Psixologik diagnoz va psixologik prognoz psixodiagnostikaning asosiy yo‘nalishlari sifatida


Download 162.68 Kb.
bet3/7
Sana05.05.2023
Hajmi162.68 Kb.
#1428833
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 mavzu (3) (2)

Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar ko‘p hollarda yuqori emotsional zo‘riqish vaziyatlarida, o‘ta toliqqan holatlarda, frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida, hayotiy muhim rejalar barbod bo‘lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish lozim.

  • Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar ko‘p hollarda yuqori emotsional zo‘riqish vaziyatlarida, o‘ta toliqqan holatlarda, frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida, hayotiy muhim rejalar barbod bo‘lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish lozim.
  • Amaliy hayotda emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob reaksiyalari – ehtirosning to‘lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik tuslarini tushunamiz. Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson hayotiy faoliyati uchun tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni aks ettiradigan psixik jarayonlarga aytiladi. Hissiyotlar – yorqin sub’ektiv tusga ega bo‘lgan ichki va tashqi seskantiruvchilarning ta’siriga nisbatan inson va hayvonlar javob reaksiyalari. Bundan kelib chiqadiki, hissiyotlarning ahamiyatli belgisi ularning sub’ektivligidir. Hissiyotlar evolyutsiyaning moslashuvchi «mahsuloti» sifatida, odatdagi vaziyatlarda organizm hulq-atvorining biologik jihatdan umumlashtirilgan usullari sifatida yuzaga kelganlar.
  • Hissiy ton. Hissiyot ko‘pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy jarayonlarning o‘ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo‘ladi. Yoqimli suhbatdosh, kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko‘ngildagi mashg‘ulot, hushchaqchaq sayohat, og‘ir ish kabilar. Hissiy ton tushunchasiga ko‘pgina adabiyotlarda turlicha ta’riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiyning “Umumiy psixologiya” darsligida hissiy ton sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilingan narsa va hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy bo‘yoq yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan bog‘langan hissiyot, deb ta’riflanadi.

Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar stenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuch degan ma’noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xattiharakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat bag‘ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs «parvoz qiladi», «yulduzni narvonsiz oladi», kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi.
Ba’zi hollarda emotsiyalar o‘zining sustligi, motorli, kuchsizligi bilan tavsiflanadi. Bunday hissiy holat astenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuchsizlik, zaiflik ma’nosini bildiradi) deb atashadi. Bunday hissiyot insonni bo‘shashtiradi, uni xayolga cho‘mdiradi, xayolparast qilib qo‘yadi. Shu sababdan favqulotda shaxsdagi befoyda emotsional kechinmaga, uyalish, vijdon azobi, andisha esa qo‘rqoqlikka aylanib qolishi xavfi kuchli.
Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko‘rinishlarda ro‘y beradiki, unda asosiy o‘rinni ko‘rgazmali jihatlar asosiy o‘rin egallaydi. Birinchidan, emotsiyalar nafas olish a’zolarining ishlarida o‘zgarish yasaydi. Masalan, yoqimli his-tuyg‘ular ishga tushganda nafas olishning tezligi va ampilitudasi ortadi, yoqimsiz his-tuyg‘ular ustun kelganda kamayadi, qo‘zg‘algan vaqtida nafas harakatlari tezlashadi hamda chuqurlashadi, zo‘r berish vaqtidasekinlashadi va yuzakilashadi, hayajon vaqtida tezlashadi, hamda kuchsizlashadi, kutilmagan holatda, hayron qolishda zudlik bilan tezlashadi, qo‘rquvda sekinlashadi va hokazolar.
Turli emotsional holatlarda nafas olishning o‘zgarishi
xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta;
faol xafalikda 9 marta;
qo‘rqishda 64 marta;
d) jahl chiqqanda 40 marta.

Download 162.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling