Psixodiagnostika bilan shug'llanuvchi shaxsga qo'yiladigan talablar reja


Download 27.65 Kb.
bet1/7
Sana23.04.2023
Hajmi27.65 Kb.
#1393235
  1   2   3   4   5   6   7

PSIXODIAGNOSTIKA BILAN SHUG'LLANUVCHI SHAXSGA QO'YILADIGAN TALABLAR
Reja.
1.Psixodiagnostikaning metodik vositalarini bilish.
2.Axloq qoidalariga amal qilish.
3.Zarur kasbiy va shaxsiy sifatlarga ega bo‘lish.
4.Psixologik muammoni qo‘ya bilish.
5.Sinaluvchilardan zarur ma’lumotlami ola bilish.
6.Olingan ma’lumotlami sinaluvchi qiziqishlariga mos tarzda qo'llay bilish.

Psixodiagnostika mutaxassisi ega bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlar:
■ Empatiya qobiliyati
■ O‘z-o‘zini nazorat qilish
■ Kasbiy odoblilik
■ Mas’uliyatni his qilqish
■ Refleksiya qobiliyati
Psixologning kasbiy ish faoliyatining ajralmas va muhim jihati bu-psixodiagnostika qilish sanaladi. Bunday faoliyatda psixolog shaxsining ma'naviy axloqiy tomoniga katta e'tibor beriladi. “Axloq” va “ma'naviyat” tushunchalari shunday meyor va prinsiplarni o‘z ichiga oladiki, ular individlaring o‘zaro va jamiyat o‘rtasida qiziqishlarini tartibga solish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu meyorlar insonlaring yaxshilik va yomonlik tushunchalariga mos ravishda xulqlarini tartibga solishga yo‘naltirilgan va shaxsiy fikr, urf-odatlar, tarbiya, jamiyat fikri bilan qo‘llab quvvatlanadi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu tushunchalar shaxsning kasbiy ish faoliyatida o‘zini tutishi va fikrini tartibga solib turadi.
Psixodiagnostik ishlarni tashkil etishda psixolog bir qancha talablarga amal qilishi lozim:

  • psixolog differencial psixometriyaning asoslarini va psixologik adabiyotlami tahlil etish metodlarini, umumiy nazariy- metodologik tamoyillami amaliy qo'llashni bilishi va uddalashi lozim.

  • axborot ma’lumotlar bankini va test vositalari bankini yaratishi zarur.

  • psixodiagnostik tekshiruvlar o‘tkazuvchi psixolog test ma’lumotlari asosida qabul qiladigan qarori, qo'llanilgan metodikaning validligini va tashxisning zaruriy ishonchlilik darajasini ta’minlash uchun mas’ul.

  • psixolog psixodiagnostikaning kompleks metodikasini ishlab chiqishda diagnostikaning yuqori samaradorligiga asoslanishi, tegishli sohada qo‘llaniladigan usullami takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borishi kerak.

  • diagnostik ish jarayonida psixodiagnostik metodikalami standartlashtirish talablariga rioya etishi, olingan ma'lumotlami qayta ishlashi va talqin qilishi kerak.

  • psixologdan metodik vositalardan to‘g‘ri foydalanish, psixologik axborotlaming konfidensialligini ta’minlash, ahuningdek kasbiy yo‘nalishdagi fanlami o‘rganish, ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha o‘tkazilgan amaliy ishlar (ayniqsa, yuqori kurslarda) o‘quvchilaming umumta’lirn fanlari bo‘yicha oigan bilimlarini mustahkamlaydi, ulami to'ldiradi va chuqurlashtiradi.

O‘quvchilarga o‘rganilgan fanlarning amalda qanchalik foydali ekani, ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishiga va albatta, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha kichik mutaxassislar faoliyati samaradorligiga ta’siri ishonchli va yorqin misollar asosida ko‘rsatib beriladi.Psixodiagnostika - bu psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda ma'suliyatli sohadir.

Download 27.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling