Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha
Diagnostik metodlarni qo’llash
Download 1 Mb.
|
Psixodiagnostika-fayllar.org
Diagnostik metodlarni qo’llash
Diagnostik metodlarni qo’llash huquqi ma’lum malakaga ega bo’lgan mutaxassislarga beriladi. Hozirda esa, bu huquqdan boshqa soha vakillari ham foydalanmoqda. Amerikalik psixologlar fikriga ko’ra, metodikalarga ega bo’lish uchun mutaxassis (psixolog) yoki uning to’g’ri qo’llanilishi uchun ma’suliyatni o’ziga olgan kishilargina imzolari bo’lgan taqdirda foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. G’arbiy Yevropa psixolog (tashxischi)larining axloq qoidalarida diagnostik metodlarni tarqatilishini cheklash taklif etilgan. Bu cheklanishlar mohiyatan ikki xil mazmunga ega: metodikalar mohiyatini oshkor etmaslik; metodikalardan noo’rin foydalanishning oldi olish. Shuningdek, boshqa qo’shimcha professional ma’suliyat cheklashlar mualliflar tomonidan yaratilayotgan yangi metodikalarning sotilishi bilan bog’liq. Chunki, ularni kishilarda qo’llash uchun taqdim etishda yetarli darajadagi obektiv asoslar bo’lishi kerak. Shu bois, diagnostik metodlarni yaratuvchi (muallif)lar zimmasidagi ma’suliyatga uzluksiz ravishda metodikalarning eskirib qolishini oldish olish, tekshirish va standartlashtirish jarayonlarini amalga oshirish kiradi. Amerikada metodikalar va ularning asosiy qismlarini gazeta, jurnal hamda risolalarda keng miqyosda yoritish yoki o’z-o’zini baholash uchun nashr qilish man etiladi. Mashhur mutaxassis A.Anastazi, bunday vaziyatlar nafaqat metodikalarning samarasizligini, balki, kishi psixikasiga salbiy ta’sir qilishdek katta xatolarga olib kelishini alohida ta’kidlab o’tadi. Yana bir G’arbda keng tarqalgan, ammo professional talablarga javob bermaydigan faoliyat turi sirtqi xat orqali testlashtirishdir. Ma’lumki, yuborilgan test blanklari orqali mijozning qobiliyatlar yoki shaxs xususiyatlarini aniqlashga oid testlarni bajarish jarayonini to’g’ri amalga oshirilgan, deb baholab bo’lmaydi. Chunki testlashtirishni nazoratsiz amalga oshirish va qo’shimcha psixologik ma’lumotlarni inobatga olmaslik ijobiy natijaga qaraganda ko’proq salbiy oqibatlarni yuzaga keltirib chiqarish mumkin. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling