X shkala (Ekstravertlik va introvertlik) yuqori baholar shaxsning ekstravertlik, quyi baholar esa introvertlik xususiyatlariga mos keladi.
XI shkala (emotsional labillik, o‘zgaruvchanlik) yuqori baholar yetarli o‘zini idrok qilmaslik, serjahllik, yuqori qo‘zgaluvchanlik, kayfiyatning tez-tez o‘zgaruvchanligida ko‘rinadigan emotsional holatning noto‘g‘riligini ko‘rsatadi. Quyi baholar faqatgina emotsional holatning yuqori barqarorligini tavsiflamasdan, balki o‘z-o‘zini idrok qila olishni ham ko‘rsatadi. Emotsional o‘zgaruvchanlik-barqarorlik, emotsional turg‘unlik yoki noturg‘unlik, kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, serjahllik, jo‘shqinlik, g‘am yoki kelajakka ishonch, xursandchilikni bildiradi.
XII shkala (Maskulinizm-feminizm) - yuqori baholar ruhiy faoliyatning, xususan, erkaklarga xosligidan guvohlik bersa, quyi baholar ayollarga xosligidan darak beradi. Mardlik-nazokatlilikfaollik, hammadan bilimdon, fahmlash, topqirlikdir.
Sinov yakka holda yoki sinaluvchilar guruhi bilan o‘tkazilishi mumkin. Sinalayotganlar bir-biriga halaqit bermaydigan holatda joylashtirilishi lozim. Tadqiqotchi tadqiqot maqsadini va savolnoma bilan ishlash qoidasini qisqacha bayon qiladi. SinalayotganIarning topshiriqlarni bajarishiga ijobiy va qiziqish bilan munosabatda bo‘Iishlariga erishish muhimdir. Ularning e’tibori ish paytida javoblar bo‘yicha maslahatlashishning va o‘zaro har qanday muhokamaning mumkin emasligiga qaratilmog‘i darkor. Shundan keyin psixolog sinaluvchilarga diqqat bilan yo‘riqnomani o‘rganib chiqishni tavsiya qiladi, so'ng savollar paydo boigan boisa, ularga javob beradi, savolnoma bilan mustaqil ishlashni taklif etadi.
Natijalar tahlilini tekshiruvchilar to’ldirgan barcha javob varaqalarini birinchi savolga qanday javob berganligini aniqlagan holda qarab chiqishdan boshlash kerak.
Tekshirilayotgan kishi qo'yilgan savollarga ochiqchasiga javob berishni istamasa, tadqiqot amalga oshmagan deb hisoblanish kerak. Birinchi savolga ijobiy javob olingan taqdirda tadqiqotning natijalari ishlab chiqilgandan keyin yuqori va quyi baholar ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |