Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti va metodlari


Download 0.63 Mb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1371710
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti va metodlari

Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko’lami kеngayishiga baholiqudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progrеssni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar.

Pеdagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo’lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o’ziga xosdir. Rеspublikamizda amalga oshirilayotgan yangi “Ta’lim to’g’risidagi”qonun hamda “Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi”ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o’zaro aloqasini harqachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modеldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo’lib yеtishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart – sharoitlar orasida yangi pеdagogik tеxnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pеdagogikaning o’z uslub va qoidalari yеtarli bo’lmaydi.


Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi
Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu sohalar o‘ziga xos ob’ektga ega bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Shu bois fan sohalarini o‘rganish qulay bo‘lishi uchun tarmoqlarni ma’lum tizimga keltirish maqsadida ma’lum guruhlarga tasniflash joriy qilingan. Bu borada professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:
    • Aniq faoliyat turlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
    • Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
    • Shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari.

Aniq faoliyat turiga ko‘ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud:
  • mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o‘rganadi.

  • Mehnat psixologiyasining bir nechta bo‘limlari mavjud;
    a) muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o‘rganadi;
    b) aviatsiya psixologiyasi- uchishga o‘rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi;
    v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko‘p ortiqcha ta’sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zo‘r berish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o‘rganadi.

Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi sohalar.
Yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o‘rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling