Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya


Download 369.62 Kb.
Pdf просмотр
Sana10.01.2019
Hajmi369.62 Kb.

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 



 

 

 



 

Ro’yxatga olindi 

       ВД-5110900-3.16 

      2012 yil “____” ______ 

 

Vazirlikning  2012  yil  “____” 



_________dagi 

“____”-sonli 

buyrug`i bilan tasdiqlangan 

 

 



 

 

                                                                

 

PSIXODIAGNOSTIKA VA EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA 



 

fan  dasturi 

 

 



 

 

Bilim sohasi:   



 

100000 – Gumanitar   

 

Ta’lim sohasi:   



 

110000 – Pedagogika  

 

Ta’lim yo’nalishi:    



5110900 – Pedagogika va psixologiya 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Toshkent – 2012 



Fan dasturining shakli  Oliy  va o’rta  maxsus, kasb-hunar ta’limi  yo’nalishlari 

bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil “___”________dagi “____” -

son majlis bayoni bilan ma`qullangan. 

 

 



 

 

Fan dasturi Nizomiy nomidagi TDPUda ishlab chiqildi va turdosh oliy ta`lim 



muassasalari bilan kelishildi   

 

 



 

 

Tuzuvchilar 

L.V.Nazirova -  Nizomiy nomidagi TDPU «Psixologiya» kafedrasi dotsent v/b, 

psixologiya  fanlari nomzodi  

D.S.Qarshieva -  Nizomiy nomidagi TDPU “Psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi.  

 

 



 

Taqrizchilar:  

                                 

          Yo.Alimqulov-Jizzax  Davlat  pedagogika  institutining  “Psixologiya” 

kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent 

          Z.Hakimova  –  Toshkent  shahar  Turin  Politexnika  Universiteti  huzuridagi 

AL psixologi 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Fan dasturi  Nizomiy nomidagi TDPU Ilmiy-metodik kengashida tavsiya qilingan 



(2012 yil “___” _________dagi “___” -sonli bayonnoma). 

 

 



Kirish 

Ushbu dastur psixodiagnostika va eksperimental psixologiya kursi bo‘yicha 

ma`ruza,  seminar  va  amaliy  mashg’ulotlar  mavzularini  o‘z  ichiga  olgan  bo‘lib, 

ularda  eksperiment  kategoriyasining  psixologik  mazmuni,  psixodiagnostika  va 

eksperimental  psixologiyaning  muammolari,  psixodiagnostika  va  eksperimental 

psixologik  muammolarini  hal  qilishning  ilmiy  usul  va  vositalari,  eksperiment 

natijalarini  bir  necha  qayta  ishlash  metodlari,  eksperiment  natijalarini  jadval  va 

grafik ko‘rinishda berish usullari, eksperimental psixologik  tadqiqotni tayyorlash, 

uni  o‘tkazish,  eksperiment  natijalarini  analiz  qilish,  ularni  qo‘llashga  doir  amaliy 

tavsiyalar  berish    bilan  bayon  qilingan.  Psixodiagnostika  va  eksperimental 

psixologiya  umumiy  psixologik  tadqiqotlar  va  amaliyot  o‘rtasidagi  bog‘lovchi 

bo‘g‘in  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Psixodiagnostika  va  eksperimental  psixologiyadagi 

nazariy  va  metodik  izlanishlarni  yo‘nalishlari  eng  avvalo  amaliyot  buyurtmalari 

bilan belgilanadi. Bugungi kunda amaliy psixologik xizmat tizimining toboro keng 

rivoj  topishi,  psixodiagnostika  sohasida  o‘tkazilayotgan  tadqiqotlar  ko‘lamining  

kengayishi, bu yo‘nalishda katta hajmdagi ilmiy bilimning to‘planib borayotganiga 

sabab  bo‘lmoqda.  Bunday  sharoitda  talabalar  mustaqil  ta`limini  oqilona    tashkil 

etish,  muntazam nazorat qilishning ahamiyati kattadir. 

 

O’quv fanining maqsadi va vazifalari 

Faning  o’qitishdan  maqsad-  –  talabalar  amaliy  psixologiyaning 

sohalaridan  biri  bo‘lmish  psixodiagnostika  va  eksperimental  psixologiya  fani 

bo‘yicha  chuqur  mukammal  bilimlarga  ega  bo‘lishlari  shuningdek  shaxs 

psixologiyasi  intellekt  shaxslararo  munosabatlar  bilish  jarayonlari  diagnostikasi 

bo‘yicha bilimlar majmuasini qo‘lga kiritishlaridan iborat. 

Fanning  vazifasi  –  talabalarga  psixodiagnostika  va  eksperimental 

psixologiyaning  nazariy  hamda  amaliy  asoslari  bilan  tanishtirish  hamda  ularda 

diagnostik tekshiruv o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.  

 

Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga 



 quyiladigan talablar 

 “Psixodiagnostika  va  eksperimental psixologiya”  o‘quv  fanini  o‘zlashtirish 

jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: 

-  psixodiagnostika  va  eksperimental  psixologiya  fanining  predmeti, 

rivojlanish  tarixi,  bilish  faoliyati,  shaxs  psixologiyasi,  intellekt  va  shaxslararo 

munosabatlarga doir nazariy bilimlarni bilishi kerak

-talaba    shaxs  faolligini  aniqlash  uchun  qo‘llaniladigan  proektiv  test 

metodikalari yuzasidan ma’lumotlar zahirasiga va ularni amaliy faoliyatga qo‘llay 

olish  va  kichik  hajmdagi  tadqiqot  ishlarini  olib  borish    ko‘nikmalariga  ega 

bo‘lishlari  kerak; 

-talaba psixodiagnostika va ekspremental psixologiya fanining amaliyotdagi 

o‘rni,  psixodiagnostik  tekshiruvlar  va  eksperimental  tadqiqotlarga  qo‘yiladigan  

talablar, tadqiqotchining ilmiy etikasiga doir  malakalarga ega bo‘lishi kerak

 

 


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog`liqligi va uslubiy 

jihatdan uzviy ketma-ketligi 

Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya  fani asosiy umumkasbiy fani 

hisoblanib,  4-5-semestrlarda  o’qitiladi.  Dasturni  amalga  oshirish  o’quv  rejasida 

rejalashtirilgan  gumanitar  va  ijtimoiy  iqtisodiy  (falsafa,  ma`naviyat  asoslari, 

dinshunoslik,  sotsiologiya  va  h.k),  matematika  va  tabiiy-ilmiy  (informatika  va 

axborot  texnologiyalari,  yosh  fiziologiyasi    va  gigienasi  va  h.k),  umumkasbiy 

(pedagogika  nazariyasi,  pedagogika  tarixi,    psixologiya  tarixi,  yosh  va  pedagogik 

psixologiya,  ijtimoiy  psixologiya,  psixodiagnostika,  ekspremental  psixologiya,  

psixologiya  fanlarini  o’qitish  metodikasi  va  h.k),  ixtisoslik  (  pedagogik 

valeologiya,  psixogigena  va    h.k)  fanlaridan  etarli  bilim  va  ko’nikmalarga  ega 

bo’lishlik talab etiladi. 

 

Faning ta’limdagi o’rni 

Jamiyatda  fanlarni  rivojlanishi  shaxs  muammosiga  nisbatan  qiziqishni 

ortishiga sabab bo’lmoqda. Aynan shaxsning bilish jarayonlari psixologik holatlari 

individual  psixologik  xususiyatlarini  o’rganish  imkonini  beradi.  O’rganilgan 

jabhalar  bo’yicha  ma`lumotlarni  ta`lim  jarayoniga  tadbiq  qilish  shaxsning  har 

tomonlama  kamol  topishiga  hulq-atvor  xatti-harakatlarini  ongli  boshqarishga 

yordam  beradi.  SHuningdek  tadqiqot  natijalarni  qulay  qayta  ishlash  imkonini 

beradi 


Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot 

va pedagogik texnologiyalar 

Fanni  o’qitishda  zamonaviy  axborot  texnologiyalaridan  elektron  doska- 

Hitachi,  LCD  –  monitor,  elektron  ko’rsatkich,  vidio,  audiomagnitafon, 

kompyuter,  proektor,    DVD  –  diskovodlarni  qo’llash  orqali  ma’ruza,  seminar 

mashg’ulotlarida  talabalarning  nazariy  hamda  amaliy  bilimlarni  egallash 

samaradorligini  oshirish    mumkin.  Shu  boisdan,  dars  mashg`ulotlarini  tashkil 

etishda  zamonaviy  axborot  texnologiyalaridan  unumli  foydalanishni  keng  yo’lga 

qo’yish rejalashtirilgan. 

Fanni  o’qitishda  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni    qo’llash  orqali 

ta`limda  pedagog-talaba  hamkorligini  kuchaytirish  hamda  ta`lim  samaradorligini 

oshirish  mumkin.  SHu  boisdan,  psixodiagnostika  va  eksperimental  psixologiya 

fanidan  dars  mashg’ulotlarini  tashkil  etishda  ilmiy  asoslangan  pedagogik 

texnologiyalardan,  ya’ni  “Aqliy  xujum”,  “Klasster”  metodi,  “Bumerang”,  “T-

jadvali”,  “Tarozi”,  “Elpig’ich”,  “FSMU”,  “Baliq  skeleti”  texnologiyasi  va 

“Qanday?”, “Nima uchun?”, “Venn” diagrammalaridan keng foydalanish ko’zda 

tutilgan. Bundan tashqari, pedagogik jarayon natijalarini xolisona  baholash uchun 

test  usuli,  reyting  tizimi,  talabaning  bilim  va  ko’nikmalarini  egallash  jarayonini 

nazorat etish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.  



Asosiy qism 

Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya faniga kirish 

Psixodiagnostika  va  eksperimental  psixologiya  haqida  umumiy  tushuncha. 

Psixodiagnostika  va  eksperimental  psixologiya  psixolog  amaliy  faoliyatining 


muhim tarkibiy qismi va psixologiya fanining sohasi sifatida. Psixodiagnostika va 

eksperimental  psixologiya  fanining  vazifalari.  Psixodiagnostik  va  eksperimental 

bilimlar  qo‘llanadigan  sohalar.  Psixodiagnostik  va  eksperimental  tekshiruv 

bosqichlari.Psixodiagnostika 

nva 

eksperimental 



psixologiya 

turlari. 

Psixodiagnostika  va  eksperimental  psixologiya  bilan  shug‘ullanuvchi  psixologga 

qo‘yiladigan  talablar.Bilishga  nisbatan  bo’lgan  ilmiy  yondashuv  xususiyatlari. 

Ilmiy  psixologiyani  vujudga  kelish  sababalari.  Eksperimental  va  ekspremental 

psixologiya  predmeti  va  vazifalari.  Psixologik  tadqiqotning  asosiy  metodologik 

tamoyillari. Eksperimental va ekspremental  psixologiya tarixi 

 

Psixodiagnostika va ekspremental psixologaya  tarixi 

Psixodiagnostika  va  eksperimental  psixologiyaning  psixologik  tadqiqotlar 

sohasi  sifatida  shakllanguncha  bo‘lgan  davrda  psixodiagnostikaga  oid  bilimlar 

taraqqiyotidan lavhalar (Qadimgi Xitoy, Yunoniston, Bobil va boshqa davlatlarda 

kundalik  hayot  ehtiyojlari  ta`sirida  ilk  psixodiagnostik  va  ekspremental 

tekshiruvlarning  o‘tkazilishi,  o‘rta  asr  faylasuf  va  yozuvchilari  asarlarida 

psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaga doir qarashlarning ifodalanishi).  

Psixodiagnostikaning  psixologik  tadqiqotlar  mustaqil  sohasi  sifatida  rivojlanish 

davri (XX asrning 20-yillaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda psixodiagnostika 

va  ekspremental  psixologayaga  oid  bilimlarning  to‘planishi).  Sobiq  ittifoqda 

psixodiagnostika va ekspremental psixologaya fanining taqdiri  

  

Psixodiagnostik tekshiruvda qo’llanadigan asosiy metodlar  

haqida umumiy ma`lumot 

Metod  va  metodika  haqida  tushuncha.  Standartlashtirilgan  va  ekspert 

(klinik)  metodlarning  asosiy  farqlari.  Test  standartlashtirilgan  psixodiagnostik 

metod  sifatida.  Test  turlari.  So‘rov  metodi  va  uning  asosida  ishlab  chiqiladigan 

metodikalar. So‘rovnomalar turi   

 

Psixodiagnostik metodikalar va psixodiagnostik tekshiruv jarayoniga 



qo‘yiladigan talablar 

Validlik  –  psixodiagnostik  metodikalarning  asosiy  xususiyatlaridan  biri 

sifatida  validlikning  asosiy  turlari  va  ularni  aniqlash  usullari.  Ishonchlilik  – 

psixodiagnostik  metodikalarning  muhim  psixiometrik  ko‘rsatkichi  sifatida. 

Ishonchlilik  turlari  va  ularni  aniqlash  usullari.  Psixodiagnostik  metodikani  va 

tekshiruv  natijalarini  standartlashtirish  muammosi.  Psixodiagnostik  tekshiruvda 

tanlanma to‘plam reprezentativligi muammosi   

 

Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi 

Diqqat  psixodiagnostikasi  (maqsad,  amalga  oshirish  sohalari).  Diqqat 

psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov  Shulte jadvallaridan foydalanish 

masalalari.  Diqqat  psixodiagnostikasi  uchun  intellekt  testlarining  ayrim 

subtestlaridan 

foydalanish 

imkoniyatlari.Xotira 

psixodiagnostikasi 

uchun 


mo‘ljallangan (D.Veksler xotira shkalasi, A.Benton vizual retentsiya testi, R.Meyli 

xotira testi) hamda umumiy psixodiagnostik sinovlar (qatordagi elementlarni eslab 



qolish,  assotsiativeslab  qolish,  tanib  qolish  vazifasiga  asoslangan  va  yodlash 

jarayonini diagnostika qilishga asoslangan sinovlar)   

 

Intellekt  psixodiagnostikasi 

 (CH.Spermen,  L,Teretaun,  J.Gilford,  G.Gardner  va  boshqa  nazariyalar). 

Intellekt  koeffitsenti  haqida  umumiy  ma`lumot.  Intellekt  testlarining  asosiy 

xususiyatlari. R.Amtxauer intellekt strukturalari testi haqida. D.Vekslerni intellekt 

shkalalari  haqida.  J.Raven  progressiv  matritsalari  testi.  Aqliy  taraqqiyotning 

maktab testi   

 

Qobiliyatlar psixodiagnostikasi. 

  

Qobiliyat  psixodiagnostikasi  va  uning  o’ziga  xos  jihatlari.Xissiy  irodaviy 



sohani diagnostikasi.Motivasion sohani diagnostika qilish 

 

Shaxs psixodiagnostikasi. 

Shaxs  haqida  umumiy  tushuncha.  Shaxsning  dinamik  strukturasi  (Platonov 

bo‘yicha). Shaxs psixodiagnostikasida qo‘laniluvchi metodik vositalarning turlari. 

Shaxs  so‘rovnomalarining  keng  tarqalgan  namunalri  haqida.  Shaxs 

psixodiagnostikasida 

ob’ektiv 

va 


situatsion 

testlardan 

foydalanish 

muammolari.Shaxsni qadriyat orentasiyasini diagnostika qilish 

  

Shaxs psixodiagnostikasida proektiv metodikalardan foydalanish 

Proektiv  metodikalar  haqida  umumiy  tushuncha.  Proektiv  metodikalarning 

yaratiilish  tarixi.  Proektiv  metodikalarning  asosiy  guruhlari.  “Rorshax  siyoh 

dog‘lari”  proektiv  metodikasi  haqida.  “Rozentsveyg  frustratsiya  testi”  proektiv 

metodikasi haqida. “Lyusher ranglarni tanlash testi” proektiv metodikasi 

 

Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi 

Shaxslararo  munosabatlar  haqida  tushuncha.  Shaxslararo  munosabatlarning 

turlari  va  ularning  o‘zaro  ta`siriga  xos  xususiyatlar.  Shaxslararo  munosabatlar 

psixodiagnostikasida  sotsiometriya,  referentometriya  metodikalaridan,  “Oila 

rasmi”, “Jil film testi” proektiv metodikalaridan foydalanish muammolari 

 

Ilmiy tadqiqotning umumiy sxemasi 

Ilmiy  tadqiqotni  o’tkazishning  asosiy  bosqichlari.  Tadqiqotning  psixologik 

gipotezasi. Ilmiy tadqiqot gipotezasini emperik tekshirish 

 

Eksperimentlarni o’tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari 

O’zgaruvchilar:  mustaqil,  tobe,  idora  qilsa  bo’ladigan,  tasodifiy. 

Randomizatsiya.  Aralashuvchi  omillar.  Ichki  validlikka    xavf    soluvchi  omillar: 

fon, etilish, saralash, o’lim, testlash, statistik regressiya tushunchalari 

Ilm-fandagi halollik 

Xarom amallar: fabrikatsiya, falsifikatsiya.  Shubhali amallar: eksperimentni 

loyihalash, axborot  yig`ish,  ma`lumotlar  tahlili, natijalar  taqdimoti.  Turli  amallar: 

ba`zi bir narsalarni tushirib qoldirish, reorganizatsiya, yangicha formulirovka 



 

Ilmiy manbalar bilan ishlash 

Rasmiy  manbalar:  kitoblar,  maqolalar,  texnik  hisobotlar,  elektron  nashrlar. 

Norasmiy  manbalar:  mutaxassislar  bilan  uchrashuvlar,  tadqiqiy  guruhlar, 

o’qituvchilar 



Eksprementda o’tkaziladigan mustaqil va tobe  

o’zgaruvchilarni tanlash. 

Eksprementda  o’tkaziladigan  mustaqil  va  tobe  o’zgaruvchilarni  tanlash,  

mustaqil  o’zgaruvchini  aniqlash,  mustaqil  o’zgaruvchi 

razmaxini 

tanlash.  Tobe 

o’zgaruvchini  tanlash:  operatsional  tushuncha,  validlik,  ishonchlilik,  bevosita 

kuzatsa  bo’ladigan  tobe  o’zgaruvchilar,  bilvosita  ta’sir  o’tkazadigan  tobe 

o’zgaruvchilar hamda salbiy va ijobiy ko’rsatkichlari. 

 

Guruhlararo va guruh ichida o’tkaziladigan loyihalar. 

Guruhlararo  eksperimentlar:  yutuqlari  va  kamchiliklari.  Guruh  ichida 

o’tkaziladigan eksperimentlar: amaliy ustunligi, statistik ustunligi, kamchiliklari 

 

Eksperimentlarni loyihalashtirish. 

Bitta  o’zgaruvchili  eksperimentlar.  Faktorli  loyihalar.  Birlashib  ketuvchi 

eksperimentlar loyihalari. 

 

Noa’nanaviy tadqiqotlarni loyihalash 

Kvazieksperimentlar. Bir ishtirokchidan iborat eksperimentlar 

 

Eksperiment natijalari tahlili  

Chastotalar  taqsimlanishi.  Taqsimot  tavsifi  statistikasi.  O’zgaruvchilar 

o’rtasidagi  o’zaro  aloqalarni  grafik  taqdimoti.  Diagramma.  Korrelyatsiya 

koeffitsenti. Asosiy effektlar. O’zaro ta`sir. Statistik xulosalarni iqarish metodlari. 

Parametrik va noparamatrik mezonlar. Ahamiyatlilik darajasi haqida tasavvurlarni 

hosil qilish. Natijalarni interpretatsiya qilishda kompyuterlardan foydalanish. 



 

Seminar mashg`ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar 

 

Seminar  mashg`ulotlarida  talabalar  ta`lim  jarayonida    psixologik 



xizmatning  asosiy  bo’g`inlari,  psixologik  xizmat  amaliyotida  psixolog  shaxsining 

kasbiy  xususiyatlari,  shuningdek  psixologik  diagnostika  tashxis  amaliyoti    haqida 

nazariy va amaliy bilimlarni o’rganadilar.  

 

Seminar mashg`ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari: 



 

1.

 



  Psixodiagnostika  va ekspremental psixologiya faniga kirish 

2.

 



  Psixodiagnostika va ekspremental psixologiya tarixi 

3.

 



  Psixodiagnostik tekshiruvda qo‘llanadigan asosiy metodlar haqida umumiy ma`lumot 

4.

 



  Psixodiagnostik metodikalar va psixodiagnostik tekshiruv jarayoniga qo‘yiladigan 

talabalar 

5.

 

  Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi 



6.

 

  Intellekt  psixodiagnostikasi 



7.

 

  Shaxs psixodiagnostikasi. Shaxs psixodiagnostikasida proektiv metodikalardan 



foydalanish. 

8.

 



  Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi 

9.

 



  Motivasiya soxasini psixodiagnostikasi 

10.


 

  Psixologik tadqiqotlarning metodologik asoslari. 

11.

 

  Ilmiy tadqiqotning umumiy sxemasi 



12.

 

  Emperik tadqiqotlarni loyihalash 



13.

 

  Kuzatish  



14.

 

  Psixologik eksperiment nazariyasi 



15.

 

  Eksprementda o’tkaziladigan mustaqil va tobe o’zgaruvchilarni tanlash 



16.

 

  Guruhlararo va guruh ichida o’tkaziladigan loyihalar. 



17.

 

  Eksperiment natijalari tahlili 



Xissiy-irodaviy soha psixodiagnostikasi. 

 

 



                  Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar 

 

Laboratoriya  ishlari  talabalarda  psixik  jarayon  holatlar  xususiyatlarni 

yuzaga kelish mexanizmlarini tadqiq qilish yuzasidan amaliy ko’nikma va malaka 

hosil qiladilar.   

Laboratoriya ishlari uchun  tavsiya etiladigan mavzulari: 

 

1.

 



  Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi.Idrokning qisqa muddatligi,.Idrokning 

ko’chuvchanlik xususiyatini o’rganish. Qisqa muddatli xotirani o’rganish 

2.

 

  Intellekt psixodiagnostikasi 



3.

 

  Qobiliyat psixodiagnostikasi. Maxsus qobiliyatni o’rganish 



4.

 

  Shaxs psixodiagnostikasi(Kettel shaxs so’rovnomasi) 



5.

 

  Shaxs psixodiagnostikasida proektiv metodikalardan foydalanish 



6.

 

  Motivosion sohani psixodiagnostikasi 



7.

 

  O’z-o’zini anglash psixodiagnostikasi 



8.

 

  Xissiy soha psixodiagnostikasi 



9.

 

  Irodaviy sohani o’rganish 



10.

 

  Kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatini psixodiagnostikasi 



11.

 

  SHaxsning temperament xususiyatlarini tadqiq qilish 



12.

 

  Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi 



13.

 

  Eksperimental tadqiqot modelini ishlab chiqish 



 

Mustaqil ishlarning mavzulari, mazmuni  va ularga ajratilgan soat 

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan 

holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 

 



Darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalar  bo‘yicha  fan  boblari  va  mavzularini 

o‘rganish; 

 

Tarqatma materiallar bo‘yicha ma`ruzalar qismini o‘zlashtirish; 



 

Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzular ustida ishlash; 



 

Talabaning  o‘quv-  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  bajarish  bilan  bog`liq  bo‘lgan 



fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish; 

 



Faol va muammoli o‘qitish uslubidan  foydalanadigan o‘quv mashg`ulotlari; 

 

1.

 



  SHarq mutaffakkirlarining asarlarida psixodiagnostikaga doir qarashlar. 

2.

 



  Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar psixodiagnostikasi. 

3.

 



  O’smir va o’spirinlar psixodiagnostikasi  

4.

 



  Kasbga yo’naltirish metodlari 

5.

 



  SHaxsni tadqiq qilishning proektiv metodlari  

6.

 



  Kasbga yo’naltirishda psixodiagnostikaning o’rni 

7.

 



  SHaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi 

8.

 



  Rivojlanishda orqada qolgan bolalar psixodiagnostikasi  

9.

 



  Psixodiagnostikaning profesional ahloqiy asoslari  

10.


 

  Intellekt testlarining qo’llanishi bilan bog`liq muammolar 

11.

 

  Psixodiagnostikada 



zamonaviy 

axborot 


texnologiyalaridan 

foydalanish 

muammolari 

12.


 

  Psixodiagnostik metodikalarga qo’yiladigan talablar 

13.

 

  Psixologik  tashxis  mitodikalarini  milliy-madaniy  muhitga  moslashtirish 



muammolari 

14.


 

  Maktab psixologining faoliyatida psixodiagnostikaning o’rni 

15.

 

  Guruhiy psixodiagnostika: metodlar va metodikalar 



16.

 

  N.YA.Silvestrovaning 



“Bola  psixodiognostikasi:  rozilik  va  qarshilik” 

mavzusidagi, 

A.A.Nikelskayaning 

“A.Bine 


eksperimental 

psixologiya 

asoschilaridan biri sifatida” mavzusidagi maqolasi tahlili 

17.


 

  L.F.Burlachukning  ma`ruza  shaklida  tayyorlangan  “SHaxs  psixodiognostikasi 

tushunchalar  apparati  va  tadqiqot  metodlari”  mavzusidagi  doktorlik 

dissertatsiyasi avtoreferati bilan tanishish  

18.

 

  L.F.Burlachuk,  S.M.Morozovning  “Psixodiognostikadan  lug`at  –  spravochnik” 



asarida  ma`lumot  keltirilgan  proektiv  metodikalar,  intellekt  testlari,  shaxs 

so’rovnomalari tizimini ishlab chiqish.  

19.

 

  A.A.Bodalyov, 



V.V.Stolin 

tahriri 


ostida 

nashr 


etilgan 

“Umumiy 


psixodiognostika” qo’llanmasi asosida psixodiognostik metodikalarni yaratish va 

moslashtirish  muammosi  hamda  A.Anastazining  “Psixolgik  diagnostika”  asari 

asosida psixodiognostikaning ijtimoiy ahloqiy jihatlari muammosini o’rganish 

20.


 

  V.V.Stolin,  A.G.SHmelev  taxriri  ostida  nashr  etilgan  “Psixodiognostikadan 

praktikum  Differentsial  psixometirika”  o’quv  qo’lanmasi  yoki  psixodiognostik 

metodikalarni  o’z  ichiga  olgan  ilmiy,  o’quv-uslubiy  manbadan  olingan 

metodiklar vositasida psixodiognostik tekshiruv o’tkazish. 

21.


 

  Eksperimental psixologiya fani metodologiyasi 

22.

 

  Ilmiy tadqiqotning umumiy sxemasi 



Eksperimentlarni o’tkazish tartibi 

23.


 

  Eksperiment g`oyasi  

24.

 

  Ishtirokchilarga nisbatan bo’ladigan munosabat 



Ilm-fandagi halollik 

25.

 

  Ilmiy manbalar bilan ishlash 



26.

 

  O’zgaruvchilarni tanlash.  



27.

 

  Guruhlararo va guruh ichida o’tkaziladigan loyihalar. 



28.

 

  Eksperimentlarni loyihalashtirish.  



Noa`nanaviy tadqiqotlarni loyihalash. 

29.


 

  Eksperimentni o’tkazishga tayyorgarlikni aniqlash. 

30.

 

  Eksperiment natijalari tahlili.  



31.

 

  Faktorli eksperimentlar natijalari tahlili 



32.

 

  Metaanaliz 



33.

 

  Noeksperimental psixologik metodlar. 



34.

 

  Eksperimentator: uning shaxsi va faoliyati. 



35.

 

  Sinaluvchi shaxsi va eksperimental vaziyat. 



36.

 

  Eksperimental tadqiqotni  tashkil qilish va o’tkazishning o’ziga xosligi. 



37.

 

  Ideal va real eksperiment. 



38.

 

  Eksperimental tanlov. Eksperimental o’zgaruvchilar va ularni nazorat qilish 



usullari. 

39.


 

  Eksperimental rejalar. 

Eksperimentgacha bo’lgan kvazieksperiment rejalar. 

40.


 

  Korrelyatsion tadqiqotning o’ziga xosligi. 

41.

 

  Psixologik o’lchov nazariyalari elementlari. 



Testlashtirish va o’lchov nazariyalari. 

42.


 

  Testning klassik emperika-statistik nazariyasi. 

Testlarning sxolastik nazariyasi. 

43.


 

  Tadqiqot natijalari, ularni interpretatsiyasi va umumlashtirish. 

Tadqiqot natijalarini taqdim etish shakli. 

44.


 

  Eksperiment o’tkazishning axloqiy tamoyillari. 

45.

 

  Tabiiy-ilmiy psixologik tadqiqotning tuzilishi. 



46.

 

  O’zgaruvchilarni tanlash. 



47.

 

  Psixologiyadagi eksperimental metod.  



48.

 

  Tobe o’zgaruvchini tanlash 



 

Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti 

 

Mazkur  fanni  o’qitish  jarayonida  ta`limning  zamonaviy  metodlari 



pedagogik  va  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalari  qo’llanilishi  nazarda 

tutilgan. 

     

- Psixodiagnostika va eksperimental  psixologiya fanining predmeti, maqsadi 



va  vazifalari,  psixodiagnostika  va  eksperimental    psixologiya  fanining  tarmoqlari  

va  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi,  psixodiagnostika  va  eksperimental    psixologiya 

metodologiyasi haqida tushuncha, psixodiagnostika va eksperimental  psixologiya  

metodning  imkoniyatlari  va  psixodiagnostika  va  eksperimental    psixologiyaning 

turlari,  miqdoriy  ma’lumotlarni  matematik  statistik    analiz  qilish  metodi   

bo’limlariga  tegishli    ma`ruza  darslarida    zamonaviy  kompyuter  texnologiyalari  

yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan; 


 

-  psixologik tadqiqotning  metodologik  asoslari,  ilmiy  tadqiqotning  umumiy 

sxemasi,  empirik  tadqiqotlarni  loyihalash,  kuzatish,  psixologik  eksperiment 

nazariyasi  bo’yicha  o’tkaziladigan  seminar  mashg`ulotlarida  aqliy  hujum  guruhli 

fikrlash,  kichik  guruhlardagi  munozara,  loyha,  bumerang,  3x4,    kabi  pedagogik 

texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi; 

 

-  Psixodiagnostika  va  eksperimental    psixologiya  fanining  predmeti, 



fanning  shakllanishi,  Psixodiagnostik  va  eksperimental    psixologiya  tadqiqotlarni 

o’tkazish  bosqichlari,  psixodiagnostik  testlarga  qo’yiladigan  talablar  bo’limlariga 

tegishli    ma’ruza  darslarida    zamonaviy  kompyuter  texnologiyalari    yordamida 

prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan; 

 

-intellekt  psixodiagnostikasi,  bilish  faoliyati,  shaxs  psixodignostikasi, 



shaxs motivatsion doiralarini o’rganish, emotsional holatlarni tadqiq qilish, proekiv 

metodlar  bo’yicha  o’tkaziladigan  seminar  mashg`ulotlarida  aqliy  hujum  guruhli 

fikrlash,  kichik  guruhlardagi  munozara,  loyha,  bumerang,  3x4,    kabi  pedagogik 

texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi. 



Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv 

 qo’llanmalar ro’yxati 

Asosiy darsliklar va o’quv  qo’llanmalar 

1.

 



Karimov I.A. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” T.: O’zb, 2011. 

2.

 



Nishonova Z.T., Qarshieva D.S. Eksperimental psixologiya T.: TDPU 2009 

3.

 



Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o’quv qo’llanma T.: TDPU 2008 

Qo’shimcha adabiyotlar 

1.

 



Romanova E.S. Psixodiagnostika: Uchebnoe posobie.- SPb.: Piter, 2005.- 400 

c. 


2.

 

Spravochnik  prakticheskogo  psixologa:  Psixoterapiya/  sost.  S.L.Solovyova.- 



M.: AST.SPb.: Sova, 2005.- 575 c. 

3.

 



Slavskaya A.N. Lichnost kak sub`ekt interpretatsii.- Dubna: Feniks, 2002.- 240 

c. 


4.

 

Drujinin V.N. Eksperimentalnaya psixologiya.- 2-e izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 



god. -320 c. 

5.

 



Burlachuk  L.F.,  Morozov  S.M.  “Slovar-spravochnik  po  psixodiagnostike”  – 

SPb.: Piter Kom, 1999 god. -528 c. 

6.

 

Internet ma`lumotlari quyidagi saytlardan olinadi:  



1. www. tdpu. uz 

        2. www. pedagog. uz 

3. www. Ziyonet. uz 

4. www. edu. uz 

5. tdpu-INTRANET. Ped 

6. www. nutq. intal. uz 

 

 

 

 

 

 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling