Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi


Download 1 Mb.
bet36/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

4.5. Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi


Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi quyidagi bosqichlarning uzviyligiga:



  • tekshiruv obyektining tanlash;


  • tekshiruv metodini aniqlash;


  • metodni tahlil qilish;


  • ma’lumotlar interpretasiyasi;


  • metodning sifatlilik kriteriylarini aniqlashlarga bog’liq bo’ladi.


4.6. Psixodiagnostikaning axloqiy-ma’naviy normalari

Psixologik tashxis kodeksidagi axloqiy-ma’naviy normalarning asosiy tamoyillari qatorida quyidagi omillarning bo’lishi maqsadga muvofiqdir:




  • psixodiagnostning sinaluvchiga nisbatan muvaffaqiyati;


  • obyektivlik, haqqoniylik va o’z faoliyatidagi yuqori talablarga rioya qilishga asoslangan ma’suliyatlilik;


  • jamiyatning talablariga mos keluvchi axloqiy va huquqiy standartlar;


  • psixodiagnostning omma oldida o’zini tuta bilishi;


  • sinaluvchi haqidagi ma’lumotlarni sir saqlash, kofidensiallik;


  • sinaluvchi bilan bo’lgan ishonchli munosabatlar, uni tadqiqot xarakteridan xabardor qilish;


  • tadqiqot natijalarini oshkor qilmaslik;


  • tadqiqotdagi ehtiyot choralar;


  • metodikalarni nashr qilinish shartlari, imkoniyatlari va bu boradagi cheklanishlar;


  • diagnostik natijalarni tahlil qilish.


4.7. Rezyume
Psixologik diagnostika hamda psixodiagnost uchun qo’yiladigan ijtimoiy-axloqiy talablar psixodiagnostikaning negizi hisoblanadi va bu o’z navbatida g’arb psixologiyasidagi asosiy axloqiy muammolar: diagnostik metodlarni qo’llaydigan mutaxassislar malakasining darajasi; diagnostik metodlarni qo’llash jarayonlari; tadqiqot natijalarini sir saqlashning ta’minlanganligi; konfidensiallik; tadqiqot natijalarini e’lon qilish; psixolog(tashxischi)ning axloqiy kodeksidagi ijtimoiy-psixologik asoslarini shakllantirilishiga sabab bo’ldi. Psixologik-pedagogik diagnostikaning rivojlanishi tufayli: diagnostika nazariyasi va uning metodikalarini ilmiy asoslanganligi; diagnostikaning izchilligi va aniq yo’nalganligi; diagnostikaning shakl va metodlarining optimalligi; o’rganilayotgan obyekt haqida faktlarni yig’ish, bayon qilish va to’g’ri yo’lga solishning birligi; diagnostikaning ketma-ketligi va uzluksizligi; diagnostika metodlari va jarayonlarining qulayligi hamda ommabopligi; diagnostikaning kompleksliligi; diagnostikaning talaba rivojlanishi kelajagini, oqibatlarini oldindan ko’ra olish (bashorat qilish) imkonini bera olishi kabi asosiy tamoyillarining paydo bo’lishi bilan kafolatlandi. Natijada psixologik testlardan foydalaniladigan kishilar uchun qo’yiladigan maxsus talablar ishlab chiqildi va u metodikalarni qo’llashdagi psixologik ma’lumotlar bazasining mavjudligi bilan izohlandi. Bu esa amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasiga bo’lgan ehtiyoj ortganligini keltirib chiqardi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling