Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha
Download 1 Mb.
|
Psixodiagnostika-fayllar.org
Dominant shaxs – boshqalar bilan muomala va munosabat o’rnatishda o’z fikrini o’tkazish xislatining yorqin namoyon bo’lishi.
Yosh psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Yosh davri nizolari – o’ziga xos, uncha uzoqqa cho’zilmaydigan ontogenez davrlari bo’lib, bu vaqtda keskin psixik o’zgarishlar yuz beradi. Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi. Jamoaning negizi – umuiy fikr, maqsad va ishlab chiqarishag taalluqli qarorlarni shakllantiruvchi jamoa a’zolari. Yo’nalish – shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’i nazar ma’lum yo’lga yo’naltiruvchi barqaror motivlar yig’indisi. Individuallik – individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi, qaytarilmasligi. Idrokning konstantligi – idrok sharoiti o’zgarsa-da, idrok qilishdan hosil bo’lgan narsa obrazlarning nisbatan o’zgarmasligi. Idrokning predmetliligi – jamiki olamdan olingan ma’lumotlarni ichki olam obyektiga kiritish xususiyati. Idrokning butunliligi – sezgi a’zlariga bevosita ta’sir etib turgan obyektlarni, ularning belgi va xususiyatlari bilan birgalikda qo’shib idrok etish. Istedod – shaxsning ma’lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi. Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o’ziga xos maxsus tarmog’i bo’lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o’rganiladi. Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayoni. Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va hodisalarning yaqqol obrazi. Ilmiy taxmin – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin bo’lgan xolatning bashorat qilinishi. Ijtimoiy psixologik eksperiment – asosiy metodlardan biri bo’lib, o’zgaruvchan mustaqil turli xolat va jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga ta’sir etishdagi aniq ma’lumotlariga tayanadi. Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta’sir ko’rsatish jarayoni. Introvert shaxs - shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o’z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi. Kasb – faoliyat shakllari birlashmasi bo’lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mehnat natijalari hamda mehnat subyektini tayyorlashga qo’yiladigan talablar majmui. Kichik guruh – a’zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi va bevosita shaxslararo munosabatda bo’luvchi kishilar guruhi. Klinik tashxis – u yoki bu sabablar orqali buzilgan psixik faoliyatning aynan o’sha bo’lagini o’rganish yoki shaxsning bir butunligini tasavvur qilgan holda, undagi vaqtincha (turg’un) disfunksiya elementlarini ajratish. Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma’lumot, axborot, g’oyalar almashinuvi jarayoni. Kontent-analiz – tekshirilayotgan matnda so’z, ibora, abzaslarni ma’no-mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli. Kuzatish – sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog’liq ravishda tekshirish, o’rganish, ma’lumotlar to’plash metodi. Ko’nikma – odamening ma’lum ishni bajarishga tayyorligida ko’rinadigan qobiliyati. K. mahoratning asosini tashkil etadi. Longityud tadqiqot – sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o’rgansh. Metod – bilishning nazariy va amaliy o’zlashtirish usullari yig’indisi. Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo’lib, bilishning nazariy va amaliy o’zlashtirish usullari yig’indisidir. Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab. Motivasiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling