Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha
Download 1 Mb.
|
Psixodiagnostika-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.3. Psixik xususiyatlar
13.2. Psixik holatlar
Shaxsning his-tuyg’ular (emosiyalar)i, e’tiqodi, qiziqishlari, bardamligi, tetikligi, apatiyasi, hayratlanishi, ishonchliligi, ijodiy ruhlanishi kabi holatlari, fanda uning psixik holatlarini anglatadi. His-tuyg’ular (emosiyalar) – odamlarning o’zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga o’z munosabatini boshdan kechirish jarayonidir. E’tiqod – shaxsning shunday ongli yo’nalishi bo’lib, unga o’z qarashlari, tamoyillari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beruvchi holatdir. Qiziqishlar – anglangan motivlardan bo’lib, ular shaxsni atrofida ro’y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o’zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to’plash, ularni o’rganishga imkon beruvchi omildir. 13.3. Psixik xususiyatlar Shaxsning iqtidori, xulqi, temperamenti, xarakteri, qobiliyatlari, layoqati, yo’nalishlari, mas’uliyati kabi qator xususiyatlari, psixologiyada psixik xususiyatlar mohiyatini yoritib beruvchi omillar sanaladi. Iqtidor – insonning o’z xatti-harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan subyektiv munosabatidir. Xulq motivasiyasi – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Yo’nalish – ijtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo’naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg’un, barqaror motivlar majmuiga ega bo’lishlikdir. Temperament – insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir. Xarakter – shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o’z-o’ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan xususiyatlaridir. Xarakter quyidagi obyektlarga bo’lgan munosabatlarda ifodalanadi: Mehnatga munosabat – shaxsning mehnatkashligi yoki yalqovligi, biron topshiriqni oxirigacha yetkazishi yoki yarmisida tashlab ketishi, pala-partish yoki tartibli faoliyat yuritishi, yakka taribda yoki jamoaviy mehnat turini tanlashi va shu kabi sifatlari orqali namoyon bo’ladi. Odamlarga munosabat – samimiylik yoki ikkiyuzlamachilik, mulokotga moyil yoki yakkahol, haqiqatparvar yoki yolg’onga moyillik, o’zgalar manfaati haqida qayg’urish yoki o’z manfaatini har narsadan ustun qo’yish va shu kabi shaxs xislatlari. Narsalarga bo’lgan munosabatda – buyumlarni tartibli saqlash yoki betartiblilik, narsalarni asrab-avaylash yoki ayamaslik, narsalarning qayerdaligini xotirada saqlash yoki parishonxotir. O’z-o’ziga munosabat – g’urur, obro’ saqlay olish, o’ziga talabchanlik, o’zini nazorat etishning kuchliligi, o’zini takomillashtirishga intilish va h.k. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling