Psixodiagnostika bilan shug'llanuvchi shaxsga qo'yiladigan talablar reja


FRAYBURG SAVOLNOMASI YORDAMIDA SHAXS XUSUSIYATLARINI O’RGANISH


Download 27.65 Kb.
bet3/7
Sana23.04.2023
Hajmi27.65 Kb.
#1393235
1   2   3   4   5   6   7
FRAYBURG SAVOLNOMASI YORDAMIDA SHAXS XUSUSIYATLARINI O’RGANISH
Frayburgning shaxs savolnomasi (FRI) 1963 yili Y.Farenberg, X.Zarg, R.Gampel kabi tadqiqotchilar tomonidan amalda qo‘llanildi. Test birinchi marta 1970 yili, ikkinchi marta 1973 yili nashr qilindi, uchinchi nashri esa 1978 yilda chiqdi.
Bu metodika inson shaxsining ba’zi bir xususiyatlarini tashxis qilish uchun yaroqli bo'lgan ko‘p omilli testdir. Bu amaliy va ilmiy tadqiqot maqsadlari uchun muhim manbadir. Savolnoma shaxs to‘g‘risida har tomonlama ma’lumotlar beradi.
Test tadqiq qilinuvchilaming keng ommasiga mo‘ljallangan. Ushbu metodikaning qisqartirilgan varianti ham bor.
Testni yakka holda yoki guruhiy shaklda qo‘llash mumkin. Bajarish uchun vaqt savolnomaning shakliga bog‘liq, bo‘lib, u 20 daqiqadan 50 daqiqagacha davom etishi mumkin. Tadqiqot uchun yo‘riqnoma, savolnoma va javoblar varaqasi zarur. FP1 savolnomasi 12 shkaladan iborat.
Savolnomadagi savollar soni 114 ta. Faqat birinchi savol hech bir o'ichamga (shkalaga) xos emas, chunki u tekshirish xarakteriga ega. I-XII shkalalar asosiy shkalalar hisoblanadi.

  1. shkala -Asabiy 1 ashganlik.

  2. shkala - Spontan tajovuzkorlik.

  3. shkala - Ruhiy siqilganlik.

  4. shkala - Jizzakilik.

  5. shkala - Dilkashlik.

  6. shkala - Og‘ir, vazminlik.

  7. shkala - Reaktiv tajovuzkorlik.

  8. shkala - Uyaluvchanlik, tortinchoqlik.

  9. shkala - Oshkoralik,samimiylik.

  10. shkala - Ekstravertlik va introvertlik.

  11. shkala - Emotsional labillik, o‘zgaruvchan!ik.

  12. shkala - Maskulinizm-feminizm.

I shkala - shaxsni asabiylashganlik darajasini belgilaydi. Yuqori baholar psixosomatik buzilishiar bilan jismoniy zaif kishilaming asabiylashganlik holatiga mos keladi. Bu omilni, psixologik terminlardan foydalanib, uni quyidagicha yanada aniqroq tavsiflash mumkin: asabiylashganlik, asabiy, kasalmand, biror bir holatdan chiqib ketolmaydigan, o‘z xissiyotlariga berilgan.

Download 27.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling