Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha
Download 1 Mb.
|
Psixodiagnostika-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.6. Oddiy va murakkab analogiya metodi 17.6.1. Oddiy analogiya
- 17.6.2. Murakkab analogiya
- 17.7. Rezyume
xalq hokimiyati;
sulola; sinflar. Eng yaxshi hayvon zoti va o’simliklar navini yaratadigan fan nima deyiladi? bionika; kimyo; seleksiya; botanika; fiziologiya. Kitob, ma’ruza, nutqning qisqacha bayon etish, yozib olish nima deyiladi? abzas; sitata; rukin; parcha; konspekt. O’qimishli, chuqur va keng bilimlilik nima deyiladi? ziyolilik; tajribalilik; bilimdonlik; talantlilik; o’zini aqlli hisoblash. Borliqqa qiziqishning yo’qligi va unga aralashmaslik nima deyiladi? mulohazakorlik; sustlik; kiborlik; zidlik; shafqatsizlik. Inson hayoti va faoliyatining biron-bir sohasiga taalluqli qonunlar majmuasi nima deyiladi? inqilob; qaror; an’ana; kodeks; loyha. “Ikkiyuzlamachi” tushunchasiga qarama-qarshi bo’lgan so’z bo’: samimiylik; zid; soxta; xushmuomala; qat’iyatli. Agar bahs bir-biriga yon berish bilan tugasa, u nima deyiladi? kompromiss; muloqot; birlashish; muzokara; zid fikr. Ijtimoiy ongda psixik hodisaning aks etilishi nima? psixika; axloq; tabiat; jamiyat; san’at. “Birday” tushunchasiga qaysi so’z teskari? bir xil; yagona; salobatli; har xil; ajratilgan. Qaramlikdan, xurofotdan qutilish, huquqga tenglashish nima deyiladi? qonun; muhojirlik; maslak; harakat; ozodlik. “Oppozisiya” degani: qarshi harakat; kelishish; faqr; siyosat; qaror. “Sivilizasiya” degani: tasodif; qahramonlik; tarjimai hol; kitob; yozuvchi. Mazmun jihatdan “yetakchilik” so’zi bilan qaysi so’z bir xil? ixtiro qilish; g’oya; tanlash; birinchilik; rahbarlik. Koalisiya degani bu: raqobat; siyosat; dushmanlik; munosabatni uzish; birlashish. Mazmun jihatdan “alturizm” so’zi: insonparvarlik; o’zaro aloqa; xushmuomalalik; xudbinlik; odoblilik. Taraqqiyotga ishonchsizlik bilan qaraydigan odam nima deyiladi? demokrat; radikal; konservativ; liberal; anarxist.
17.6. Oddiy va murakkab analogiya metodi 17.6.1. Oddiy analogiya Oddiy analogiya metodi oldindan berilgan (ko’rsatilgan) fikrlash usulidan foydalanib tushunchalar orasidagi mantiqiy bog’lanishlarni topishga yo’naltirilgan. U quyidagi toifadagi vazifalardan iborat bo’lishi mumkin: Tekshiriluvchi chapda berilgan tushunchalar orasidagi bog’lanishni topishi va shu asosda o’ng tomonda, yuqori qatorda berilgan tushunchaga pastdan mos keladigan topishi lozim. Mazkur misoldagi vazifaning to’g’ri yechimi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: 17.6.2. Murakkab analogiya Bu metodika narsalar va hodisalar orasidagi murakkab mantiqiy bog’lanishlar va munosabatlarni tushunish darajasini aniqlashga yo’naltirilgan. Metodikada bir-biri bilan ma’lum munosabatda bo’ladigan so’zlar juftligi qo’llaniladi. Masalan, “yorug’lik-qorong’ulik”, “qo’rqish-qochish”, “dushman-raqib” va hokazolar. Barcha vazifalar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruh – misol tariqasida juftliklar. Ikkinchi guruh esa – tekshiriluvchi baholashi lozim bo’lgan juftliklardan iborat bo’lib, ular birinchi guruhdagi juftliklardagi munosabatlarni o’zida aks ettiradi. Ish quyidagi tartibda olib boriladi: Ish boshida ekspermentchi (psixolog, psixodiagnost, pedagog) talaba bilan birgalikda birinchi guruhdagi juftliklar orasidagi bog’lanishlarni tahlil qiladilar. Masalan, “yorug’lik-qorong’ulik” – qarama-qarshi tushunchalar, “qo’rqish-qochish” – sabab-oqibat bog’lanishiga xususiyatiga ega, “dushman-raqib” – sinonimlar. Vazifa tushunarli bo’lgach, talabaga ikkinchi juftliklar beriladi. Talabaga berilgan ikkinchi juftliklar birinchi guruhdagilarning qaysi biriga mos kelishini ko’rsatish va tushuntirish lozim. Masalan, “issiq-sovuq”, “yaxshi-yomon”, “uzun-kalta” qarama-qarshilik xususiyatiga ega bo’lib “yorug’lik-qorong’ulik” juftligiga mos keladi. Agar tekshiriluvchi vazifalarni qiynalmay yecha olsa, u narsa va hodisalar orasidagi murakkab bog’lanishlarni topa oladi. 17.7. Rezyume Mehnat malakalari va ko’nikmalarini o’rganish masalalari asosan, kuzatishlar va pedagogik tajribalar tayanadi. Ta’lim olishga bo’lgan qobiliyat – talabaning o’quv va mehnat ko’nikmalarining diagnostika qilish orqali o’rganaladi. Jumladan, aqliy rivojlanish darajasini aniqlashdagi omillar esa, ortiqcha predmetni olib tashlash metodi; analitik-sintetik xususiyatlar tahlili; ortiqcha tushunchani topish metodikasi; talabaning mavhum va so’z-mantiq tafakkurini diagnostika qilish; ortiqcha tushunchalarni topish bo’yicha misollar; tushunchalarni taqqoslash; talabadagi elementar fikrlash ko’nikmasini aniqlash; talabaning o’quv materialidagi muhim va asosiy belgilarni ajrata olish xususiyatlarini diagnostikasi; oddiy va murakkab analogiya metodlari orqali aniqlanib, hozirgi zamon talabasining o’quv va mehnat malakalari borasidagi ijobiy va salbiy xususiyatlari yoritiladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling