4.6.2. Tashkilot imijini yaratish va uning vakolatlari doirasini kuchaytirish Bu omil korxona yoki tashkilotning boshqalari oldidagi raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Ana shunday imijga ochiq intilgan tashkilotlar sirasiga aviakompaniyalar, DAN xodimlari, qo’riqlash xizmati va boshqalar kiradi. Ularda o’ziga xos ramzlardan tashqari, yagona kiyim-bosh, intizom normalari ham mavjud. Ko’p yoshlar ana shu simvolikalar tufayli ushbu tashkilotlarda ishlashni xohlaydilar. Imijning ijobiyligi korxonaning o’zini reklama qilishga ketadigan mablag’ini tejaydi, aks holda – bu anchagina qimmatga tushadi.Hozirda rivojlangan G’arb mamlakatlarida va xususiy mayda korxona va ularning tashkilot ko’p bo’lgaligi uchun, ularning har biri yiliga o’rtacha 500 million dollar mablag’ini reklamaga sarf qiladi. Ko’pincha imijni oshirishga ayrim shaxslarning obro’si kompaniya tarkibida taniqli shaxslarning bo’lishi yoki bo’lganligi ham xizmat qiladi. Masalan, bizda ham yangi partiyalar (“O’zbekiston leberial demokratlar partiyasi (O’zLDP)”, “Fidokorlar (FMDP)”, “Adolat (ASDP)”, “Milliy tiklanish (MTP)” kabilar) o’z a’zolari sifatida taniqli shaxslarni, tadbirkorlarni, yozuvchi va adiblarni, siyosiy arboblarni jalb etishgan. Bunday a’zolik o’ziga xos reklama rolini o’ynab partiyasining obro’sini oshirgan. 4.6.3. Rahbarning jamoa ichida xodimlarga bo’lgan psixologik ta’siri Alohida shaxsning xodimlar yoki hamkasblar ongi va e’tiqodiga bo’lgan munosabati orqali, ularni o’ziga ishontirishga urinishi ham ijtimoiy ta’sirning bir shakli hisoblanadi. Agar bu urinish samarali bo’lsa, hamda ta’sirlanish ro’y beradi. G’arb olimlari ta’sirlanishning to’rtta turini farqlaydilar: ma’lumot berish; tushuntirish; isbot qilish; e’tiroz bildirish orqali. Har bir ta’sir ko’rsatish va ta’sirlanish ma’lum bir psixologik holatlar fonida ro’y bergani uchun ham fanda ishontirish bu munosabatlarning vositalari tafovutlanadi. - Hissiy-emosional fon holatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |