Tadqiqot natijalarini e’lon qilish
Psixologlar tadqiqot natijalaridan mazmunli va yaroqli holda foydalanish uchun, ularni mijozga qay tarzda ma’lum qilish usullarini izlash bilan mashg’uldirlar. Ma’lumki, olingan ma’lumotlarni shundayligicha uzatish mumkin emas. Uni psixologik axloq kodeksiga nazarda tutilgan talablardan kelib chiqqan holda amalga oshirish zarur. Test ma’lumotlarini qanday ko’rinishda uzatishdan qat’iy nazar (majlis sharoitidami, xat orqalimi, yozma ravishdami), uning eng muhim shartlaridan biri, axborotni sonlar shaklida emas, balki bajarilganlik darajasini psixologik tahlil qilish yo’li bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Har qanday psixodiagnostik tadqiqot natijalarining e’lon qilish jarayonida ma’lumot uzatilayotgan kishini xarakter xususiyatlari inobatga olinishi kerak. Bu, uning psixologok bilimlar doirasidagi ma’lumotlilik darajasigagina taaluqli bo’lmay, balki natijalar asosida chiqarilgan ma’lumotga nisbatan bo’lgan emosional reaksiyasiga ham aloqadordir. Shu sababdan, mijozga diagnostika natijalarini yetkazish vaqtda nafaqat tahlil, balki vaziyatga nisbatan ijobiy individual yondoshish ham emosional tahlikani oldini olishga qaratilgan bo’ladi.
Psixolog (tashxischi)ning axloqiy kodeksidagi ijtimoiy-psixologik asoslar
Psixolog har bir tekshiriluvchining mavqyeiga hamda muvaffaqiyatiga katta ahamiyat berishi lozim. Chunki, u kishida o’zi va atrofdagilar bilan bo’ladigan ijobiy munosabatlarni o’rnatish ma’suliyatini o’ziga oladi. Bunday ma’suliyat negizida, psixolog uning yordamiga muhtoj har qanday kishining tinchi va xotirjamligini qo’riqlash yotadi.
4.2. Psixologik-pedagogik diagnostikaning asosiy tamoyillari
Albatta, har bir fan sohasi o’ziga xos obyektga, predmetga va ularga mos keladigan tadqiqot metodlari hamda tamoyillariga egadir. Yuqoridagilardan kelib chiqib qaraganda, psixologik-pedagogik diagnostikaning ham o’z tamoyillari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |