Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.64 Mb.
bet5/8
Sana25.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1227465
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Psixodiagnostika

Kamchiliklari. Amaliy nuqtai nazardan olib qaraganda, ko‘p darajali eksperimentning asosiy kamchiligi shu bilan belgilanadiki, u ikki darajali eksperimentga qaraganda ko‘proq vaqt va kuch talab qiladi. Esingizda bo‘lsa, har safar guruhlararo eksperimentga yangi daraja qo‘shilganda, ishtirokchilar soni ham ko‘payadi. Guruh doirasida o‘tkaziladigan eksperimentlarda qo‘shimcha darajalar ishtirokchilar sonini ko‘paytirmaydi, biroq, shunga qaramay, ular eksperimentning umumiy vaqtini ko‘paytiradi va muvozanatga solish sxemalarini yanada yiriklashtiradi.
Ko‘p darajali eksperimentlarni tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan tekshirish statistik metodlarini qo‘llash ham ma`lum darajada qiyinchiliklar tug`diradi. Ular ko‘proq vaqt talab qiladi va bunday statistik tekshirishdan keyin ma`lumotlarni talqin qilish qiyinlashadi.
Ikki va ko‘p darajali eksperimentlarning afzalliklari va kamchiliklari taroziga solinganida, mustaqil o‘zgaruvchili darajalarning qo‘shilishi bilan bog`liq bo‘lgan oz miqdordagi qo‘shimcha harajatlarni, odatda, olinadigan axborotning ahamiyati ortig`i bilan qoplaydi. Bu afzallik eksperiment rejasiga qo‘shiladigan dastlabki bir nechta darajalar uchun ayniqsa muhimdir. O‘z-o‘zidan ravshanki, ma`lum vaqtdan boshlab yangi darajalarning qo‘shilishi bizning eksperimental aloqa haqidagi bitimlarimizni ko‘paytirishga kam hissa qo‘shadi.
Shu paytgacha biz barcha eksperimentlar faqat bitta mustaqil o‘zgaruvchiga ega ekanligidan kelib chiqdik. Ammo bu cheklash real hayotni emas, balki ko‘proq bizning muhokamamiz maqsadini aks ettiradi. Siz o‘tkazishingizga to‘g`ri keladigan eksperimentlarning aksariyati bittadan ortiq mustaqil o‘zgaruvchiga ega bo‘ladi. Bu erda men yanada murakkab eksperimentlarni rejalashtirayotganda qo‘llaniladigan umumiy usullarning ayrimlariga to‘xtalib o‘taman.
Eksperimental psixologiyada omilli reja ayniqsa faol qo‘llaniladi. Psixologiyaga oid jurnallarda e`lon qilinadigan aksariyat eksperimentlarning natijalarini anglab etish uchun siz omilli rejalar mantiqini tushunishingiz lozim.




  1. Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling