Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha
Funksional tashxis nazariyasi
Download 1 Mb.
|
Psixodiagnostika-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5. Diagnostik xatolar Diagnostik xatolar to’g’risidagi to’liq tahlil qilingan fikrlar, asosan, taniqli mutaxassis Z.Pleviskiy (Plewiska)
3.4. Funksional tashxis nazariyasi
Psixiatriyada nozologik (sindromologik) tashxisning chegaralanganligi, asosan, psixik bemorlarni reabilitasiyalash vazifasi bilan bog’liqligi tan olinadi. Shu bois, mazkur holat bilan bog’liq bo’lgan funksional tashxis nazariyasi ishlab chiqilmoqda. Bu nazariya uch qismdan klinik, psixologik va ijtimoiy tashxisdan tashkil topadi. Funksional tashxis shifokor uchun nafaqat kasallik “nomi”ni aniqlash imkonini yaratadi, balki kimda (qanaqa shaxsda) va qanday muhitda (ijtimoiy mikromuhitda) kasallik kelib chiqishi to’g’ridagi savolga javob ham beradi. Psixologik tashxis jarayoni tibbiy tashxisdan farqli ravishda, ayrim ko’rinishlar yoki holatlarni sinaluvchi xulq-atvorida namoyon bo’lishini, ularning sabablari va oqibatlarini aniqlashdan, tekshirishdan iborat bo’ladi. A.Leveskiy (Leweski)ning fikricha, psixologik tashxis amalga oshirilganda hamisha ham sifatli va ijobiy natijaga ega bo’laverilmaydi. Tashxisdagi xatoliklar va aniqsizliklar quyidagi asoslarda yuzaga keladi: tadqiqot uchun belgilangan vaqtning yetmasligi; sinaluvchilar haqidagi ishonchli ma’lumotlarga ega emaslik; xulq-atvorni boshqaradigan qonuniyatlar haqidagi bilimlarning yetishmasligidir. 3.5. Diagnostik xatolar Diagnostik xatolar to’g’risidagi to’liq tahlil qilingan fikrlar, asosan, taniqli mutaxassis Z.Pleviskiy (Plewiska) asarlarida bayon qilingan. U o’z qarashlarida “diagnostik xatolar”ni quyidagi ikkita asosiy guruhga bo’lgan: ma’lumot yig’ish bilan bog’liq bo’lgan xatolar; ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog’liq bo’lgan xatolar. Birinchi guruh xatolarga quyidagilar kiradi: Kuzatishdagi xatoliklar (masalan; tashxis uchun muhim bo’lgan shaxsning shakllanishidagi chiziqlarga nisbatan “ko’rlik”). Ro’yxatga olishdagi xatoliklar (masalan; bayonnomadagi emosionallik psixologni tekshiriluvchiga bo’lgan munosabatiga bog’liq. Asbob-uskunalar xatosi – apparatlardan foydalanishni bilmaslik va o’lchovchi texnikada interpretasion hamda texnik jihatdan nosozlik oqibatida yuzaga keladi. Ikkinchi guruh, ya’ni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida kelib chiqadigan asosiy xatoliklar quyidagilardan iborat: “Birinchi hayratlanish” effekti – dastlabgi birinchi ma’lumotni qiymatidan ortiq ravishda baholashga bog’liq xatolikdir. Atribusiya xatosi – tekshiriluvchida mavjud bo’lmagan omillarni hisobga olish yoki noturg’un xususiyatlarni turg’un, deb baholash natijasida kelib chiqadi. Yolg’on sabablar xatosi. Bilish radikalizmi – ishchi farazlarga nisbatan yuqori baholash an’anasining mavjudligi va yaxshi iboralarni qidirishga bo’lgan xohishning yo’qligi. Bilish konservatizmi – farazlarni o’ta ehtiyotkorlik bilan shakllantirish. Psixodiagnostik faoliyat jarayonida kuzatiladigan xatolar yoki klassifikasiyaning ahamiyatga ega bo’lish darajasi aniq emas. Bu xatolarning sodir bo’lishi xohlagan vaqtda yuz berish ehtimoli mavjud. Shu bois, psixodiagnostik o’ziga xoslik aniq uslubiy holatlarga, jumladan, testlarga va nazariy jihatdan o’tkazilgan tekshirishlarga taalluqlidir. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling