Psixodiognostik metodikalarni joriy etish qoidalari


Download 56 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi56 Kb.
#1511469
1   2   3
Bog'liq
Xafizov maqola 2

Konfidensiallik. Tekshiruv natijalari sir saqlanishi va ulardan tegishli shaxslar (psixologlar, pedagoglar, ota-onalar) foydalanishi zarur. Tekshirib ko‘rilgan o‘quvchming roziligi asosida tekshiruv natijalari boshqalarga ma’lum qilinishi mumkin. Agar o‘quvchi testdan past natija olgan bo‘Isa, psixolog bu haqda uning otaonasiga darhol ma’lum qilmasligi, balki keyinroq olingan natijalar uchun uning zinhor aybi yo‘qligini tushuntirishi lozim. Eng muhimi, testdan past natija olgani uchun o‘quvchming ota-onasi tomonidan jazolanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Agar o‘quvchi olgan natijalar uni ogohlantirmasdan ota-onasi yoki o‘qituvchiga taqdim etilsa, psixolog xatoga yo‘l qo‘ygan hisoblanadi. Ma’lumotlar kimga taqdim etilishi haqida o‘quvchi (yoki tekshiruvdan o'tgan shaxs) xabardor bo‘lishi shart.
Tekshiruv natijalarini psixoprofilaktik izohlash. Ushbu kasbiy etikaviy tamoyilga ko‘ra, agar tekshiriluvchi shaxs haqida taqdim etilgan daliliy materiallardagi ma’lumotlarga tuzatish kiritish yoki ulami aniqlashtirish talab etilsa, tekshiriluvchining o‘zi natijalar mazmuni bo‘yicha sharh berishi mumkin Masalan, ta’lim muassasasida o‘quvchi haqidagi tekshiruv natijalari o‘qituvchi tomonidan so'ralmasa, yoki aksincha, ushbu ma’Iumot oshkor qilingan holda o’quvchining psixologik holatida salbiy o'zgarishlar yuz berishi mumkinligini psixolog bilsa, u o‘quvchi haqidagi ma’lumotlami o‘qituvchiga umuman taqdim etmasligi kerak.


1 Зеер Э. Ф. Психология профессий: учебное пособие дня студентов вузов. М., 2003. 336 s.

Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling