Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha
Psixologik bilimlarning klinik davri
Download 1 Mb.
|
Psixodiagnostika-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Psixodiagnostikani taraqqiy etishiga hissa qo’shgan olimlar
2.2. Psixologik bilimlarning klinik davri
Psixika bosh miya va nerv sistemasining mahsuli ekanligi borasidagi fikrlarni hozirgi zamon psixodiagnostikasining tarixi hamda XIX asrning chorak yarmida psixologik bilimlarning shakllanishidagi klinik davri bilan bog’lash mumkin. Bu davr shaxs haqidagi empirik psixologik bilimlarning to’planishi va tahlilida asosiy vazifa tabiblar yordamida amalga oshirilganligi bilan xarakterlanadi. Tabiblarni, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida tarqalayotgan ruhiy va asab kasalliklarni kelib chiqish sababi qiziqtirar edi. Shu bois, psixiatrlar Yevropa shifoxonalaridagi bemorlarni uzluksiz nazorat qilish bilan bir qatorda, o’z xulosalarini qayd qilib borardilar. Natijada, psixodiagnostikaning kuzatish, so’rov, hujjatlar tahlili kabi metodlari shakllanishi ortib bordi. Mazkur vaqtda psixodiagnostikaning rivojlanishi erkin xarakter kasb etib, bu holat metodlarni miqdoriy ko’rsatkichi bilan uzviy bog’langan edi. 2.3. Psixodiagnostikani taraqqiy etishiga hissa qo’shgan olimlar
universitetida boshlagan va shu universitetda u doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan (1899 y.). Pensilvaniyada psixologiya va pedagogikadan dars bergan. 1902 yili Vayndlenda maxsus maktabda ishlab yurgan vaqtida, hamkasblari bilan birgalikda “Aqli zaiflar Veylend klubi”ga asos solgan. Bu klubni asosiy vazifasi psixik rivojlanishida muammosi bo’lgan bolalarga har tomonlama yordam berishdan iborat bo’lgan. 1908 yildan Bine testlarini o’rgana boshlagan va keyinchalik, undan intellektual to’liq rivojlanmaslikni turli xil darajasini diagnostika hamda klassifikasiya qilishda foydalangan. 1910 yili birinchilardan bo’lib Bine testlarini umumiy o’rta ta’lim maktabi sharoitida ishlatgan. Bundan tashqari u mazkur testni Amerikaga kirib keluvchi immigrantlarni o’rganish jarayonida ham qo’llagan. 1917 yili harbiy xizmatga chaqiriluvchilar intellektini aniqlashda ishlatiladigan testni yaratuvchi amerikalik yetti psixologni biri bo’lgan. 1918 yil Ogayodagi yoshlarni o’rganuvchi byuroni boshlig’i hamda 1922 yili Ogayo universitetini professori lavozimida ishlagan. 1927 yilda u o’zining aqli zaiflikka doir bo’lgan ko’pgina xulosalari xatoligini tan olgan. Shunga qaramasdan, Goddard izlanishlarining testga doirlari, intellekt psixodiagnostikasini rivojlanishida ahamiyati katta bo’lgan. Genri Gerbert Goddard 1957 yilda vafot etgan.
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling