Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Psixologik tashxisda Reykowski ning nazariy chizmasi


Download 1 Mb.
bet23/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

3.2. Psixologik tashxisda Reykowski ning nazariy chizmasi

Bugungi kunda psixologik tashxisni qayta ishlangan nazariy chizmalaridan biri bo’lib, taniqli polyak psixologi Yanush Reykovskiy (Reykowski) tomonidan taklif qilingan nazariya hisoblanadi. U psixodiagnostika amaliyoti jarayonida quyidagi to’rtta asosiy yo’nalishni ajratadi.



  • Tashxisni o’tkazishda tekshiriluvchining faoliyati va axloqini ta’riflash, tahlil qilish hamda o’ziga xosligini tavsiflash;


  • Tashxisni o’tkazishda faoliyatni boshqarilishi hamda psixik jarayonlarni o’rganish;


  • Tashxisda boshqaruv va psixik jarayonlar mexanizmini o’rganish hamda nerv tizimi bog’lanishlarini tahlil qilish;


  • Individual psixikaning shakllanganlik sharoiti va boshqaruv mexanizmi genezi diagnostikasi.

    Ilmiy adabiyotlarning to’liq tahliliga ko’ra yuqoridagi omillarning, ya’ni psixologik tashxis qamrovini noto’g’ri o’lchamda kamayishiga olib keladi, undan individual-psixologik normal farqni aniqlash va hisobga olish jarayoniga bog’liq bo’lgan barcha sifatlarning tushib qolishiga sabab bo’ladi. Psixologik diagnostikaning tarixiy izlanishlari natijasiga ko’ra, psixologik tashxis maydoni normal va patologik holatda ham individual-psixologik farq sifatida e’tirof etiladi.




    3.3. Psixologik tashxis va tibbiy tashxis

    Ma’lumki, diagnostik metodikalarning muayyan bir qismi klinik ta’lablarga mos ravishda ishlab chiqilgan. Shuning uchun zamonaviy psixodiagnostikada klinik-psixologik diagnostika tushunchasi eng ko’p o’rganilgan soha hisoblanadi. Turli xil izlanuvchilar qarashlarini, A.Leviskiy, klinik-psixologik diagnostikaning bosh vazifasi, ya’ni tekshiriluvchining kasbi, oilaviy hayoti, insonlar bilan o’zaro muloqotidagi tafovutlarni o’rganish davomida shuningdek aniqlangan axloq buzilishilari sifatida umumlashtirgan motivasiya va bilish jarayonlari asosida yotuvchi psixik disfunksiyani: ma’lum bo’lgan buzilishlar genezidagi psixologik mexanizmlarga asoslangan holda, ya’ni vaziyatli yoki shaxsiy omillar tafovutiga ko’ra tahlil qilgan shaxs axloqidagi buzilishlarni qachon organik omillarga va qaysi holatlarda psixologik sabablar bilan determinasiyalashganligini umumlashtirishga harakat qilgan.


    G’arb adabiyotlarida, klinik-psixologik tashxis axloq buzilishlarini aniqlash bilan chegaralanishi kerakmi (u yoki bu sabablar orqali buzilgan psixik faoliyatning aynan o’sha bo’lagini o’rganish) yoki shaxsning bir butunligini tasavvur qilgan holda, undagi vaqtincha (turg’un) disfunksiya elementlarini ajratish lozimmi, degan holda muhokama qilinadi. Ko’pgina mashhur klinik psixologlar porsial diagnostika to’g’risidagi fikrlarni ta’kidlashgan holda shaxsni yaxlitligicha o’rganish jarayonida alohida psixik funksiyalarning o’zaro bog’liqligini ko’rsatib o’tishadi. Hozirgi kunda, bo’lgan klinik-psixologik diagnostikada shaxsiy yondoshishning kiritilishi ko’plab xatolarni oldini olish imkonini berdi. Faqat shuning asosidagina, reabilitasiyasi va psixoterapevtik faoliyatlarga oldindan baho berish hamda ular uchun samarali tavsiyalar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.
    Klinik va psixologik tashxislar bir-biri bilan raqobat qilishi mumkin emas. A.Liviskiy vrach va psixolog hamkorligi zaruriyatini ta’kidlagan holda, psixologik tashxis klinik tashxisga asoslanishi kerakligini o’qtiradi. Klinik tashxis orqali psixolog u yoki bu buzilishlar to’g’risida ma’lumot topishi mumkin. Bu esa “psixologik yo’l” orqali axloqning buzilishini aks ettirish demakdir. O’z navbatida shifokorlar ham psixolog tomonidan olingan ma’lumotlarni hisobga olish kerak bo’ladi. Bu holat yetarli darajada tipik, to’g’ridan-to’g’ri nerv, endokrin va shaxs xususiyatlari temperamenti to’g’risida tibbiy fikrlash asosini yaratadi.

    Ma’lumki, psixik tashxis jarayonida psixologik bilimlarning barcha elementlarini amaliy jihatdan faoliyatda qo’llab bo’lmaydi. Olimlar psixodiagnostika yo’nalishidagi muta-xassisni hozirgi kunda begona joyga borgan sayohatchiga o’xshatishadi. Sayohatchi borgan joyni aniq ta’riflab berishi mumkin, lekin unda shu yer haqida umumiy tasavvuri bo’lmaydi.


    Psixologik tashxis konstansiya bilan cheklanib qolmaydi, balki


    zaruriy izlanishlar davomida olingan barcha ma’lumotlar jamlamasi tahlilidan kelib chiquvchiamaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi.





    Download 1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling