6) Psixolog xizmati psixik nosog`lom insonlar uchun ko’rsatiladi! - 6) Psixolog xizmati psixik nosog`lom insonlar uchun ko’rsatiladi!
- Psixologga murojaat qilish bu ojizlik belgisi emas. Psixolog sog`lom insonlar bilan ishlashini esa yuqorida oydinlashtirib oldik. Lekin vaqti vaqti bilan har qanday inson ham atrofdan ko’rsatiladigan yordam, uni qo’llab quvvatlashlariga muhtoj bo’lib qoladi. Bizning insonlar bunday vaqtlarda odatda psixologlarga emas, balki yaqin do’stlariga, qarindoshlariga murojaat qiladilar. Ko’pincha "nima men jinnimanmi? psixologga boradigan" degan gaplarning guvohi bo’lishimiz ham mumkin. Inson tanlash huquqiga hamisha ega. Psixolog o’z kasbini majburiy qo’llay olmaydi. Tashabbusni konsultatsiyaga kelgan va bunga ehtiyoj sezgan mijoz ko’rsatsagina u bilan ishlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |