hollarda igʼvogarlik talabini qondirishi mumkin, chunki intervьyuer patsientga nisbatan oʼzini doʼstona va nazokatli tutadi. Intervьyu natijalari kabi test natijalari ham tekshiriluvchining test oʼtkazayotgan odamning hulqiga nisbatan reaktsiyasiga bogʼliqdir. Tekshiriluvchi nafakat taklif qilinayotgan rasmlarga, balki tadqiqotchining shaxsiga ham oʼz ongsiz mayllarini proektsiya qiladi, koʼchiradi. Аnikrok aytganda, bu yerda gap proektsiyaning ikki darajasi haqida bormokda. Shuning uchun bunday tadqiqotlar natijalari ham toʼla obʼektiv boʼla olmaydi. Shu bilan aloqador holda sharxlarda tekshiriluvchi bilan tadqiqotchi oʼrtasidagi munosabatlar qanday yuzaga kelganligini bayonnomada koʼrsatish muhimdir. Test vaziyatining oʼzi shunday reaktsiya namunasini yuzaga keltirishi mumkinki, bunda tadkikotchi patsient tomonidan imtihon oluvchi, sudьya yoki oʼqituvchi sifatida, bir soʼz bilan aytganda, patsientning javoblaridan uning oʼziga maʼlum boʼlmagan xulosalar chiqaruvchi sifatida idrok qilinishi mumkin. Shuning uchun ham xuddi shunga oʼxshash munosabatlar namoyon boʼlganligini bilish muhimdir. Shu oʼrinda aytish kerakki, test tadqiqotlari tadqiqotchi hulqi manerasiga mos ravishda turlicha natijalar beradi. Tekshiriluvchining tadqiqotchi hulqiga nisbatan reaktsiyasi tadqiqotchining reaktsiyasiga adekvat(mos)dir. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, test tadqiqotlari shunday bir makonki, bunda muhim rolni ikki tomonlama koʼchirish bajaradi. Shuning uchun ham test davomida kechadigan koʼchirish va qarshi koʼchirish jarayonlari sharxlarda tekshiriluvchi bilan test materiali oʼrtasida kechadigan jarayonlar talqini va taʼrifi qatorida alohida eʼtiborga molikdir. Download 65.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling