Arnold Lyusius Gezell
1880 yil Viskonsin shtatining kichik shaharchasida tug’ilgan. Shu shtatning universitetida bakalavr darajasini olgan. Klark univesitetida doktorlik dissertasiyasini tayyorlagan (1906). Keyinchalik ikkinchi doktorlik darajasini tibbiyot ixtisosligi bo’yicha Yel
universitetida olgan (1915). Turli AQSH universitetlarida o’qituvchi lavozimida ishlagan. Los-Anjelos pedagogika institutida faoliyat yuritgan vaqtida L.Termen bilan hamkorlik qilgan. Psixologik test o’tkazish bilan shug’ullangan va uning xulosasiga ko’ra, bolalarni rivojlanishini ilk yosh davrlarida aniqlash zarurligini ta’kidlagan. Bu tekshirishlar unga nafaqat psixologlar orasida, balki shifokorlar va pedogoglar orasida ham katta shuhrat keltirgan. U 1961 yil vafot etgan.
|
Robert Session Vudvorts
1869 yil Belchertaun (Massachusets shtati)da tug’ilgan. Amxerst universitetidan 1819 yili bakalavr darajasiga ega bo’lgan. Keyinchalik buyuk amerikalik psixolog Vilyam Jem bilan Garvard universitetida tahsil olgan (bakalavr – 1896, magistr – 1897). Kolumbiya
|
universitetida D. Kattell rahbarligida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan (1899).R. Vudvorts Kolumbiya universitetida asosiy ilmiy foaliyatini yuritgan bo’lib, u nafaqaga chiqqunga qadar shu yerda ishlagan (1942). 1914 yilda u Amerika psixologlar assosiasiyasini prezidenti etib tayinlangan. Bu olimning asosiy qiziqishlari umumiy va eksperimental psixologiya jabhalariga qaratilgan. U tomondan 1938 yil yozilgan “Tadbiqiy psixologiya” kitobi hozirgi kunda ham klassik adabiyot durdonasi hisoblanadi. U o’zining o’limiga qadar faol ravishda ilmiy faoliyat bilan shug’ullangan. 1962 yil vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |