Psixodiagnostika bilan shug'llanuvchi shaxsga qo'yiladigan talablar reja


Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo'yiigan bo‘lib, ular quyidagilardir


Download 27.65 Kb.
bet2/7
Sana23.04.2023
Hajmi27.65 Kb.
#1393235
1   2   3   4   5   6   7
Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo'yiigan bo‘lib, ular quyidagilardir:

  • Psixodiagnostika sirlarini saqlash.

  • Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi.

  • Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik.

  • Xulosalarning ob'ektivligi.

  • Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi.

Yuqorida qayd qilib o‘tilgan talablarning, har birini psixodiagnostikaning tamoyillari sifatida alohida ko‘rib chiqamiz.
Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili - sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon qilmaslik.Bu birinchi navbatda balog‘at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‘at yoshiga etmagan bo‘lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-onalarning bolalar uchun ma'naviy va huquqiy mas'ul bo‘lgan shaxslarning ruxsati bo‘lishi shart. Faqat ba'zi hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e'lon qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilaming aniq ismi-shariflarini bayon etish tavsiya qilinmaydi.
Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo'yiladi, ya'ni olingan natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin.
Ziyon etkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.
Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili test o‘tkazayotgan odamning sub'ektiv ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo‘lib, validli va ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo’lishi shart.
Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak. Psixodiagnostika bilan shug‘ullanuvchi odamlarga maxsus malakaviy talablar qo‘yiladi. Asosiylari quyidagilardir:

  • nazariy tayyorgarlik;

  • psixodiagnostik metodikalarni va ularni o‘tkazish shart-sharoitlarini mukammal bilishi;

  • biron-bir metodikani amaliyotda qo’llay olishda zaruriy tajribaga ega bolishi.

Har qanday psixodiagnostik metodika yo‘q joydan paydo bo'Imaydi, balki (tashxislash) o‘rganilayotgan ob'ektning psixologik nazariyasi asosida vujudga keladi va rivojlanadi. Masalan, intellekt testlari, intellektning hayotiy voqeliklarda namoyon bo’lishi, ahamiyati, tuzilishi va uning tabiati haqidagi ilmiy ta’savvurlarga asoslanadi. Shaxs testlari, shaxsning tuzilishi, shaxs xususiyatlarining taraqqiyoti va tabiati, ilmiy ma'nosi haqidagi nazariyaiarga asoslanadi. Psixodiagnostik metodikalardan to‘g‘ri foydalana olish uchun albatta uning nazariy asoslarini bilish shart, aks holda psixodiagnost tadqiqot natijalarining analizi, sharhlash va xulosalarda xatoliklarga yo’l qo‘yishi mumkin. Eksperimentator biron-bir psixologik testni mukammal o'zlashtirib olmagan bo’lsa va hech bo’lmaganda o'zida boshqa bir odamda sinab ko‘rmagan bo‘lsa, uni qo’llashga haqli emas. Bundan tashqari, psixodiagnostik metodikalarni qo’llashning shart-sharoitlariga qat'iy amal qilish shart. Ammo har qanday voqelikda ham psixologik tashxis bilan kim shug‘ullanishidan qa'ti nazar - mutaxasismi yoki qiziquvchimi, quyidagi ma'naviy-ahloqiy me'yorlarga rioya qilishi shart:
Shaxsni o ‘z xohishisiz psixologik tadqiqotga jalb qilish man qilinadi, faqat ba'zi bir hodisalar bundan mustasno, ya'ni sud tibbiyot amaliyotlari agar qonun bilan chegaralanmagan bo’lsa.
Psixologik testlar o‘tkazishdan oldin sinaluvchi, tadqiqot jarayonida o‘zi anglamagan holda, o‘z fikri va hissiyotlari haqida ma'lumotlar berib turishi to ‘g ‘risida ogohlantirib qo‘yilishi kerak.
Har bir odam agar qonun bilan chegaralanmagan bo‘lsa, test natijalarining qachon, kim tomonidan va qanday maqsadda qo‘llanilishi haqida bilishga haqlidirlar.
Psixologik test natijalari tadqiqot o‘tkazgan shaxs tomonidan sinaluvchiga tushunarli bo'lgan shaklda tayyorlab taqdim qilinadi.
Voyaga etmagan bolalar bilan o ‘tkazilgan test natijalari ni ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilishga haqlidir.
Agar test shaxsning psixologik taraqqiyot darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazilsa, u holda sinaluvchi nafaqat testning maqsadini, balki kim tomonidan nima asosida test natijalarining xulosasi chiqarilishini bilishga haqlidir.
Amaliyotda psixologik testlarni qo‘llashda asosiy javobgarlik ulardan foydalanayotgan shaxslar, tashkilotlar va psixologlar zimmasidadir.

Download 27.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling