Psixolog faoliyati prinsiplari


Determinizm (lotincha determinata)


Download 212.59 Kb.
bet2/10
Sana28.01.2023
Hajmi212.59 Kb.
#1136080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hikmatov Shaxzod

Determinizm (lotincha determinata) belgilayman ma’nosini bildiradi) prinsipi tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning ob’ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug‘i hisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga mutanosib ravishda u ham o‘zgarishini anglatadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan o‘lchanadi. Hayvonlardan farqli o‘laroq insonda ong shakllanishining paydo bo‘lishi muayyan bosqichlar orqali rivojlanishi moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda takomillashtirish, mahsulotlarni qayta ishlash qonunlari bilan belgilanadi. Inson ongining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot xususiyatiga ega ekanligini anglashi (tushunish) shaxs ongining ijtimoiy borliqqa (makro, mikro, mize muhitiga) bog‘liqligi xaqidagi ham tabiatshunoslik, ham insonshunoslik umumiy prinsipga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining olamshumul tantanasidir. Hozirgi davrda determinizmning teskari aloqa, sistemalilik, statiklik ko‘rinishlari mavjud.
2. Ong bilan faoliyat birligi prinsipini psixologiya fanida qabul qilinishi shunday ma’noni anglatadi: a)ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas; b) ong bilan faoliyat aynan biror-biriga o‘xshashi ham emas; v) ong bilan faoliyatning birligi ularning hukm surishi mexanizmidir (kursiv E.g‘.). Faoliyat o‘zining tuzilishi bo‘yicha ichki va tashqi tarkiblariga ega bo‘lsa–da, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong bo‘lsa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks ettiradi. Real vaqtlarning o‘zgaruvchan (rivojlanishini anglatuvchi) modeli ongda yuzaga keladi, odam atrof­muhit bilan munosabatga kirishganda undan mo‘ljal oladi, natijada nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaydi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va o‘z navbatida ong mazkur jarayonda takomillashadi (muammo va uning yechimi variatsiyalar, invariantlar turtki vazifasini o‘ynaydi).
Ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan ong bilan faoliyat birligi prinsipi, birinchidan, xulq-atvor, faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishga kafolat beradi; ikkinchidan, harakat, sa’i-harakatlarni muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmni aniqlashga imkon beradi; ularning birligi psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga muhim imkoniyati, puxta shart-sharoit yaratadi.
Agarda psixika faoliyat samarasi va mahsuli sifatida talqin qilinsa, u taqdirda psixika va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi to‘g‘ri tushunilgan bo‘ladi. Mazkur prinsip rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.M.Teplov, B.G.Ananev va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan.
3. Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish psixik taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlashdan dalolat beradi. Ijtimoiy tajribani o‘zgartirish jarayonining yuz berishi shaxs uchun psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi va dasturiy bilimlarni egallashga mustahkam zamin hozirlaydi. Har qaysi faoliyat turi inson psixikasini rivojlantirish manbai va mexanizmi rolini bajaradi. Psixologlarning ushbu prinsipga taalluqli fikrlaridan namunalar keltiramiz: 1) L.S.Vigotskiy: ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi; 2) P.P.Blonskiy: tafakkur kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan, o‘spirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanadi; 3) S.L.Rubinshteyn: ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi; 4) B.M.Teplov: qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo‘ladi, lekin rivojlanish faoliyat jarayonidan boshqacha muhitda yuz bermagandek, qobiliyat tegishli yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo‘la olmaydi.
Ma’lumki, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va miyaning mahsulidir. Psixika borliqning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, bilish jarayonlarida, shaxsning xususiyati va holatlarida, diqqati, his-tuyg‘ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi hamda ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi, tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi.Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini - uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. Odamning ongliligi uning turli-tuman faoliyatida, xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda muhit, irsiy belgilar, ijtimoiy ta’sir asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtira boradi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhitda uning his-tuyg‘ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e’tiqodi, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilaklari, xohishlari asta-sekin o‘zgarib boradi.Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to‘laroq, aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.


Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo‘ladi. Insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosiga emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi ob’ektiv borliqqa va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. O‘yinni kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va boshqalar shaxsning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Rivojlanish inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o‘zaro bog‘liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Shaxs aql-zakovatining ko‘rsatkichi, sifati, xususiyati uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi, o‘zaro ta’sir natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi, mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi orta boradi.
Psixologiya fani oldiga hayot va turmush tomonidan yangi-yangi vazifalar qo‘yila boshladi. Bu yangi vazifalar, birinchidan, respublikamizda yuzaga kelgan yangi ijtimoiy muhit, mustaqillik sharoiti tufayli bo‘lsa, ikkinchidan, mamlakatimiz xalqlari ongidagi sifatiy o‘zgarishlar istiqlol mafkurasi tufayli sodir bo‘ldi. Bu ikki hol insoniyat tarixida yangi mazmundagi o‘zaro munosabatlarni va yangicha faoliyat formalarini vujudga keltirdi. Har bir fanda bo‘lganidek, psixologiya fanida ham turli-tuman psixik hodisalarni va har bir shaxsga xos bo‘lgan individual xususiyatlarni o‘rganish uchun qo‘llaniladigan bir qancha usullar - yo‘l-yo‘riqlar bor. Bu usullarning mohiyati shu fanning mavzu bahsiga asoslanadi. Psixologiyaning mavzu bahsi harakatdagi materiyaning alohida xususiyati bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli uning usullari ham o‘ziga xos mazmunga egadir. Har qanday usul ma’lum metodologik tamoyillarga asoslanadi.
Psixologiya fani tarixida psixologik hodisalarni o‘rganish uchun qo‘llanilgan birinchi usul o‘z-o‘zini kuzatish usulidir. Bu usul psixologiya fani tarixida “introspeksiya”, ya’ni ichdan kuzatish, ko‘rish deb yuritilgan.Shunday ekan, o‘z-o‘zini kuzatish usulidan foydalanish kerakmi, yo‘qmi. Albatta kerak. Chunki psixologik tadqiqotlarda o‘z-o‘zini kuzatish bilan bog‘liq hollar juda ko‘p.Sub’ektiv usulsiz istagan shaxsning psixologik sifatlarini to‘liq o‘rganib bo‘lmaydi. Bu usulsiz tibbiyotda bemorni davolash mumkin emas. Shuning uchun kuzatish usuli psixologiya fani uchun juda zarurdir. Lekin o‘z-o‘zini kuzatishning salbiy tomonlari ham bor. Bu usul bilan tadqiqot olib borganda har bir shaxs o‘z manfaati yuzasidan sub’ektiv xulosa chiqarishi, o‘z shaxsidagi ayrim salbiy sifatlarni boshqarishda ham mavjud deb hisoblashi, buning natijasida boshqalar haqida noto‘g‘ri xulosa chiqarishi mumkin.
Kuzatishning samarali usuli sirtdan kuzatish yoki tashqi kuzatishdir. Tashqi kuzatish usuli hamma vaqt ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida shaxsning turli ruhiy jarayonlari(sezgilari, xotirasi, idroki, xotirasi, xayoli va h.k.) hamda shaxsiy xususiyatlari (qiziqishi, qobiliyati, temperamenti, xarakteri va h.k.) o‘rganiladi. Tashqi kuzatish (bir shaxsning boshqa shaxsni o‘rganishi) doimo ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lib, aniq reja bilan kuzatishni taqoza etadi. Bu usul yordamida psixik hodisa har tomonlama o‘rganiladi.
Tashqi kuzatish usulining ijobiy tomoni shundaki, bunda istalgan psixik hodisa tabiiy sharoitda qanday yuz bersa, shundayligicha tekshiriladi. Shunga qaramasdan, ruhiy holatlarning namoyon bo‘lish qonuniyatlarini aniqlashda faqat tashqi kuzatish usulidangina foydalanish yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun bu usul boshqa usullar bilan hamkorlikda qo‘llaniladi.
Ob’ektiv (tashqi) kuzatish usuli yordamida to‘plangan ma’lumotlar maxsus manbalarda qayd qilib boriladi va ma’lum vaqtdan so‘ng tahlil etilib, izlanayotgan xulosalar aniqlanadi.
Psixologik hodisalarni tadqiq etish uchun qo‘llaniladigan usullardan yana biri suhbat yoki savol-javob usulidir. Bu usulning kuzatish usuliga nisbatan afzalligi shundaki, bunda tadqiqotchi va o‘rganiluvchi o‘rtasida bevosita aloqa, muloqot mavjud bo‘ladi. Suhbat jarayonida shaxsning turmush voqealariga, boshqa odamlarga va uning hatti-harakatlariga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan psixologik sifatlari o‘rganiladi.
Suhbat usulining tadqiqotchi zimmasiga yuklaydigan mas’uliyatli tomoni shundaki, tadqiqotchi birinchi navbatda o‘rganilayotgan shaxsning tushuncha doirasini, turmush tajribasini va individual sifatlarini aniqlashi kerak.
Psiхоlоgiya fаnining аsоsiy printsiplаri: dеtеrminizm printsipi, оng vа fаоliyat printsipi, psiхikаning fаоliyatdа rivоjlаnishi printsiplаri ishlаb chiqilаdi.


Download 212.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling